jild, 6-son, part (YOʻPA) O‘zbek modern adabiyoti hikoyanavisligida


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana19.07.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1661201
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YO\'PA 0631



137 
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI 
AXBOROTNOMASI 
www.in-academy.uz 
1-JILD, 6-SON, PART 2 (YOʻPA) 
 O‘ZBEK MODERN ADABIYOTI HIKOYANAVISLIGIDA 
O‘QITUVCHI OBRAZINING IFODALANISHI 
Ibragimova Shaxnoza 
Shahrisabz davlat pedagogika instituti 
Tillar fakulteti, O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi 
ARTICLE INFO 
 
ABSTRACT
 
Qabul qilindi: 25-June 2023 yil 
Ma’qullandi: 28-June 2023 yil 
Nashr qilindi: 30-June 2023 yil
 
 
Ushbu maqolada o‘zbek modern adabiyotida yaratilgan 
hikoyalardagi “ustoz” obrazining o‘ziga xos xususiyatlari 
haqida fikr yuritilgan. Hamda “ustoz” obrazining ijtimoiy 
hayotda bajargan vazifasi haqida Nazar Eshonqulning 
“Xaroba shahar surati”, “O‘lik mavsum”, “Qo‘l, “Farishta” 
hikoyalari; Abduqayum Yo‘ldoshevning “Quduq”, 
“Bo‘lishi 
mumkin 
emas” 
hikoyalari; 
Ulug‘bek 
Hamdamning “Ko‘zini ochib yumgan odam” hikoyasi 
asosida tadqiq qilingan.
KEY WORDS 
Psixologizm, 
ustoz, 
modern, 
professor, o‘qituvchi, muallim, 
shogird, obraz, personaj, motiv, 
hikoya. 
 
XXI asrning boshlaridan boshlab adabiy jarayonga yangicha uslub kirib kela boshladi. 
Bu davr boshqa davrlardan inson psixologiyasini chuqur mushohada etishi bilan ajralib 
turadi. Shunga mutanosib ravishda asosiy mavzular quyidagicha: insonparvarlik mazmuni va 
psixologizmning chuqurlashuvi; oʻzbek xalqining oʻzligini tanishi va mentaliteti masalalariga 
murojaat etilishi; hayot mazmunini falsafiy mushohada etish. Bu davrning ko‘plab ijodkorlari 
asarlarida “bozor sharoitidagi inson taqdiri” asosiy mavzulardan edi. Bunday asarlarda 
voqealarining xilma-xilligi, shiddatkorligi yaqqol ko’zga tashlanardi. Bu davr adabiyoti olimlar 
tomonidan Zamonaviy adabiyot yoki modernizm deb atala boshlandi. Qaysidir ma’noda 
zamonaviy adabiyot o‘zbek adabiyotida tub burilish davri bo‘ldi. Zamonaviy o‘zbek adabiyoti 
haqida adabiyotshunos olim Hakimjon Karimov shunday xulosa qiladi: “Zamonaviy oʻzbek 
adabiyoti uchun muallifning dunyoni his etish konsepsiyalaridagi xilma-xillik, voqelikni 
anglashning yangicha shakllari paydo boʻlishi hamda adabiy obrazlarni milliy qadriyatlar 
nuqtai nazaridan qayta anglash xosdir” [1:4]. 
Modernizm adabiyotida yaratilgan hikoyalarni o‘rganar ekanmiz, ijodkorlar har bir 
insonni alohida bir olam sifatida tasvirlashga uringaniga amin bo‘lamiz. Hayot haqiqatini 
anglab, o‘z ruhiyatini taftish qiladigan qahramonlar yaratish orqali badiiy olamni haqiqatga 
aylantirmoqdalar. Bunday g‘oyalarni Nazar Eshonqul, Xurshid Do‘stmuhammad, Salomat Vafo, 
Zulfiya Qurolboy qizi, Ulug‘bek Hamdam yaratgan hikoyalar orqali kuzatish mumkin. Quyida 
Nazar Eshonqulning “Xaroba shahar surati”, “O‘lik mavsum”, “Qo‘l, “Farishta” hikoyalari;
Abduqayum Yo‘ldoshevning “Quduq”, “Bo‘lishi mumkin emas” hikoyalari; Ulug‘bek 
Hamdamning “Ko‘zini ochib yumgan odam”, “Pillapoya” hikoyalari tadqiq qilingan. 
Nazar Eshonqul hikoyalarini o‘rganishda uslub jihatdan 2 ga bo‘lishadi: milliy ruh aks 
etadigan, bitta metafora asosiga qurilgan hikoyalar. Nazar Eshonqulning “Xaroba shahar 
surati” hikoyasi sof modern ruhda yozilgan bo‘lib, asosiy g‘oyani bitta metaforaga singdirib
butun hikoyani shu asosda quradi. Yozuvchi hikoyalarida “shahar” alohida o‘rinda turadi, 



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling