Jinaytchi shaxsning krimenal turlarga tasnifi Reja: «Jinoyatchilik»


Jinoyatchilikning o‘zaro bog‘liqligi


Download 94 Kb.
bet6/8
Sana23.03.2023
Hajmi94 Kb.
#1289500
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jinaytchi shaxsning krimenal turlarga tasnifi

Jinoyatchilikning o‘zaro bog‘liqligi. Jinoyatchilik jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-huquqiy munosabatlar bilan uzviy bog‘liq. O‘z navbatida ushbu ijtimoiy-huquqiy munosabatlar asosida yuzaga keladigan salbiy holatlar jinoyatlarning kelib chiqishida yetakchi o‘rin tutadi.
Ko‘rinib turibdiki, jinoyatchilikning yuzaga kelishi ma’lum bir qonu- niyatlar asosida kechadi. Shuning uchun ham aynan shu kabi bog‘liqlikni jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi sharoit sifatida e’tirof etish lozim. Demak, jinoyatchilik jamiyat hayoti bilan bog‘liq va jamiyat hayotidagi barcha salbiy illatlar jinoyatchilikni keltirib chiqaradi.
Jamiyat hayotidagi salbiy illatlar, o‘z navbatida, uning manfaatlariga mos kelmaydigan holatlardir. Aynan shunday holatlar qonun asosida muvofiqlashtiriladi va chegaralanadi. Bu esa ijtimoiy yashash tarzi talab- laridan kelib chiqib yaratiladi. Buning uchun jamiyat hayotida ro‘y beradigan jinoyat bilan bog‘liq voqelik va holatlarni to‘g‘ri aniqlash darkor. Faqat shundagina shaxs va jamiyat manfaatlariga zid jinoiy xatti-harakatlarni to‘g‘ri belgilash mumkin. Jinoyat shaxs va jamiyat manfaatlaridagi mavjud qarama-qarshiliklar oqibatida yuzaga keladi.
Xo‘sh, bu qarama-qarshiliklarni tugatish mumkinmi? Bu muammoni hal etish esa ma’lum chora-tadbirlarni qo‘llash orqali amalga oshirilishi mumkin. Shu o‘rinda jamiyat manfaatlariga zid bo‘lgan barcha xatti-harakatlar, umuman olganda, nojo‘ya harakat va jinoyatlarning oldini olish chora- tadbirlarini qo‘llash katta ahamiyatga ega. Profilaktik chora-tadbirlarni qo‘l- lash orqali shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari o‘rtasidagi mavjud karama- qarshiliklarni bartaraf etishga erishish mumkin va ta’kidlash joizki, bunda ushbu qarama-qarshiliklar hamda qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni ilmiy asoslantirish maqsadga muvofiqdir. Bunday muammolarni hal etish o‘ziga xos murakkab jarayondir. Jinoyatchilikning o‘zaro bog‘liqligida eng asosiy bo‘g‘in shaxsning xatti-harakatlari ekanligini yodda tutish zarur.
O‘zaro bog‘liqlikning aniq vaziyatlarda qanday namoyon bo‘lishini anglash uchun jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-huquqiy munosabatlar (tashqi omil) va shaxs harakatlari (ichki omil)ning o‘ziga xos xususiyatlarini aniq ifodalash zarur. Bu esa jinoyatchilikka qarshi kurashni kriminologiya nuqtai nazaridan va falsafiy jihatdan chuqur tahlil etishga keng imkoniyat yaratadi. Albatta, bunda tadqiqot faqatgina mavjud qarama-qarshiliklarning o‘zini emas, balki ushbu qarama-qarshiliklar oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarni ham tadqiq etishni taqozo etadi.
Jinoyatchilik oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlar turlicha bo‘lishi mumkin. Salbiy holatlar jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotining turli sohalarida yuzaga keladi va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘r- satadi. To‘g‘ri, jinoyatchilikning jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirining nafaqat miqdori, balki ma’naviy zararini ham e’tiborga olish kerak. Shuning uchun ham jinoyatchilikning jamiyatga keltiradigan, ko‘r- satadigan zararini raqamlar asosida hisoblash noto‘g‘ridir.
Ayrim g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar «kam ahamiyatliligi» tufayli umu­miy hisobga olinmaydi va e’tibordan chetda qoladi. Bunday holatlar jamiyat­da mavjud bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy munosabatlarga ta’sir etadi. Oqibatda jamiyat taraqqiyotida jinoyatchilik ta’sirida o‘ziga xos sharoit yuzaga keladi. Bu jamiyatga bevosita yoki ma’lum bir jihatdan qo‘shimcha chora-tadbirlarni joriy etish vazifasini yuklaydi.
Bu, birinchidan, jinoyatchilikning yuzaga kelishi bo‘lsa, ikkinchidan, yuzaga kelgan jinoyatchilikni tugatish bilan bog‘liq harakatlarni qoplash yoki jamiyatga yetkazilgan ma’naviy zararni tugatishda o‘z ifodasini topadi.
Binobarin, jinoyatchilikning jamiyatga salbiy ta’sirini baholash uchun ko‘rsatilgan har ikki holatni ham inobatga olish talab etiladi. Shunga ko‘ra, jinoyatchilikka oid salbiy oqibatlarning oldini olishda qo‘yilgan maqsad jamiyat xavfsizligini ta’minlash uchun uning miqyosini chuqur o‘rganishni shart qilib qo‘yadi.
Jamiyat xavfsizligini ta’minlash miqyosi, o‘z mazmuniga ko‘ra, «umumijtimoiy» va «individual miqyos» kabi tushunchalarning o‘zaro bog‘- liqligini ham ifodalaydi. Ya’ni ijtimoiy yoki individual vaziyatlarda jinoyatchilikning salbiy ta’siri aniq ifodalanishi va jamiyat hamda uning har bir a’zosiga yetkazilayotgan zarar to‘g‘ri belgilanishi lozim. Bu esa ma’lum bir ilmiy asoslangan metodlar asosida amalga oshiriladi. Bular jamiyat a’zolarining fikrini bilish, ularning «xavfsizlik miqyosini» aniqlash, «jamiyat xavfsizligi miqyosini» to‘g‘ri ifodalash va shu orqali xavfsizlikni ta’min- lashga erishish, shu bilan birga, jamiyatning har bir a’zosini jinoiy tajovuzlardan saqlashni ta’minlash va boshqalar.
Ta’kidlash joizki, ko‘p hollarda jinoyatchilikning oqibatlari faqat nazariy jihatdan e’tiborga olinadi va baholanadi. Biroq jinoyatchilik oqibatlarini baholashda o‘ziga xos bo‘lgan «xarajatlarni qoplash»ga yetarlicha baho berilmaydi. Fikrimizcha, bunga alohida e’tibor qaratilishi lozim va bugungi kunda bu muammoni yechish bo‘yicha zarur ilmiy tavsiyalarni chuqur ilmiy-nazariy asoslarga tayangan holda ishlab chiqishga jiddiy e’tibor qaratish kerak. Shu maqsadda jinoyat natijasida jamiyatga yetkazilgan zararni qoplash borasida zarur bo‘lgan ilmiy tavsiyalarni yaratish zarur. Bu vazifa juda murakkab va dolzarbdir.
Jinoyatchilikning yuzaga kelishi va dinamikasi nuqtai nazaridan yondashilganda uning nafaqat bugungi kundagi, balki kelgusida keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarini ham inobatga olish lozim. Jinoyatchilik ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning o‘zgarishiga ham ta’sir etishi mumkinmi? Shunday bo‘lsa, ijtimoiy-huquqiy o‘zgarish qay tarzda namoyon bo‘ladi? Ushbu savollarga javob topish ham fan oldida turgan katta vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu muammolarni hal etish ijtimoiy rivojlanish jarayonini boshqarishda zarur bo‘lgan qarorlar chiqarilishiga olib keladi.
Jinoyatchilikning jamiyatga yetkazadigan zararlari, yuqorida aytib o‘tilganidek, moddiy va ma’naviy ko‘rinishlarda bo‘ladi. Tabiiyki, bu kabi zarar jamiyat a’zolariga jismoniy, ruhiy, ma’naviy tomondan ta’sir etishi bilan birga, siyosiy, g‘oyaviy, huquqiy va ma’naviy jihatdan umumjamiyat manfaatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Demak, jinoyatchilik kishilik jamiyati taraqqiyotiga raxna soluvchi jarayondir, u shaxsning ma’naviy kamolotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oqibatda shaxsning ruhiy holati buziladi. Bu kabi o‘zgarishlar esa fanda kriminogen oqibatlar deb yuritiladi.
Falsafiy nuqtai nazardan qaralganda jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirilishi birinchi galda shaxs manfaatlarini, ya’ni uning xavfsiz- ligi, daxlsizligi, mulkiy huquqlarini ta’minlashga qaratilishi lozim. Shundan kelib chiqqan holda jamiyatda umumiy murosani yuzaga kelishini davlat joriy etadigan qonunlar bilan uzviy bog‘lash maqsadga muvofiqdir.
Jamiyat manfaatlarini ifodalovchi qonun talablariga jinoiy tajovuz qilish va, umuman, jinoyatchilikning mavjudligi bu yo‘nalishda fan, shu jumladan kriminologiya fani tomonidan zarur va ilmiy-nazariy jihatdan yetuk tavsiyalar yaratilishini taqozo etadi.

Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling