Jazodan ozod qilish va sudlanganlik kazus


Download 14.9 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi14.9 Kb.
#1019947
Bog'liq
JAZODAN OZOD QILISH


JAZODAN OZOD QILISH va SUDLANGANLIK
Kazus
1.Oldin JKning 105-moddasi 1-qismi boʻyicha 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan S. jazoni o'tashdan 3 oy o'tgach, JKning 167-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etdi hamda ish haqining 25 foizi ushlangan holda 2 yil axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi. JKning 73-moddasiga koʻra jazoning 1 yilini oʻtagandan soʻng S. muddatdan ilgari shartli ozod qilindi.
S.ga nisbatan jazoning 1 yilini o'tagandan so'ng muddatidan ilgari shartli ozod qilish qonuniymi?

2.JKning 168-moddasi 4-qismi "v" bandiga koʻra, M. 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Koloniya ma'muriyatining ko'rsatmasini inobatga olib, JKning 73-moddasiga asosan sud M.ni oʻtamagan ikki yilidan muddatidan ilgari shartli ozod qildi.
M.ni muddatidan ilgari shartli ozod qilinishi qonuniymi?

3.2017-yil 18-noyabrda Rishton tuman sudi A.ni JKning 172-moddasiga asosan ish haqining 20% ini ushlab qolgan holda ish joyida ikki yil axloq tuzatish ishlariga hukm qildi. Shu bilan birgalikda aybdorga jabrlanuvchiga keltirilgan zararni qoplash majburiyatini yukladi. JKning 72-moddasiga koʻra, sud axloq tuzatish jazosi haqidagi hukmni ikki yillik sinov muddati bilan shartli deb topdi. Aybdorning yetti oy davomida keltirilgan zararni qoplamaganini nazarda tutgan holda tuman sudi o'zining shartli hukm toʻgʻrisidagi qarorini bekor qildi.
Tuman sudining bunday qarori qonunga asoslanganmi?

4.2010-yil 12-iyulda X. JKning 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan hamda eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadigan jinoyatni sodir etdi. Lekin bu jinoyat ochilmadi.
Bu jinoyat bo'yicha jinoiy javobgarlikka tortish muddati qachon o'tib ketadi?

5.2013-yil 20-mayda N. Qoʻqon shahrida JKning 119- moddasi 1-qismida koʻrsatilgan hamda uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadigan jinoyatni sodir etdi. Jabrlanuvchining militsiyaga arz qilganini bilib, K. jinoiy javobgarlikdan qochish maqsadida O'zbekiston hududidan chiqib ketdi.
N.ning jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortish muddati qachon o'tib ketadi?


6.2011-yil 21-mayda A. JKning 128-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan hamda ikki yil axloq tuzatish ishlari yoki olti oy qamoq yoxud uch oy ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadigan jinoyatni sodir etdi. 2011-yil 28-may A. O'zR JPKning 361-moddasiga asosan jinoyat ishida ayblanuvchi sifatida qatnashishga jalb qilindi. O'zR JPKning 250-moddasiga asosan tergovchi A.ga nisbatan tilxat ehtiyot chorasini tanladi. Lekin uch kundan so'ng jinoiy javobgarlikdan qochish maqsadida O'zbekiston hududidan chiqib ketdi.
Bu jinoyat bo'yicha jinoiy javobgarlikka tortish muddati qachon o'tib ketadi?

7. 2016-yil 28-mayda Rishton tuman sudi T.ni JKning 207-moddasi 2-qismiga ko'ra, ikki yil ozodlikdan va uch yil mas'uliyatli mansabga ega bo'lish huquqidan mahrum etishga hukm qildi. JKning 74-moddasiga asosan sud ozodlikdan mahrum qilish hukmini ikki yillik sinov muddati bilan shartli deb topdi.
Ushbu holatda jinoyat bo'yicha sudlanganlik holati qachon tugallanadi?

8. Oltiariq tuman sudi F.ni JKning 166-moddasi 3-qismiga ko'ra olti yil ozodlikdan mahrum etishga hukm qildi. Jazo muddatining to'rt yili o'talganidan so'ng JKning 73- moddasiga asosan oʻtalmagan ikki yil muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.
Bu jinoyat bo'yicha sudlanganlik holati qachon (yil, oy, kun) tugallanadi?

9. Oʻzbekiston tuman sudi M. ni JKning 165-moddasi 2-qismiga ko'ra sakkiz yil ozodlikdan mahrum etishga hukm qildi. Jazoning besh yili o'talganidan so'ng JKning 74-moddasiga asosan sud jazoning qolgan uch yilini ish haqining 20%i ushlangan holda ish joyida ikki yil axloq tuzatish ishlariga almashtirdi.
Bu jinoyat uchun qancha muddat o'tgandan so'ng sudlanganlik holati tugallanadi va bu muddatni qachondan boshlab hisoblash zarur?

10.JKning 169-moddasi 1-qismi bo'yicha 3 oy qamoqqa hukm qilingan G. 2020-yil 12-oktabrda jazosini o'tab bo'ldi, 10 oydan so'ng JKning 105-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, 3 yil ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan edi.
Har bir jinoyat uchun sudlanganlik muddati qachon (yil, oy, kun) o'tadi?

11..JKning 187-moddasi 1-qismi boʻyicha D. tuman sudi to- monidan savdo va tijorat faoliyati bilan shug'ullanish huquqidan mahrum etilgandi. Bu muddat o'tganidan 1 yildan so'ng, D. sudga undan sudlanganlikni olib tashlash to'g'risidagi iltimosnoma bilan murojaat qildi.
Uning iltimosi qondirilishi mumkinmi?
Download 14.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling