Jimjitlik” Belingdagi pichog`ingni,mingan otingni,nikohingdagi xotiningni birovga ishonma,bolam (romandan)
Download 15.12 Kb.
|
Jimjitlik.esse
“Jimjitlik” Belingdagi pichog`ingni,mingan otingni,nikohingdagi xotiningni birovga ishonma,bolam….(romandan) Odam bolasining ko`zidan yosh chiqmasa qiyin ekan.Aynan mana shu misralar bilan boshlanuvchi bu asar insonni INSON qilib tarbiyalaydi.Nimagadir erishish uchun nimanidir qurbon qilish kerak degan fikr xato. Nimagadir erishish uchun faqatgina harakat qilish kerak. Asar qahramonlaridan biri bo`lgan Tolibjon ko`zyosh to`kib yig`lolmasdi.Bu uning zaifligi emas,bu uning MATONATI edi.Kimki faryod to`kib yig`lay olmasa,alamlarini ichiga yutsa-dardga chalinadi.Shuning uchun keksalar alam o`rtagan kishiga yig`la ,ko`nglingni bo`shat deyishadi.Tolibjonni mana shu unsiz yig`i yiqitdi.Umuman olganda,gap bu haqida emas,bizning aytmoqchi bo`lganlarimiz “Jimjitlik”haqida.Zohiran tinch,ammo tahlikali zamonda yashagan shaxsgina bu davrning zalvorini his etishi mumkin.Inson qalbidagi evrilishlar,jamiyatga qarshi kurash,o`z-o`zini aldab yashash-bu fojia.Cho`qqilar jilvasiga ko`p mahliyo bo`lgan odam,bu tog`da qashqirlar borligini unutib qo`yadi.Mirvali shunday yaratiq edi.”Inson bolasini dard tarbiyalaydi” – deganlari mutlaqo haqiqat.Mana shunday dard tarbiyalagan inson-bizning Mirvalidir. . Mening nazarimda turli insonlarning hayotga nisbatan o`ziga xos noyob qarashlari, yashash tarzlarini o`rganish va ibrat olish har birimiz uchun foydadan xoli bo`lmaydi.Bir inson taqdirida neki alam,neki iztirob bo`lsa,hammasining achchiq ta`mini totib ko`rgan Tolibjon o`z tug`ilgan go`shasiga qaytgach hayotida yuz beradigan o`zgarish va tasodiflar haqida o`ylab ko`rmagan edi.Bir qaraganda,hammasi joyida doimiy hayotning qaynoq tafti ufurib turgan bu tog`larda shuncha sir,shuncha tahlika borligini kim ham o`ylabdi deysiz.O`g`li va turmush o`rtog`idan ayrilgan Tolibjon uchun bu tog`lar najot qal`asi bo`lib tuyilgan edi….Tolibjon yuragida ming xadik bilan o`z bolaligi o`tgan uyini topib keldi,darvozani ochishga kelganda esa qo`llari qaltirar edi.Axir o`zi bu uydan olislarga,ovoz yetmas joylarga ketgan,endi meni qanday qabul qilishadi degan qo`rquv va tushunib bo`lmas bir baxt orasida darvozani ochdi.Qarang aziz o`quvchi,bu uning inson ekanligidan darak emasmi? Ichkarida 90dan oshgan xalimdekkina o`g`ay ona.Shunchaki ona emas,o`gay ona.Bu so`zning ma`nosini hammamiz yaxshi tushunamiz,kimnidir etini junjiktiradi bu so`z-o`gay.Yana kimdir uzoq o`yga tolib hissiz aftodahol bo`lib qolaveradi.Albatta ko`pchiligimizning ko`z oldimizga o`sha ertakdagi(Zumrad va Qimmat)dagi o`gay! Ona keladi. Yo`q bizning “o`gay ona” bunday emas! U o`z farzandi sog`inchida o`limni bo`yniga olmay,bolaginasining taftini tuyib,tunlar duoda,kunlar faqat orzu bilan yashagan o`gay ona. -Xoy,kimsan bolam? Meni diqqat qilmay aytaqol.Hiding dimog`imga tanish.(Kampirning ko`zlari ko`r edi) shunga qaramay jigarporasini tanidi.Yig`lab ko`zidan yosh chiqazolmagan Tolibjonning ham o`pkasi to`lib ketdi.Xo`ngrab yig`lab yubordi.Dard insonni shunchalik ezar ekanki,lekin shu holda ham uning ko`ngli taskin topadigan bir go`sha bo`lar ekan.Bu go`sha bolaliging o`tgan uy…Tolibjon rafiqasini ko`z oldida yoqib yubirshgani-yu,farzandining urushda bedarak ketganini ham bir zumginaga unutdi.O`gay ona bag`rida xo`ng-xo`ng yig`ladi.U o`z taqdirini yetimlik dardi va hayotning sinovlarga to`la ekanligini Azizbekda ko`rardi.Onasi dadasiga xiyonat qilgan,buvisining qo`lida qolgan va hatto,o`z ota qabrini haligacha izlayotgan murg`ak ,ayni dam butun oila yukini zimmasiga olgan ulg`aygan bola.Bu tog`larda qolgan ota jasadini har tong izlar ekan uning xayolidan nimalar o`dmadi ekan-a?Bu tog`lar,shafqatsiz tog`lar hech kimga,hech nimaga rahm qlmaydi.Tolibjon hali bu gaplardan bexabar holda azim tog`lardan panoh topdi…. Hayotda ko`rganlarimiz bizni nimanidir qilishga undaydi, bajaraolgan ishlarimiz esa nimanidir isbotlash imkonini berarkan. Ko`pchilikning fikricha siz yomon inson bo`lishingiz mumkin, ammo har birimizning atrofimizda shunday insonlar borki ularning biz haqimizdagi fikrlarini faqatgina xayol qila olamiz. Hayot muammolarga to`la. Bularni hal qilish esa anchayin qiyin ish. Lekin bu uddalab bo`lmaydi degani emas. Axir hayot shunisi bilan maroqli, zavqli, azizda.Tolibjon ham bu muammolarni asta-sekin unutdi.Mirvaliga to`g`ri yo`l ko`rsatishni istadi,afsus u o`ylaganday bo`lib chiqmadi.O`zidan-da nochor kimsalar manzil tutgan bu tog`lar bag`rida asrlik sir-sinoatlar yashirin edi.Butun tog` ahlini baquvvat kaftlarida tutib turgan Mirvaliga esa hech kim baqamti kela olmasdi.Oxir oqibat bu baquvvat qo`llar Tolibjonni changalladi-yu qo`yib yubormadi.Hatto so`nggi manzilga ham bu qo`llar kuzatib bordi.Jayrona ,kampir ona,Azizbek,Zaynab hammasi taqdir izmiga bo`ysunishdi,Azizlar, dunyoda hech bir ish javobsiz qolmaydi.Yomonlar baribir jazosini oladi,hatto eng qudratlisi ham.Ha,Mirvalida ham shunday bo`ldi,azizlar,Azizbek o`z ota-onasini xor qilgan,ya`ni otasini sragardon qilib ,onasini badnom qilgan Mirvalini,buvisiniqon yig`latgan Mirvalini azim tog`lar guvohligida jazoladi.Yo`q,Azizbek qotillik qilmadi,shunchaki yordam bemadi.Bu Mirvalining jazosi edi/\.Butun hukumatni tutib turgan baquvvat qo`llar,bugun o`z jismini(qora kirlar bilan qoplangan tanasini) qutqara olmadi.Azizbek esa bu tog`larga ko`pam mahliyo bo`laverma,bolam.Bu tog`larda qashqirlar bor deya qilingan xitobga endi shunday javob beradi:”Yo`q,bu tog`larda qashqirlar qolmadi.Eng oxirgisini o`ngir tepasiga osib qo`yganman”-deya javob beradi! Download 15.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling