Àjdodlarimiz jasorati va qahramonligi xotiramizda


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana29.03.2020
Hajmi1.93 Mb.
  1   2   3   4

Àjdodlarimiz jasorati va qahramonligi xotiramizda

Davlatimiz rahbari tashabbusi

bilan  keng  nishonlanayotgan

Xotira va Qadrlash kuni mazmun-

mohiyatida  ana  shunday  ezgu

tamoyillar mujassam.

Ushbu  ayyomda  bugungi

tinch-osoyishta hayotga qanday

og'ir  sinov  va  mashaqqatlar

evaziga  erishilganini chuqur  his

etamiz. Bu yo'lda qurbon bo'lgan

yurtdoshlarimiz  xotirasi  oldida

ta'zim qilamiz. Bizga nasib etgan

must aqi llik, 

ti nchli k 

v a


osoyishtalikning  ahamiyat ini

yanada teran anglaymiz.

Davlatimiz  tomonidan  keksa

avlod,  jumladan,  Ikkinchi  jahon

urushi qatnashchilari va frontorti

Xalqimizning  qadr-qimmati,  or-nomusini  himoya  qilish,

bosqinchi  va  yovuz  kuchlarga  qarshi  kurashlarda  bukilmas

iroda va jasorat namunasini namoyon etib, bugungi tinch va

osoyishta  kunlar  uchun  jonini  fido  qilgan  ajdodlarimizning

muqaddas xotirasini yod etish, ularning ezgu ishlarini davom

ettirish biz uchun azaliy qadriyatdir.

xi zmat chi lari ni ng  ko'ngli ni

ko't ari sh, 

salomatli gini

mustahkamlash,  ular  uchun

qulayliklar  yaratishga  alohida

e't i bor 

qarat ilmoqda.

Prezi dent imi z 

Shavkat


Mi rziyoyevni ng  jori y  yil  16-

apreldagi "Ikkinchi jahon urushi

qatnashchilarini rag'batlantirish

to'g'risida"gi  Farmoni  hamda

"Xotira  v a  Qadrlash  kuni ga

t ayyorgarlik  ko'ri sh  v a  uni

o'tkazish 

chora-t adbi rlari

to'g'risida"gi  qarorida  urush

qatnashchilari holidan xabar olish,

yurt tinchligi va ozodligi yo'lida

jon  fido  qilgan  yurtdoshlarimiz

xotirasini  yod  etishdek  ezgu

maqsadlar ifodasini topgan.

Ushbu  hujjatlarga  muvofiq

Ikki nchi  

jahon 

urushi


qatnashchilarining  har  biriga

Prezidentimiz  tabriknomasi,  5

million so'mdan pul mukofoti va

bayram  sovg'alari  tant anali

ravishda  topshirildi.  Ularning

holidan xabar olinib, moddiy va

ma'naviy yordam ko'rsatildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi

Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va

Toshkent  shahar  hokimliklari,

O'zbeki st on 

Respubli kasi

Madaniyat, Mudofaa, Ichki ishlar

vazirliklari, Xotin-qizlar qo'mitasi,

Yoshlar ittifoqi, Badiiy akademiya,

Ma'naviyat  va  ma'rifat  markazi,

"Nuroni y"  jamg'armasi   v a

"Mahalla"  xayriya  jamoat  fondi

boshqa  t ashki lot lar  bilan

birgalikda  Vatanimiz  ozodligi

himoyachilariga  bag'ishlangan

BAXTIYOR KUNLAR

SHUKRONASI

Reportaj

Guliston shahri.  9 may - Xotira

va Qadrlash hamda Ikkinchi jahon

urushida qozonilgan g'alabaning 73

yilligi  munosabati bilan viloyatimiz

markazidagi  "Motamsaro  ona"

haykali    poyi  gulchambarlarga,

gullarga to'lib ketdi.  Viloyat hokimligi,

huquq-tartibot  idoralari,  viloyat

korxona, tashkilot va muassasalari,

jamoat   t ashki lot lari   v aki llari

xalqimizning  qadr-qimmati,  or-

nomusini himoya qilgan, bosqinchi

v a  yovuz  kuchlarga  qarshi

kurashlarda  bukilmas  iroda  va

jasorat  namunasini  ko'rsatgan,

bugungi tinch va  osoyishta kunlar

uchun 


jonini  

fi do 


qi lgan

ajdodlarimizning muqaddas xotirasini

yodga  olib,  "Motamsaro  ona"ga

ta'zim bajo ayladilar.

Shundan  so'ng  viloyat  hokimi,

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Senati  a'zosi  G'ofurjon  Mirzayev

davlatimiz rahbari tashabbusi bilan

keng  nishonlanayotgan  Xotira  va

Qadrlash  kuni ni ng  mazmun-

mohiyati, Ikkinchi jahon urushida jon

olib, jon bergan yurtdoshlarimizning

jasorati   v a  mat onat i,    jang

maydonlarida o'zbek  askarlarining

v at anparv arli klari, 

urushdan


qaytmagan  minglab  otalarimiz,

akalarimizning muqaddas xotiralari,

ota-bobolarimizning  front  ortidagi

mehnat faoliyatlari haqida  gapirdi.

Ularning nomi  qalblarimizda abadiy

saqlanadi,  tiriklarning  qadriga

yetishimiz, ularni hayotdan rozi qilish

uchun  ni maiki   zarur  bo'lsa,

hammasini  muhayyo  qilishiimiz

kerak, dedi.

Sayxun  ko'chasida  harbiylar

paradi bo'ldi. Ular bugungi armiyamiz

ozod  Vat ani mi zni ng  t i nchligi ,

osoyi sht aligi  

uchun 

fi doyi


ekanliklarini  o'zlarining  shaxdam

qadamlari da,  harbiylarga  xos

yurishlarida  ifoda  etdilar.  Harbiy

texnikalar  saf  tort ib  o'tganda

armiyamiz  qudrati  yana  bir  bor

namoyon bo'ldi.



(Davomi  2-betda)

Kuch-bilim va tafakkurda

G ulisto n  d a vla t  unive r site tining   ta `lim iy ,   m a d a niy - m a `r ifiy   na sh r i



Gazeta  1999-yil  22-dekabrdan

chop  etila  boshlagan

№ 5  (194)   2018-yil may

Fitratlari millat ko'zgusi bo'lgan,

Cho'lponi yulduzga aylangan mangu.

Bag'ri hasrat ila faxrga to'lgan,

Tog'dek dard ko'targan kuyuk eldir bu.

Shu bois bu yurtda Xotira aziz,

Muqaddas sanalgan Qadr barhayot.

"Ajdodlarning ruhi o'chmaydi hargiz!"-

Avlodlar tilida shudir bir bayot.

Motamsaro ona  ko'zlarida - mung,

Poyida behisob gul-u guldasta.

Boshlar  egilmasdir, til-zabonlar gung,

Ona siymosida dard bor shikasta.

"O'g'ling qaytmadimi? Siqilma, ona,

U  o'z  xalqini  deb  jon qildi fido.

Kel, aziz boshingni ko'tar mardona",-

Deyman-u qalbimda titroq va nido...

Ko'z yoshim yashirib,  men egaman  bosh,

O'z onam ko'zimga bo'lar namoyon.

Shuncha g'am-anduhga bergansiz bardosh,

Endi baxtli yashang, aziz onajon!

Onalar hech qachon ko'rmasin alam,

Degan shior bilan yashaylik  mudom.

Bizdan rozi bo'lsin ajdodimiz ham,

Tilimizdan o'chsin "urush" degan nom.

Shohsanam NAMOZOVA,

Pedagogika fakulteti boshlang'ich

ta'lim  yo'nalishi 1-bosqich talabasi.

Shundan 


so'ng 

t adbi r


i sht i rokchi lari   Oli m  Xo'jayev

nomidagi  viloyat  musiqali  drama

teatri  maydonida  yangidan  qad

ko'targan «Bilimdonlar» maskaniga

o'tdilar.

Bu yerda urush yillaridagi tibbiyot

punktini  eslatuvchi  chodir,  dala

oshxonasi  barchaning  e'tiborini

tortdi.  Ko'pchilik  shu  oshxonada

tayyorlangan taomlardan tatib ko'rdi.

Teat r 

san'atkorlari



ishtirokchilarga urush yillari voqea-

hodi salari ni   yodga  soluvchi

spektakldan lavha namoyish etishdi.

Tomosha paytida ko'ziga yosh olgan

urush ishtirokchilari o'sha mash'um

kunlarni yodga olgan bo'lishsa, ajab

emas.

Tadbir ishtirokchilarining gurungi



bir piyola choy ustida davom etdi.

Viloyatimizning  ko'zga  ko'ringan

san'atkorlari    va    yosh  ijrochilar

madaniy xizmat ko'rsatishdi.



 Ortiq  SULTONOV,

viloyat hokimligi axborot

xizmati rahbari

UNIVERSITET  OVOZI

2 0 1 8 - y il m a y

2

TIRIKMISIZ?  HAYOTNING  QADRIGA  YETING!

maxsus  uchrashuvlar  va

ma'rifiy-badii y  kechalar

o'tkazmoqda.

9  may.  Poytaxtimizdagi

Xoti ra 


maydoni  

har


qachongidan  gavjum.  Bu

yerga 


senat orlar 

v a


deputatlar, hukumat  a'zolari,

harbiylar kelgan.

Soat  9.00.  Maydonga

O'zbekiston  Respublikasi

Prezi dent i  

Shavkat


Mi rzi yoyev   ki ri b  keldi .

Davlatimiz  rahbari  Ikkinchi

jahon  urushi da  jon  fido

qi lgan  yurtdoshlarimi z

xoti rasi ga  hurmat   bajo

keltirib  -  harbiy  orkestr

sadolari ostida «Motamsaro

ona» 


haykali 

poyi ga


gulchambar qo'ydi.

«Motamsaro ona» haykali

turli  vazirlik  va  idoralar,

jamoat tashkilotlari vakillari

t omoni dan 

qo'yi lgan

gullarga burkandi.

Shu  kuni   Toshkent

shahridagi Botanika bog'ida

Xotira  va  Qadrlash  kuni

hamda  Ikkinchi  jahon

urushi da 

qozoni lgan

g'alabani ng  73  yilligiga

bag'i shlangan  bayram

tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirga

Q o r a q a l p o g ' i s t o n

Respublikasi va viloyatlardan

urush  va  mehnat  faxriylari

taklif etildi.

Bog' 

bayramona



bezatilgan.  Sahna  ortidagi

ulkan 


moni t orda

xalqimizning urush davrida

ko'rsatgan  mat onat i  va

jasorat i , 

yov qur

o'g'lonlarini ng  mi slsi z



qahramonliklari  aks  etgan

lavhalar  namoyish  qilindi.

Mardlik, ozod Vatan, tinchlik

tarannum etilgan shiorlardan

yuraklar junbushga keldi.

Bog' ichidagi maydonda

urush  yillaridagi  muhit  aks

etgan. Qo'mondonlik shtabi,

okop va blindajlar, tibbiyot

punkt i ,  dala  oshxonasi

qurilgan,  Ikkinchi   jahon

urushi  davri dagi   harbiy

t exni ka, 

qurol-aslaha

namunalari  joylashtirilgan.

Jang 


maydonlari da

askarlarimiz  ko'rsat gan

mardlik va jasorat, urushdan

qayt magan 

mi nglab

y u r t d o s h l a r i m i z n i n g

muqaddas  xotirasi,  ota-

bobolarimizning  frontorti

mehnat faoliyati aks etgan.

Bayram tantanasida hozir

bo'lganlar  O'zbeki st on

Respubli kasi   Prezi denti

Shav kat  

Mirzi yoyevni

qarsaklar bilan kutib oldi.

C horlov  

musi qasi

yangraydi. Prezident Shavkat

Mirziyoyev  minbarga  taklif

etildi. Davlatimiz rahbari bu

yerga  yig'ilganlarni,  butun

xalqimizni 9-may - Xotira va

Qadrlash kuni, Ikkinchi jahon

urushidagi  g'alabaning  73

yi lli gi  munosabati  bilan

tabrikladi.

Butun dunyoda millionlab

i nsonlar  umri ga  zomi n

bo'lgan, mislsiz yo'qotishlar,

talafot  va  musibatlar  olib

kelgan Ikkinchi jahon urushi

insoni yat  tarixidagi  eng

dahshatli, eng qonli qirg'in

bo'lgani ni   hech  ki m

unutmaydi. Urush arafasida

O'zbekistonda  6,5  million

aholi   yashagan.  Unda

qatnashgan  1,5  milliondan

ortiq o'zbekistonlikning yarim

milli ondan  zi yodi   halok

bo'lgani,  yana  qancha-

qanchasi   mayi b-majruh

bo'lib  qaytgani,  qanchasi

bedarak yo'qolgani hisobga

olinadigan bo'lsa, bu g'alaba

xalqimiz  uchun  naqadar

qimmatga tushgani yaqqol

namoyon bo'ladi.

Xalqi mizni ng 

urush


yillaridagi chinakam matonat

va  jasorati  butun  insoniyat

uchun ibratdir. O'zbek xalqi

jang 


maydonlaridan

yurt i mizga  ev akuat si ya

qilingan bir millionga yaqin

kishiga o'z uyidan joy berdi.

Ular  orasidagi  200  ming

bolani yuzlab o'zbek oilalari

"Sen yetim emassan", deb

o'z panohiga olgan, oxirgi bir

burda  noni ni  ular  bilan

baham ko'rgan. Toshkentlik

Shomahmudovlar  oilasi  14

nafar,  kat taqo'rg'onli k

Samadovlar oilasi 12 nafar

buxorolik    Jo'rayevlar  va

Ashurxo'jayevlar  oilasi  8

nafardan bolani o'z bag'riga

olganlar. Bunday misollarni

yana  ko'plab  kelt i ri sh

mumkin.

Xotira  va  Qadrlash  kuni



nishonlanayot gan  shu

kunlarda 

O'zbeki ston

Respubli kasi   Prezi denti

Shav kat 

Mi rzi yoyev

t ashabbusi 

bi lan


poytaxtimizdagi  «Xalqlar

do'st li gi » 

maydoniga

t oshkent lik 

t emi rchi

Shomahmudov lar  oilasi

xotirasiga  hurmat  sifatida

barpo etilgan haykal qayta

o ' r n a t i l g a n i

b a g ' r i k e n g l i k n i n g

namunasidir.  Shuningdek,

general  Sobi r  Rahi mov

haykali  Toshkent  shahri

Olmazor  tumani  hokimligi

qarshisidagi avvalgi o'rniga

qaytarilgani  1941-1945-

yillarda Ikkinchi jahon urushi

frontida matonat ko'rsatgan

yurtdoshlarimiz  xotirasini

ulug'lash yo'lidagi yana bir

ezgu qadam bo'ldi.

  Bu  yi lgi   Xot i ra  v a

Qadrlash  kuni  tadbirlarida

Ikkinchi  jahon  urushi da

xalqimizning  tinchligi  va

omonligi yo'lida o'z jonini fido

qilgan 

bobolari mi zni



xotirlash,  bugun  oramizda

bo'lgan  faxriylarimizning

ko'nglini  ko'tarish,  umriga

umr  qo'shishdek  oliyjanob

maqsad  ko'zlangan.  Zero,

ularning  qahramonli gi

qalblarimizga faxr tuyg'usini

bag'ishlaydi.

 Bayram dasturida atoqli

shoir va san'atkorlarimizning

she'r va qo'shiqlariga keng

o'rin  berilgani  Xotira  va

Qadrlash  kuni  mazmun-

mohiyatiga  mos  tushgan.

Hami d 

Oli mjonni ng



"Fashizm 

balosi ",

Zulfiyaning "Jangga ketgan

o'g'ilga", G'afur G'ulomning

"Sen  yet i m  emassan"

she'rlarining  mualliflardan

yozib  olingan  parchalari

eshi t t iri lganda  qalblar

larzaga keldi.

...Kamtarning "Frontdan

xat", Habibiyning "Ko'rgum

kelur",  G'afur  G'ulomning

"Yi gi t  omon  bo'lsa",

Konstantin Simonovning "Jdi

menya", Yakov Galitskiyning

"Siniy platochek" she'rlariga

bast alangan  qo'shi qlar

yangradi.

Urush  tugab,  g'alabaga

erishilgani  haqida  Yuriy

Levitan  e'lon  qiladi.  73  yil

oldingi  bu  quvonch,  surur

yana  bir  bor  t adbi r

ishtirokchilarini  hayajonga

soldi.

 Urush yillarining ayanchli



xotiralari,  bugungi  tinch-

osoyishta  hayot  qadri  aks

ett irilgan  badii y  dastur

qatnashchilarda  unutilmas

taassurot qoldirdi.

9-may  -  Xot i ra  v a

Qadrlash 

kuni


mamlakatimizning  barcha

hududlari da 

keng

nishonlandi.



Ziyodulla JONIBEKOV,

Matnazar ELMURODOV,

O'zA

-Ushbu  muzeyni  tashkil

etishdan maqsad nima?

-Istiqlol yillarida milliy qadriyatlarni

tiklash, tariximizni xolis va haqqoniy

o'rganish,  aziz  siymolar  xotirasini

e'zozlash,  madani yati mi z  v a

san'atimiz  rivojiga  hissa  qo'shgan

ijodkorlar  faoliyati,  ularning  boy

ma'naviy  merosini  tadqiq  etish,

targ'ib  va  tashviq  qilish,  tarixiy

adolatni  qaror  toptirish  borasida

keng  ko'lamli   i shlar  amalga

oshirilmoqda.

Prezidentimizning  2001-yil  1-

maydagi "Qatag'on qurbonlarini yod

etish kunini belgilash to'g'risida"gi

Farmoniga asosan  2002-yilning 31-

av gust ida  Toshkent   shahri da

"Qatag'on  qurbonlari  xotirasi"

muzeyi ochildi.

O'rta Osiyo (Turkiston)ning chor

Rossi yasi   t omoni dan  bosi b

olinishidan tortib, bugungi kungacha

bo'lgan davr voqealari  O'zbekiston

Respubli kasi  

Vazi rlar

Mahkamasining  2017-yil    22-



Yurtimizda  Xotira  va  Qadrlash  kuni  keng

nishonlanayotgan  shu  kunlarda  universitetimizda

"Qatag'on  qurbonlari"  muzeyi  tashkil  etish  borasidagi

ishlar qizg'in ketmoqda. Shu munosabat bilan muxbirimiz

muzey    direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent O'g'iloy

Erbo'tayevaga  bir  necha  savol  bilan  murojaat  etdi.

noyabrdagi  

"O'zbeki st on

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi

huzuridagi  Qatag'on  qurbonlari

xot i rasi   dav lat   muzeyi  v a

hududlardagi  

Oli y 


t a'li m

muassasalari tuzilmasida Qatag'on

qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil

etish to'g'risida"gi 936-sonli qarori

asosida    universitetimizda  ham

muzey  tashkil  etilmoqda.  Maqsad

mustabid tuzum davrida turli yillarda

xalqimizning eng yaxshi farzandlari

boshidan kechirgan qiyinchiliklarni

haqqoni y  ko'rsat i sh,  ularning

xotirasini abadiylashtirish, yoshlarni

milliy  vatanparvarlik  an'analariga

sadoqat, e'tiqod ruhida tarbiyalash.

-"Qatag'on"  -  keng  ma'noli

tushuncha.  Xalqimiz  o'ttizinchi,

elliginchi,  saksoninchi  yillarda

ham qatag'on azobini tortgan. Bu

kulfatlar   aholiga qay darajada

tahdid solgan?

-Arxivlarda  yillar  mobaynida  sir

saqlangan ma'lumotlar oshkor etildi,

tadqiqotlar  olib  borildi,  kitoblar

yarat ildi   v a  hokazo.  Vazi rlar

Mahkamasining  mustabid  tuzum

yillarida  qatag'on  etilgan  fidoyi

vatandoshlarimizning  xotirasini

abadi ylasht i rishga  qarat i lgan

"Qatag'on  qurbonlari  xotirasi"

muzeyi faoliyatini tashkil etish haqida

2002-yil 8-noyabrdagi qarori va shu

asosda  qilingan  ishlar  e'tiborga

molikdir.    Darhaqiqat,  mustabid

tuzum yillarida qatag'onga uchragan

v atandoshlari mi z 

xoti rasi ni

abadiylashtirish,  ularning  ibratli

hayoti  va  faoliyati,  ilmiy-ijodiy

merosini   chuqur  o'rgani sh

yoshlarimiz  qalbida  ajdodlarimiz

ruhiga  ehtirom,  ijtimoiy  adolat

t ant anasi ga  i shonch,  ist i qlol

g'oyalariga sadoqat, vatanparvarlik

va  fidoyilik  tuyg'ularini  uyg'otishi

shubhasiz.

Yurtboshimiz  muzey  nafaqat

qatag'on  qurbonlari  haqida,  balki

mustamlakachilik siyosatidan aziyat

chekkan  xalqi miz  kechmishi

to'g'risida hikoya qilishi lozim, deya

ta'kidlagan  edilar.  Bugungi  kunda

ushbu fikrlar va oldimizga qo'yilgan

vazifalar  borasida  keng  ko'lamli

ishlar bajarib kelinyapti. Jumladan,

so'nggi  yillarda  amalga  oshirilgan

ilmiy-ma'naviy tadbirlarning natijasi

o'laroq,  "Katta  qirg'in"ning  kelib

chi qi sh  sabablari   v a  omi llari ,

"Jabrdiyda  yozuvchilar  adabiy

merosi mustaqillik xizmatida", "Katta

qirg'in"ning kelib chiqishi arafasidagi

siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy sharoit",

"1937-1938-yi llardagi   "Katt a

qirg'in" tarixining muhim sanalari",

"Katta qirg'in"ning huquqiy hujjatlar

bazasi"  nomli  to'plamlar  nashr

qilindi.


1930-yi llarda 

qat ag'onga

uchraganlar,  surgun  qilinganlar,

otuvga  hukm  qilinganlar,  asosan

jadidlar,  ziyolilar,  din  peshvolari,

QATAG'ON  QURBONLARIGA  HAYKAL

(Davomi  6-betda)

(Boshlanishi 1-betda)

HIKMAT:

Àjdodlarimiz jasorati va qahramonligi xotiramizda

BIZNING SUHBAT


UNIVERSITET  OVOZI

3

YIQILDINGIZMI?  ALLOHDAN  SABR  VA  KUCH  SO'RAB,  TURING  O'RNINGIZDAN!

    Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim

v azi rli gi   2018-yi l  18-aprelda

“Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Men

di niy  ekstremizm  va  terrori zm

tahdidini  qanday  tushunaman?”

mavzularida  maqolalar  tanlovini,

shuningdek,  2018-yil  1-mayda

“Odam savdosi - mudhish jinoyatdir”

mavzusida  insholar  va  referatlar

t anlov ini   o’t kazi sh  t o’g’ri si da

buyruqlar  chiqargan    edi.  Shu

asosda  joriy yilning 5-8-may kunlari

ushbu  tanlovlarning  universitet

bosqichi o’tkazildi.

  Tanlovga  taqdim  etilgan  ishlar

nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan

tegishli  baholash mezonlari asosida

ko’rib  chiqilib,  g’oliblar  aniqlandi.

Yakuniy natijalarga ko’ra “Jaholatga

qarshi ma’rifat” mavzusida maqola

yozgan quyidagi ismi-shariflari qayd

etilgan  mualliflar  yuqori  o’rinlarga

sazovor bo’lishdi:

1-O’RIN


 X. Sharifov,

  Fizi ka-matematika  fakulteti

“Informatika  o’qitish  metodikasi”

yo’nalishi 1-bosqich talabasi.

 2-O’RIN

 

D. Aliboyeva,

 

Pedagogi ka 



fakultet i

“Boshlang’ich  ta’lim”  yo’nalishi  2-

bosqich talabasi

3-O’RIN


K.Dehqonboyeva,

Filologiya fakulteti “Xorijiy tillarni

o’qitish” yo’nalishi 1-bosqich talabasi

“Men  di ni y  ekst remi zm  v a

t errorizm  tahdidi ni  qanday

t ushunaman?” 

mav zusi da

o’t kazi lgan  maqolalar  t anlov i

g’oliblari:

1-O’RIN


F.Mirzaqulova,

Filologiya fakulteti “Xorijiy tillarni

o’qit ish”  yo’nali shi  1-bosqich

talabasi.

2-O’RIN

 

E. Qodirov,



  Fizika-matematika  fakulteti

“Informatika  o’qitish  metodikasi”

yo’nalishi 1-bosqich talabasi.

3-O’RIN


M.Bozorov,

 “Informatika o’qitish metodikasi”

yo’nalishi 1-bosqich talabasi.

      “Odam  savdosi  -  mudhish

jinoyatdir”  mavzusida  o’tkazilgan

insholar va referatlar tanlovi natijalari:

1-O’RIN

S. Ergasheva,

Tabiiy fanlar fakulteti “Ekologiya

va geografiya” yo’nalishi 1-bosqich

talabasi.

2-O’RIN

O’.Bozorboyeva,

Fizika-matemat ika  fakult et i

“Fi zi ka”  yo’nali shi   1-bosqi ch

talabasi.

3-O’RIN

R. Xo’jamov,

“O’zbek tili va adabiyoti” yo’nalishi

1-bosqich talabasi.

Tanlov  g’oliblarining    maqola,

referat  v a  i nsholari   ushbu

tanlovlarning respublika bosqichiga

taqdim  qilindi.  G’oliblarni  Faxriy

yorliqlar va mukofotlar kutadi.



DOLZARB MAVZULAR TALQINI

Ma’lumki,  shoir  yoki  yozuvchi

o’z-o’zidan mashhurlik darajasiga

ko’tarilmaydi.  Olloh  tomonidan

berilgan  iste’dod  kimningdir  yoki

nimaningdir ta’sirida namoyon bo’la

boshlanganidek, 

 

To’ra



Sulaymonning  ham  shoir  sifatida

e’tirof etilishi maktabda o’qib, ishlab

yurgan  paytlardan  boshlangan

ekan.  Bu  haqda  shoirning  o’zi

“Zodi-zuryodi shariflar” nomli badia-

risolasi da  shunday  deydi :

“Sakkizinchi  sinfni  yig’lab-siqtab

tugatdim.  Ta’til      oylarida  rayon

hamda “Yosh leninchi” va boshqa

gazetalarda maqolalarim, she’rlarim

chiqa boshladi. To’qqizinchi sinfga

o’tishim bilan maktab boshlang’ich

komsomol  tashkiloti  va  maktab

o’quvchilar  komitetining  organi

“Yosh kuch” devoriy gazetasining

redakt ori   qi li b  saylandi m.

Redkollegiyamiz: Ibrohim Akayev –

komsomol tashkilotining sekretari,

Ollonazar  Sulaymonov  –  uchkom

raisi,  Mirzato’ra  Sulaymonov  –

“Yosh  kuch”  gazetasining  hozirgi

i bora  bi lan  ayt ganda  bosh

muharriri.

Uchalami z 

bi r 

si nfda


o’qiymiz.Uchalamizdan  “katta”

odam yo’q. Biz aralashmagan ish

yo’q. Biz tumshug’imizni tiqmagan

yer yo’q. Majlislarda biz  ko’rmagan

masala yo’q...”

To’ra    Sulaymon  bitiklarida

qalamda  olingan  Ibrohim  Akayev

mening bobom bo’ladilar. Hozirgi

vaqtda  92  yoshni  qarshi  olgan

bobom  To’ra  Sulaymon  haqida,

ulug’ shoir bilan kechgan bir umrlik

beg’araz do’stlik onlari haqida ko’p

gapi radi lar,  u  ki shi ni   t ez-t ez

xotirlaydilar.  Bobom  shoirning

sinfdoshi va yaqin do’sti bo’lish bilan

birga u kishi bilan ko’p yillar birga

o’qib,  birga  ishlaganlar.  Hozirgi

Sirdaryo tumani O’zbekiston SIUdagi

maktabda  To’ra  Sulaymon  bilan

birga  o’qib,  keyinchalik  ishlab

yurganlarida, shoir juda ko’p she’rlar

yoza  boshlagan,  o’shanda  bobom

bilan hamkorlikda maktabda devoriy

gazeta tashkil qilingan va shoirning

she’rlari e’lon qilingan gazeta zalga

ilinishi bilan uning atrofida muxlislar

to’planar  ekan.    Bobom  o’sha

kunlarni eslab, shunday deydi:

-  To’raning  she’rlari  juda  tez

mashhur  bo’lib,  o’quvchilarning

qalbidan joy oldi.  Shoirning tesha

tegmagan ijodidan o’quvchilar ham,

o’qituvchilar ham birday bahramand

bo’lishdi.

O’quvchi lar  yosh  To’rani ng

iste’dodidan hayratlanishar va uning

yangi-yangi she’rlarini kutishar edi.

O’sha paytlar tanaffusga qo’ng’iroq

chalinishi bilan devoriy gazeta ilingan

joyga  “guv-v”  etib  o’quvchilar

to’planar,  “To’ra    Sulaymonning

yangi  she’rlari  chiqibdi“,-degan

gapni eshitib, maktab domlalari ham

devoriy gazeta ko’rishga oshiqardi.

Bora-bora  o’quvchi lar  To’rani

ko’rishi bilan atrofini o’rab oladigan,

u  bilan  dildan  suhbat  quradigan

bo’lishdi.  Har bir tadbir va bayramda

uning she’rlari aytilmay qolmasdi.

To’raning bilimi ham juda kuchli

edi. U o’qish va izlanishda tinmasdi.

Shoirlar  davrasida  yurib,  shoir

darajasiga  ko’tarildi.    Ayniqsa,

universitetda juda katta martabaga

erishdi. U  o’zining    o’rinli gaplari

bilan hamisha ko’pchilikni hayratda

qoldirardi.  U o’zining yurish-turishi,

bama’ni,  hazilomuz    gaplari  bilan

ko’pchilikka betakror andoza ham

edi.


Xotiralardan ko’rinadiki,  To’ra

Sulaymonning dastlabki muxlislari

unga  t engdosh    o’quvchilar,

ustozlari, keyinchalik hamkasblari,

do’stlari  bo’lgan  va  ilk  ijodiyoq

uning  zabardast  shoir  sifatida

tanilishiga olib kelgan.  Keyinchalik

shoir  o’z  iste’dodini  rivojlantirib

borgan, qolaversa, yetuk bir ijodkor

shaxs sifatida insonlar qalbidan joy

olgan.

Har  gal  bobomdan  To’ra



Sulaymon haqida eshitganimda, u

kishining qanchalar go’zal fazilatli

inson ekanligini, o’z kasbini, ona

Vatanini  sevib  yashaganligini

anglayman.  Sirdaryo  yoshlariga

shuni  


ayt moqchi manki ,

she’rlarining har bir satrida jonajon

o’lkasini madh etgan:

 Sirdaryo nurafshon nurxonam

mening, deya qalb sahrolarini ham

o’z she’rlari bilan  maftun qilgan,

chamanga aylantirgan shoir To’ra

Sulaymon  bi lan  har  qancha

faxrlansak,  g’ururlansak  arziydi.

Uning ijodini o’rganish va kelajak

avlodga yetkazish biz-yoshlarning

burchimizdir.



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling