ifodalaydigan, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektga qarshi qaratilgan
ijtimoiy xavfli tajovuzning tashqi holatini xarakterlovchi obyektiv, ijtimoiy va
yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar yig‘indisidir. Yuqoridagi kazusda
jinoyatning obyektiv tomoni – A. Sabirov bilan I. Obidova oldindan til biriktib,
hududida ekanligidan foydalanib, unga tegishli bo‘lgan uyni garovga qo‘yishga
rozilik berish to‘g‘risidagi arizasini va undagi imzosini qalbakilashtirib – soxta
hujjatlardan foydalanib, firibgarlik yo‘li bilan kredit mablag‘larini olishga bo‘lgan
harakatlari tushuniladi. Obyektiv tomonning zaruriy belgisi – qilmish hisoblanadi.
Qilmishsiz, ya’ni insonning tashqi dunyodagi muayyan xulq-atvorisiz jinoyat ham,
jinoiy javobgarlik uchun asos ham yo‘q
8
. Obyektiv tomonning zaruriy belgilari –
huquqqa xiloflik, ijtimoiy xavflilik, onglilik, ixtiyoriylik. Jinoyat tarkibi obyektiv
tomonining fakultativ belgilari quyidagilar: jinoyat sodir qilish joyi, vaqti, holati,
usuli, quroli va vositasi kabilardir. Bunda:
Jinoyat sodir qilish vaqti: 2019-yilning mart va oktyabr oylari;
Jinoyat sodir qilish usuli: birikkan holda.
Do'stlaringiz bilan baham: