Jigar ovqat hazm qilish tizimining eng katta «bezi» hisoblanadi
Download 215.63 Kb.
|
Jigar — ovqat hazm
Jigar — ovqat hazm qilish tizimining eng katta «bezi» hisoblanadi Diafragmaning o'ng gumbazi tagida joylashgan Va kapsulaga o‘ralgan. Jigarda bo‘rtib chiqqan diafragmaga tegib turuvchi yuqori va qorin bo'shlig'i a’zolariga tegib turuvchi pastki va orqaga qaragan yuzalar farqlanadi. Yuqori yuzasi tomondan uning o‘ng hamda chap bo‘laklarini ko‘rish mumkin va ulami o'roqsimon boylam ikkiga bo'lib turadi. Jigar o‘ng bo‘lagining pastki yuzasiga о't pufagi tegib turadi. Chuqur egatda jigar darvozasi joylashgan bo'lib bu yerdan yirik qon, limfa, nerv tomirlari va o‘t yo'llari o'tadi. Jigar parenximasi bo‘lakchalardan tashkil topgan bo'lib, ulaming hujayralari o't ishlab chiqaradi va u bo‘lakchalararo yo‘laklarga yig‘iladi. Bo‘lakchalararo yo‘llar bo‘lakchalararo qon tomirlar bilan birga joylashib, so‘ngra o‘zaro birlashib segmentar va bo‘lak yo‘llarini va ular umumiy jigar yo‘lini hosil qiladi va jigar darvozasi orqali a’zodan chiqadi. Jigardagi muhim tuzilma portal yo‘llar hisoblanib ulardan darvoza venasining shoxlari, jigar arteriyasi, jigar o‘t yo‘li, limfa tomirlari va nervlar o'tadi. Har bir portal yo'l uchta bo'lakcha orasida joylashgan va ularga kiradi. Jigar turli xil vazifalami bajaradi va ular orasida eng muhimlari: metabolik (hujayralararo suyuqlikdagi almashinuv), ekskretor va to‘siq vazifasi hisoblanadi. Jigarda oqsillar sintezi amalga oshadi (qondagi albumin, uning ivish omillarining asosiy qismi va boshqalar). Shuningdek, bu erda oqsillaming intensiv parchalanishi ham kechadi. Jigar aminokislotalar almashinuvida, glutamin va kreatinin sintezida, mochevina hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Jigardagi lipidlar almashinuv, uning o‘t suyuqligining ajratilishi bilan bog'liq (o‘t suyuqligi ichakda yog‘laming parchalanishi va so'rilishida ishtirok etadi) faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. 04 pufagi O't pufagi ovqat hazm qilish jarayonida qatnashuvchi yotdamchi a’zo bo'lib, u ushbu davrlar orasida o't yig'uvchi va saqlovchi rezervuar hisoblanadi. O't pufagi noksimon ko'rinishda bo'lib, jigaming o'ng bo'lagi pastki yuzasidagi chuqurchada joylashgan (55-rasm). Uning uzunligi - 7-10 sm, eni - 2,5 sm, hajmi - 45 ml atrofida Pufakning tubi, tanasi, voronkasi va bo'yinchasi ferqlanadi. Uning tubi - dumaloq yopiq qismi bo'lib, jigaming qirg'og'idan bir oz chiqib turadi. O't pufagining asosiy qismi tanasi hisoblanadi. Bo'yinchasi uning tor segmenti bo‘lib, tanasi va o't yo'li orasida joylashgan Voronkasi (Gartman cho'ntagi) unehalik katta bo'lmagan piyozchasimon divertikul bo'lib, o't pufagining pastki yuzasida joylashgan. O'n ikki barmoqli ichakdan proksimal joylashgan bu soha tosh tiqilishi uchun juda qulay hisoblanadi Umumiy o't yo'li jigaming darvozasidan chiqadi. O't pufagi yo'li uning bo'yinchasi davomi hisoblanadi. Umumiy o't yo'li umumiy jigar va o't pufagi yo'llarining qo'shilishi natijasida hosil bóladi TEKSHIRISH USULLARI 1. So'rab - surishtirish Shikoyatlari Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklariga chalingan bemorlar turli xil shikoyatlar bildiradilar. Ulami shartli ravishda jigarga aloqador va unga bog‘liq bo‘lmagan ikki guruhga bo‘lish mumkin. Asosiy ya ’ni jigarga aloqador shikoyatlarga quyidagilar kiradi: ❖ Qorindagi og'riqlar; ❖ Jigar dispepsiyasi; ❖ Terining qichishi; ❖ Sariqlik (jumladan siydikningpivo rangida va najasning rangsiz bo ‘lishi); ❖ Qonli qayt qilish; ❖ Qorin dam bo ‘lishi. Jigarga aloqasi bo‘lmagan shikoyatlarga quyidagilar kiradi: ❖ Milklaming tez-tez qonab turishi; ❖ Gormonal buzilishlar natijasida yuzaga kelgan o'zgarishlar (impotensiya, menstruatsiya siklining buzilishi va boshqalar) ❖ Tana vaznining kamayishi; ❖ Isitmalash. Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklariga chalingan bemorlarga ko‘p sonli umumiy shikoyatlar xos bo'lib, klinik amaliyotda ular alohida sindromlar ko'rinishida keltiriladi va unga quyidagilar kiradi: 1) Astenonevrotik; 2) Nevrozga o'xshash holat; 3) Ensefalopatik; 4) Subfebril isitmalash; 5) Xolesistokardial yoki xolesistokoronar; 6) Gipotalamik; 7) Artritik. ANAMNEZ Kasallik tarixi (anamnesis morbi) Jigar va o't yo'llari kasalliklariga chalingan bemorlaming kasallik va hayot tarixi kitobning «Nafas va yurak kasalliklari» bo'limlarida keltirilgan tekshirish jadvaliga mos holda to'liq o'tkaziladi. Kasallik tarixini so'rab - surishtirganda bemordan kasallik qachon- boshlanganligini va nimadan keyin paydo bo'lganligini aniqlash juda muhim. Agar, o'ng qovurg'a ostidagi og'riqlardan keyin boshlangan va sariqlikdan keyin yuzaga kelgan bo‘lsa, u holda o't.yo'llari zararlanishi oqibatida rivojlangan ^ mexanik sariqlik bo'lish ehtimoli ko'p. Bemor dastlab siydigining pivo ranggida bo'lganligi va umumiy holsizlikka, undan so'ng sariqlik rivojlanganligiga shikoyat qilsa, jigar kasalligi (masalan, virusli gepatit) va uning oqibatida yuzaga kelgan parenximatoz sariqlik to'g'risida taxmin qilish kerak. O't-tosh kasalligida uning o'tkir xuruji ko'p hollarda noto'g'ri ovqatlanish (yog'li taomlar), notekis yo'lda transportda yurganda tana silkinishi va turli xil yuqumli kasalliklar oqibatida yuzaga keladi O'tmishda sariqlik, o'ng qovurg'a osti sohasida og'riqlar bo'lganligi, o't pufagi sanchig'i xurujlari, teri qichishishi kuzatilganligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, oldin boshqa sabab bilan shifokorga murojaat qilganida jigar va taloqning kattalashishi kuzatilganligi surishtiriladi. O'tmishda gepatit bilan kasallangan bo'lsa bu shifokomi surunkali gepatit yoki jigar (sirrozi haqida fikr yuritishga undaydi. Taloqning yoshligida yoki tug'ilgandan buyon kattalashganligi kindik sepsisi, jarohat, qorin bo'shlig'idagi yiringli jarayonlar yoki jigardagi qon aylanishining buzilish sabablaridan birini shubha qilishga asos bo'ladi. Oshqozon-ichak tizimining surunkali kechuvchi kasalliklari (enteritlar, enterokolitlar) ichakda vitamin va oqsillar so'rilishining buzilishi jigaming shikastlanishiga sabab bo'lishi mumkin. Hayot tarixi (anamnesis vitae) Hayot tarixida bemordan me’yoriy ovqatlanish haqida so'raladi. Chunki taom tarkibida uglevod va oqsillar yetarli darajada bo'lmaganda jigar zararlanishi (alimentar gepatitlar, gepatozlar) kuzatiladi. Ikkinchi tomondan yog'li, go'shtli mahsulotlami xush ko'ruvchilarda semizlik kuzatiladi. Bu esa o'z navbatida o't yo'llari kasalliklari rivojlanishiga (surunkali xolesistitlar, o't-tosh kasalligi) olib kelishi mumkin. Bemoming ish faoliyati to'g'risida so'rab-surishtirish shifokorga kam harakat hayot tarzi kechiruvchi odamlarda ko'p uchrovchi xolesistitlar, o't-tosh kasalligini aniqlashda yordam beradi. Avlodlarda va yaqin qarindoshlarda kuzatilgan sariqlik haqidagi ma’lumot jigaming nasliy (Jilber sindromi va boshqalar) kasalligiga shubha qilishga asos bo'ladi. Agar bemoming ota-onasida semizlik va o't-tosh kasalligi bo'lsa bemorda ushbu kasalliklarga irsiy moyillik kuzatiladi. FIZIK TEKSHIRISH USULLARI Ko'zdan kechirish Bemomi ko'zdan kechirishda birinchi navbatda uning umumiy ahvoliga e’tibor beriladi. Jigaming turli etiologiyali yaqqol funksional yetishmovchiliklarida (jigar sirrozi, rak, uzoq muddatli mexanik sariqlik va boshqalar) bemomi umumiy ahvoli juda og'ir - yaqqol intoksikatsiyadan, jigar komasigacha bo'lishi mumkin. O'tkir yallig'lanish kasalliklari - jigar absessi, O'tkir xolesistit, o'tkir xolangitda ham bemorda og'ir holat kuzatiladi. Biroq jigaming va o't yo'llarining qator surunkali kasalliklarida bemor ahvoli uzoq muddat qoniqarli qolishi mumkin. Jigar sanchig'ida bemorlar tinch yota olmaydilar, og'riqlami kamaytirish uchun turli holatga o'tib ko'radilar. Es-hushning buzilishi, keskin eyforiya yoki uning to'liq yo'qolishi jigar komasida kuzatiladi. Jigar kasalliklariga chalingan bemorlami umumiy ko'rik vaqtida tana vaznining kamayganligini aniqlash (kaxeksiyagacha) jigaming og'ir zararlanishi belgisi hisoblanadi. Semizlik - o't yo'llari kasalliklariga moyillik borligini ko'rsatadi, infantilizm jigar faoliyati yoshlikdan buzilganligidan dalolat beradi. Tananing hayoti uchun muhim funktsiyalarni bajaradi, masalan: Safro ishlab chiqarish (yog'larni hazm qilish uchun muhim ferment). Zararli moddalarni zararsizlantirish. Begona tuzilmalarni zararsizlantirish. Metabolizm (oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar). Jigar glikogen (energiya zaxirasi) "depo" dir. Ko'zdan kechirganda quyidagilarga e’tibor beriladi: ♦ Teri, shilliq qavatlar shu jumladan, ко ‘z. sklerasining rangiga (sariqlik); ♦ «Jigarga xos» belgilaming mavjudligiga (palmar eritema, tomirli yulduzchalar); ♦ Erkaklarda estrogenlar inaktivatsiyasi buzilishi belgilari (ginekomastiya); ♦ Gemorragik gemostazpatiyalaming teri belgilari (ко ‘karishlar va qontalashlar ко 'rinishidagi gemorragiyalar); ♦ Xolesterin almashinuvi buzilishi belgilari (ksantomalar), teridagi qichishishlardan qolgan izlar Jigarning dezintoksikatsiyalovchi faoliyati buzilganda bemomi ko'zdan kechirish vaqtida qator belgilami aniqlash mumkin. Bular jigar belgilari deb atalib qonda estrogenlar miqdorining ortishi va bir qator biologik faol moddalaming jigarda zararsizlantirilishining buzilishi oqibatida yuzaga keladi. ♦ Tomirli yulduzchalar; ♦ «Jigar kaftlari»; ♦ Soch о ‘sishining buzilishi; ♦ Ginekomastiya - erkaklarda ко ‘krak bezlarining kattalashishi. PERKUSSIYA Jigar perkussiyasi uning o'lchamlari va yuqori hamda' pastki chegaralarini aniqlashga imkon beradi. Uni o'pkaning pastki qirg'og'i bilan yopilgan qismi perkussiyasida tovushning bo'g'iqlashgani aniqlanadi. Bu jigaming nisbiy bo'g'iqligi bo'lib, yuqori qismi a’zoning aniq chegarasiga va diafragmaning gumbazi sathiga to'g'ri keladi. Jigaming o'ng o'pka bilan yopilgan qismi ustida perkussiyasida mutlaq bo'g'iq tovush aniqlanadi. Bu jigaming mutlaq bo'g'iqligi bo'lib, uning yuqori chegarasi o'pkaning pastki qismiga mos keladi. Jigar chegaralarini aniqlash Harakatlar ketma-ketligi Bemor holati Bemor chalqanchasiga yotgan holatda, shifokor uning o'ng tomonidan yondoshadi. 1. Jigaming yuqori mutlaq bo'g'iqlik chegarasini aniqlash • Perkussiya ohistalik bilan bajariladi; • Aniq o‘pka va bo'g'iq jigar tovushi orasidagi farqqa qarab chegaralar aniqlanadi. 0 ‘ng o'pka pastki chegaralarini aniqlashga o'xshash uchta vertikal chiziqlar bo'ylab yuqoridan pastga qarab perkussiya o'tkaziladi: • О ‘ng to ‘sh oldi chizig ‘i bo ‘ylab; 0 ‘ng о ‘rta о ‘mrov chizig‘i bo ‘ylab; O'ng qo'ltiq osti oldingi chizig'i bo‘ylab. . .:2 Bunda plessimetr - barmoqni qovurg'alar oralig'iga parallel qo‘yish zarur. Perkussiya bo'-g'iqlashgan tovush aniqlanguncha amalga oshiriladi. Meyorida Jigaming yuqori mutlaq bo'g'iqlik chegarasi o'ng to'sh oldi chizig'i bo'yicha VI qovurg 'aning yuqori qirg 'og ‘iga to ‘g ‘ri keladi; ф О ‘ng о ‘rta о ‘mrov chizig 4 bo ‘yicha VI qovurg ‘aga to ‘g ‘ri keladi; Ф О ‘ng qo ‘Itiq osti oldingi chizig 'i bo 'yicha VII qovurg ‘aga to ‘g ‘ri keladi. 2. Jigaming pastki mutlaq bo'g'iqlik chegarasini aniqlash ► Juda sekin perkussiya qo'llaniladi, chunki ichi bo'sh a’zolar - oshqozon va ichak yaqin joylashgani uchun perkussiyada baland timpanik tovush chiqadi va jigar tovushi estttilmasligi mumkin; ► Plessimetr barmoq taxminan mo'ljallangan jigar pastki qirg'og'iga parallel shunday masofada qo'yiladiki, zarb ta’sirida timpanik tovush eshitilishi kerak (masalan, kindik sathida yoki pastroqda). Perkussiya quyidagi chiziqlar bo'ylab o'tkaziladi: O'ng o'rta o'mrov; • O 'ng to‘sh oldi; O'ng qo'ltiq osti chizig'i; Jigar о ‘Ichamlarining sezilarli kattalashishida chap to 'sh oldi chizig 'i bo ‘yicha. ► Navbatma-navbat yuqorida keltirilgan topografik chiziqlar bo'ylab plessimetr - barmoq yuqoriga qarab timpanik tovush mutlaq bo'g'iq tovush chegarasiga yetganga qadar sekin - asta surib boriladi. ► Plessimetr - barmoqni pastki qirg'og'idagi teriga belgi qo'yiladi. Ко *krak qafasi normostenik shakldagi odamlarda Ф О ‘ng qo 'Itiq osti oldingi chizig 1 bo 'ylab X qovurg ‘aga to ‘g ‘ri keladi; • O'ng о ‘rta о ‘mrov chizig‘i bo ‘ylab о ‘ng qovurg ‘a. ravog‘ipastki qismi; O'ng to'sh oldi chizig'i bo'ylab o'ng qovurg'a ravog'i pastki qismidan 2 sm quyida; . _ '' , • Oldingi о 'rta chiziqda xanjarsimon о 'siqdan 3-6 sm (xanjarsimon о ‘siq asosidan kindikkacha masofaning uchdan bir yuqori qismi) pastda. M. Kurlov jigar chegaralarini tanib olishning eng informatsion usulini taklif qildi: perkussiya paytida 5 ball aniqlanadi, bu uning haqiqiyligini ko'rsatadi. Kurlov bo'yicha chegaralar (norma) I nuqta (jigar xiralashuvining yuqori chegarasi) - V qovurg'aning pastki cheti; II nuqta (jigar xiralashuvining pastki chegarasi) - o'rta klavikulyar chiziq bo'ylab qovurg'a yoyining chetidan 1 sm balandlikda. III nuqta - oldingi o'rta chiziqdagi I nuqta darajasida. IV nuqta (jigarning pastki chegarasi) - xiphoid jarayoni va kindik o'rtasidagi yuqori va o'rta uchdan bir qismi chegarasida Bolalar va kattalardagi jigar hajmi normalari Kurlov bo'yicha kattalar uchun normal o'lchamlar : Nuqta o'lchamlariSantimetrda o'lchashBirinchi (I va II nuqtalar orasidagi masofa)9-11 smIkkinchi (III va IV ball oralig'ida)8-9 smUchinchi (qiyshiq) (III va V nuqtalar orasida)7-8 sm Jigarning o'ng lobining kattaligi birinchi o'lchamni, chap - ikkinchi va uchinchi o'lchamlarni ko'rsatadi.Jigaming yuqori bo'g'iqlik chegaralari kengayishiga ko'p hollarda o'ng o'pka pastki bo'lagi zotiljami yoki shu tomondagi plevra bo'shlig'iga suyuqlik yig'ilishi, diafragma osti absessi sabab bo'ladi. Jigaming barcha uch o'lchamini kamayishi og'ir gepatitlarda (jigaming o'tkir sariq atrofiyasi) yoki sirrozning atrofik shaklida aniqlanadi. Bir vaqtning o'zida ham yuqori ham pastki chegaralarining pastga siljishi o'pka emfizemasida va pnevmotoraksda kuzatiladi. Jigaming yuqori va pastki chegaralarini bir vaqtda yuqoriga siljishiga ko'pincha qorin ichi bosimining ortishi (assit, meteorizm, semizlik, homiladorlik), o'ng o'pkaning chandiqli bujmayishi yoki rezeksiyasi olib keladi. Oshqozon yoki o'n ikki barmoqli ichakda yarasi bo'lgan bemorlarda uning teshilishida gazning qorin bo'shlig'iga chiqishi natijasida jigar yuzasida perkussiyasi vaqtida timpanik tovush aniqlanadi.chamn PAYPASLASH Nafas olganda jigar va taloq qorin bo'shlig'ida ma’lum darajada harakatga keladi. Shuning uchun ulami paypaslash oshqozon va yo'g'on ichaklami paypaslashdan birmuncha farqlanadi. Jigarni paypaslashdan oldin uning pastki chegaralarini perkussiya yoki auskultatsiya yordamida aniqlab olish zarur. Jigarni paypaslash qoidalari Harakatlar ketma-ketligi Bemorning holati Bemor chalqanchasiga boshini pastroq qo'ygan, oyoqlarini cho'zgan holatda yotadi. Vrach esa unga o'ng tomondan yondoshishi lozim. 1. Paypaslashni o'tkazish texnikasi • Agar perkussiya yordamida jigar chegaralarining pastga siljiganligi aniqlanmasa, unda paypaslashni o'tkazish uchun chap qo'lning kafti va to'rtta barmog'i o'ng bel sohasiga qo'yiladi va bosh barmoq yon hamda old tomondan qovurg'a yoyi bo'ylab bosiladi • 0 ‘ng qo'l barmoqlarini ozgina bukkan holdauning kafti o‘rta o‘nlrov chizig‘i bo‘ylab qovurg‘a yoyidan pastga qo'yiladi va barmoq uchlari bilan qorin devoriga ohista bosiladi • So‘ngra bemordan chuqur nafas olish so'raladi, vrachning qo'llari qimirlamay turishi kerak. Bu jarayon bir necha marta takrorlanadi. • Bunda shifokor jigar pastga siljib barmoqlarga kelishini va so'ngra siljib imdan uzoqlashishini sezishi lozim 2. Jigarning pastki qirg‘og‘ini baholash (kattalashmagan jigar) Paypaslash vaqtida quyidagi holatlar baholanadi: • Konturlari;, • Shakli; • Og ‘riq bor ~yo ‘qligi; ■ • Konsistensiyasi. ♦ Mabodo jigar pastki qirg ‘og '*' paypaslansa sog ‘lom kishida и о ‘tkir, og ‘riqsiz, silliq va yumshoq bo ‘ladi. 3. 0 ‘lchami kattalashgan jigarni paypaslash • Oldin o'tkazilgan perkussiya natijalari jigar chegaralarini pastga siljiganini ko'rsatsa (ayniqsa gepatomegaliyada) uni paypaslash juda qulay. • Bunda barcha chiziqlami (o'ng oldingi qo'ltiq ostidan, chap to'sh oldi chizig'igacha) ozgina pastki qismi paypaslash nuqtalari bo'lib xizmat qiladi. Paypaslash vaqtida jigaming pastki qirg'og'ini baholash bilan bir qatorda quyidagilarga e’tibor beriladi: • og'riqlar borligiga; • konsistensiyasiga; • yuzasining silliqligiga Download 215.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling