Jdpi ning Veb saxifasi


Download 1.52 Mb.
bet3/29
Sana05.01.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1078927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Jdpi ning Veb saxifasi

11- Mavzu: Internet va muloqot madaniyati. Internet tizimida axborotlarni himoyalash. Internet tizimida arxivlangan fayllar (saydlar) bilan ishlash.............................................. 93
IV.Bob. Tarmoq texnologiyalariga ma’lumotlar joylashtirish vositalari.
12- Mavzu: Web sahifa yaratish imkoniyatlari, asosiy tushunchalari. FrontPage dasturi imkoniyatlari...................................................................................................................................103
MUSTAQIL TA’LIM BO’YICHA TAVSIYALAR VA TOPSHIRIQLAR.....................................151
TARMOQ TEXNOLOGIYALARI FANIGA DOIR ATAMALAR............... .................................152
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………….……..................…............................157


KIRISH
Mazkur fan dasturi bakalavriat yo’nalishi: 5110700 – Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishida o’qiladigan “Tarmoq texnologiyalari” o’quv fani bo’yicha tuzilgan. Hozirgi kunda tarmoq texnologiyalari keng va jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda. Har qanday tashkilot yoki muassasini tarmoq texnologiyalarisiz tassavur qilish qiyin. XX asrning oxirida kirib kelgan Internet-xalqora global kompyuter tarmog’i so’zimizning isbotidir. Bu tarmoq ko’pchilik kishilarning gazeta va jurnal, kitoblardan kundalik hayotda oladigan axborot yangiliklarining elektron ko’rinishlaridan biri aylanib bormoqda. Shuning uchun tarmoq texnologiyalaridan foydalanish va ularning strukturasini o’rganish, hamda ulardan ma’lumotlar olish muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarning bu fanni o’zlashtirishi uchun yetarlicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlari ko’zda tutilgan.


Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad- talabalarning kasbiy sohasida uchraydigan tarmoq sohasidagi muammolarni bartaraf etish yo’llarini o’rgatish, bo’lajak fan o’qituvchisi sifatida mutaxassis bo’lib yetishi uchun yetalichi bilimlar berishdan iborat.
Tarmoq texnologiyalari fanining vazifasi:
-kompyuter tarmog’i haqida ma’lumotlar berish;
-har bir insonning hayotida va jamiyat rivojlanishida axborot texnologiyalarning rolini ko’rsatish;
-mintaqaviy, lokal va global tarmoq texnologiyalarining imkoniyatlarini ochib berish;
-tarmoq texnologiyalaridagi ma’lumotlardan qanday hollarda va qanday maqsadlarda ishlatish tushunchalarini shakllantirish;
-global tarmoqqa joylashtiriladigan ma’lumotlarni qanday hosil qilish yo’llarini o’rgatishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning malakasiga quyiladigan talablar:
“Tarmoq texnologiyalari” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- kompyuter kommunikatsiyalari, kommunikatsion kanalning о‘tkazish qobiliyati, signallarni modulyatsiya va demodulyatsiyasi, modemlar, tarmoq xizmatlari, tarmoq topologiyalari, ma’lumotlarini uzatish bayonnomalari, tarmoq operatsion tizimlari, lokal tarmoq texnologiyalari, Intranet, Internet tarmoqlari va ularning tarixi, Internet xizmatlari, Internet resurslarini yaratish dasturlariga doir bilimga ega bo’lishi;
- kommunikatsion kanal va aloqa protsessori; signallarni modulyatsiya va demodulyatsiyasi, tarmoq xizmatlari, kо‘prik va shlyuzlar, tarmoq topologiyalari, ma’lumotlarni uzatish bayonnomalari, tarmoq operatsion tizimlari, lokal tarmoq texnologiyalari va ularni boshqarish, Intranet kompyuter tarmog‘i, Internet xizmatlari, Internet va Intranet tarmoqlararo birlashmasini tashkil etish, internet interfaol resurslarni yaratishga doir ko’nikmaga ega bo’lishi;
- kompyuter kommunikatsiyalarini tashkil etish, modemlar va ularni sozlash, tarmoq xizmatlarini hosil qilish, ma’lumotlarini uzatish bayonnomalari bilan ishlash, tarmoq operatsion tizimlari bilan ishlash, lokal tarmoq texnologiyalarini tashkil etish; Intranet kompyuter tarmog‘ida ishlash; global kompyuter tarmog‘i xizmatlaridan foydalanish; internet axborot resurslarini yaratish malakalariga ega bо‘lishi kerak.


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling