Jigarni yallig‘lanishi bilan belgilanib, uning ishini buzilishi
Download 242.4 Kb. Pdf ko'rish
|
Hujjat (11)(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metabolik kasalliklarni tuzatish
Surunkali gepatit- jigarni yallig‘lanishi bilan belgilanib, uning ishini buzilishi bilan, to‘qima va hujayralarni baravariga shikastlanishi bilan, distrofik zararlanishi bilan, pariyetal yo‘lining gistio-limfotsitlar hujayralar bilan qoplanishi hamda bu yerda oz miqdorda qo‘shimcha hujayralar paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. Foto: Nebolet.com Surunkali gepatit kelib chiqish sabablari Surunkali gepatit rivojlanishida asosiy sabab oldinroq sariq kasali (Botkin
kasali) bilan og‘rigan bo‘lishdir, ayniqsa bu yuqumli kasallikning og‘ir formasi bo‘lsa. Bundan tashqari spirtli ichimliklarni uzoq vaqt, ko‘p miqdorda iste’mol qilish, har xil zararli moddalar ta’siri natijasida ham ushbu kasallik kelib chiqadi. Oshqozon , ichak, o‘t pufagi va oshqozon osti bezi ning surunkali kasalliklari ham sabab bo‘lishi mumkin. Surunkali gepatit patogenezi Kasallikning rivojlanishida organizm himoya kuchini kamayishi, viruslarning qon orqali jigarga kelib, uning ishining buzilishi davom etishi, o‘tning yig‘ilib qolishi asosiy ahamiyatga egadir. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra jigarda qon yig‘ilib, jigar hujayralarining buzilishiga olib keladi. Bulardan tashqari gumoral, immun va autoimmun hodisalarning ahamiyati ham kattadir.
Surunkali gepatit belgilari Surunkali gepatitning uch turi mavjuddir: 1) persistik, 2) aktiv, 3) xolestatik. Kasallikning persistik turi ancha yengil hiso blanib, bemorlar o‘ng qovurg‘a ostida kuchsiz og‘riq bo‘lishidan, darmonsizlanishdan, ish qobiliyati pasayishidan shikoyat qilishadi. Tekshirilganda jigarning hamma chegaralari pastga 3- 4 sm.gacha siljigani aniqlanib, paypaslanganda ozgina og‘riq bo‘ladi va qattiqlashadi. Laboratoriyada qonni tekshirilganda oqsilning umumiy miqdori ko‘payib, albuminning kamayganligi va gamma-globulinning ko‘payganligi aniqlanadi. Boshqa analizlar deyarli o‘zgarmaydi. Surunkali aktiv gepatit xastalikning og‘ir turi bo‘lib, bemorlar qorinning o‘ng tomoni og‘rishidan, harorati ko‘tarilishidan, ko‘ngil aynib, safro qusishdan, og‘iz qurishdan, quvvatsizlikdan, ishtaha yo‘qolishidan shikoyat qiladilar. Qorinni paypaslaganda jigarni og‘rig‘i kuchayib, pastga 5-6 sm.ga siljigani, ka ttiqlanishi, pastki qism dumaloqlashganligi aniqlanadi. Ko‘z bir oz sarg‘ayib, qorinda vena qon tomirlarini kengayishi, badanning ayrim joylaridan “yulduzchalar” paydo bo‘lishi ahamiyatga egadir. Qonda bilirubin, fermentlar miqdori ko‘payib, oqsil kamaygani bilinadi.
Radiologik usullar bilan tekshirilganda, jigarni ishlash qobiliyati pasayib, tomonga kengayganligi aniqlanadi. Surunkali aktiv gepatit keyinchalik sirrozga aylanadi, vaholanki, persis tik turini o‘z vaqtida, to‘g‘ri davolansa butunlay tuzalishi mumkin. Surunkali xolestatik gepatit o‘t pufagi yallig‘lanishi, jigar o‘t yo‘llarida va o‘t pufagida tosh bo‘lishi natijasida kelib chiqadi. Unda og‘riq bilan birga badan sarg‘ayishi, qichishi va haroratni ko‘tarilishi bo‘ladi. Jigar 4-5 sm.gacha pastga tushadi, qattiqlashadi. Qonda bilirubin ko‘payib, siydikda urobilin paydo bo‘ladi. Bu kasallik keyinchalik biliar sirrozga aylanadi. Surunkali gepatitni avvalo uchala turini bir-biridan ajrata bilish zarur. Undan keyin ularni jigar sirrozidan, surunkali xoletsistitdan va jigar rakidan farqlash zarur.
Surunkali gepatitni davolash Kasallikni davolashda 1chi navbatda parhezga ahamiyat berish zarur. Bundan yog‘li, qovurilgan, achchiq, sho‘r, nordon narsalar ta’qiqlanadi. Bemorlar sut, qatiq, yog‘siz qaymoq, shirin ho‘l mevalar, suvda pishirilgan go‘sht, mastava, qaynatma sho‘rva, shovla kabilarni iste’mol qilishlari lozim. Kasallik bilan og‘rigan bemorlar ko‘proq o‘rnida yotib, kamroq harakat qilishi lozim. Dorilardan avvalo og‘riqni qoldiradigan (no-shpa, papaverin kabilar), jigar ishini yaxshilaydigan (essensial, karsil, vitagepat, glyukoza), har xil vitaminlar beriladi. Bemorlar ahvoli yengillashgach, fizioterapevtik usullar qo‘llaniladi. Kasalxonadan chiqgach ularga yengil ishlar bilan shug‘ullanish maslahat qilinadi. Davolash • Asosiy davolash: o Xun - yog'lar - 1,5 g / kg, uglevodlar - 4-6 g / kg, oqsillar - 2 g / kg dan oshmaydi, tuz - kuniga 3 g. o Nerv va jismoniy stressni cheklash. o Hipotermiyani istisno qilish, quyoshda cho'milish. o Fermentlarni, probiyotiklarni qabul qilish. o Intoksikatsiyani bartaraf etishga qaratilgan terapiya. o Birgalikda patologiyani davolash. • Dori vositalari
Признаки 1 недели беременности Metabolik kasalliklarni tuzatish: o B1, B6, B12 vitaminlari, lipoik kislota, kokarboksilaza - kamida 20 kun. o Har qanday gepatoprotektorlar. Immunosupressantlar: o GCS (glyukokortikosteroidlar.) o GCS + immunosupressantlar. • Gemosorbtsiya - ayol tanasidan toksinlarni chiqarib tashlash. Bunga albumin va kaliyning majburiy kiritilishi hamroh bo'ladi. • Interferonlarning kiritilishi. • Interleykin va sikloferon bilan kimyoterapiya. • Jigar transplantatsiyasi. Document Outline
Download 242.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling