Jihozlar va loyihalash asoslari


Maydalashni tashkil etish


Download 399.19 Kb.
bet57/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

Maydalashni tashkil etish
Maydalashni tashkil etish butun texnologik jarayonning tejamkorligini sezilarli darajada aniqlab beradi. Maydalash qurilmasining turi va ohchami uning texnik tavsiflari, ya’ni unga tashlanayotgan va undan chiqayotgan bo'laklarning (donlarning) o'lchami, ish unumini, talab etiladigan quwati, xizmat ko‘rsatish murakkabligi va h.k. larni hisobga olgan holda tanlanadi. Misol uchun, konussimon maydalagich bir tekis ishlaydi va o‘zining og‘irlik birligida ish unumi yuqori va jag‘li maydalagichga nisbatan kam quwat sarflaydi. Lekin bu hamma hollarda ham konussimon maydalagichdan foydalanish mumkin degani emas. Shunday holat ham yuz berishi mumkinki, xomashyoning bo'laklarini maydalash uchun quwati talab darajasidan yuqoriroq bo‘lgan yirik o‘lchamli konussimon maydalagichdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bunda maydalagich to‘la yuklanmay qolishi va uning foydali ish koeffltsienti past boflishi mumkin. Shuning uchun maydalash sistemasini iqtisodiy tahlil qilmay turib, maydalagich turini tanlash mumkin emas.
Xomashyoni (rudani) maydalash, odatda, uchta bosqichda olib boriladi (23-rasm): yirik, o‘rtacha maydalash va mayin tuyish. Jinslar vagondan 3 oflchamlari maydalagichning og‘iz kengligidan katta bo‘lgan bo'laklarni tutib qoluvchi panjara o‘rnatilgan bunkerga solinadi. Bunkerdan xomashyo ta’minlagich 1 va transportyor 4 orqali g‘alvir mashina 5 ga beriladi. Mayda boflakchalar tarnov 7 dan transportyorga 8, yiriklari esayirik (o'rtacha) maydalaydigan maydalagich 6 ga tushadi.


Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling