Jinoyat huquqi va kriminologiya


Download 426.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana29.07.2020
Hajmi426.88 Kb.
#125127
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashda odillik prinsipi.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKАSI АDLIYA VАZIRLIGI

 

   

TOSHKENT DАVLАT YURIDIK UNIVERSITETI

 

  

 

 

 

“JINOYAT HUQUQI VA KRIMINOLOGIYA” 



KАFEDRАSI 

 

 



 

Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashda odillik prinsipi 

mavzusida yozilgan 



BITIRUV MАLАKАVIY ISHI 

 

 



 

Bajardi: 4-kurs “Jinoiy-huquqiy faoliyat” 

yo’nalishi  talabasi                                    D.I. 



Kenjaboev  

 

Ilmiy  rahbar:  “Jinoyat  huquqi  va 

kriminologiya”  kafedrasi  o’qituvchisi 



M.M. Kurbanov  

 

 



 

 

 

TOSHKENT – 2016  

 

 

MUNDARIJA 



KIRISH.................................................................................................................. 3 

I  BOB.  JINOYAT  HUQUQIDA  BIR  NECHA  JINOYATLAR  UCHUN  JAZO 

TAYINLASH TUSHUNCHASI, TARTIBI VA UNDA ODILLIK PRINSPINING 

NAMOYON BO’LISHI ......................................................................................... 8 

1.1.  Bir  necha  jinoyat  uchun  jazo  tayinlash  asosi  sifatida  jinoyat  huquqida  bir 

qancha jinoyatlar sodir etish holatlari, turlari va yuridik tavsifi ........................... 8 

1.2.  Bir  necha  jinoyatlar  uchun  jazo  tayinlashning  rivojlanish  tarixi,  huquqiy 

asoslari va unda odillik prinsipining namoyon bo’lishi ...................................... 20 

1.3. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash tartibi va shartlari ....................... 28 



II  BOB.  JINOIY  HUQUQIY  LIBERALLASHTIRISH  JARAYONIDA  BIR 

NECHA  JINOYATLAR  UCHUN  JAZO  TAYINLASHDA  ODILLIK  PRINSIPI 

TA’MINLANISHINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI ....................... 37 

2.1.    Jinoiy  jazolarni  liberallashtirish  sharoitida  bir  necha  jinoyatlar  uchun  jazo 

tayinlashda  odillik  prinsipi  ta’minlanishining  ilmiy-amaliy    muammolari  va 

ularni hal qilish masalalari................................................................................. 37 

2.2.  Bir  necha  jinoyatlar  uchun  jazo  tayinlash  qoidalarini  takomillashtirish 

bo’yicha ayrim xorijiy davlatlar tajribasi ........................................................... 53 



XULOSА .............................................................................................................. 61 

Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro’yxаti ..................................................................... 63 

 

 



 

 

 

 



 

KIRISH 



 

Bitiruv-malakaviy  ishi  mavzusining  dolzarbligi.  O’zbekiston  Respublikasi 

mustaqillikka  erishgach,  o’z  oldiga  inson  huquq  va  erkinliklari  tom  ma’noda 

ta’minlanadigan  demokratik  huquqiy  davlat  va  erkin  fuqarolik  jamiyati  qurish 

vazifasini  qo’ydi.  Bu  vazifa  o’z  navbatida  mamlakat  hayotining  har  bir  sohasini 

tubdan isloh qilish, islohotlarning huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa asoslarini 

ishlab chiqish hamda har bir sohadagi ishlarni tizimli tashkil qilishni taqozo etardi. 

Mamlakatimizda  bu  boradagi  ishlar  jadal  sur’atlarda  boshlab  yuborildi  va 

islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirila bormoqda.  

 

Mazkur  bitiruv-malakaviy  ishining  dolzarbligi  ham  bugungi  kunda 



mamlakatimizda amalga  oshirilayotgan tub islohotlarning  mazmun-mohiyati bilan 

asoslanadi. Jinoyat qonunchiligini liberallashtirish o’z navbatida jazo, uni tayinlash 

masalalarini  ham  qayta  ko’rib  chiqishni  taqozo  etadi.  Chunki,  jinoyat-huquqiy 

islohotlarning  tub  maqsadi  jinoyat  uchun  jazolash  emas,  balki  jinoyatchilikning 

oldini  olish,  uni  imkoni  boricha  kamaytirish,  fuqarolarni  qonunga  itoat  va  hurmat 

ruhida  tarbiyalashdan  iboratdir.  Zero,  mamlakatimiz  Prezidenti  ta’kidlaganidek, 

“jinoyatchilikning  oldini  olish,  unga  qarshi  kurashish  samaradorligi  jazoning 

og’irligi  va  shafqatsizligiga  emas,  balki  birinchi  navbatda,  qonunni  buzgan 

shaxsning jazoning muqarrarligini nechog’lik anglashiga bog’liq”

1



 

Bir  shaxs  tomonidan  bir  necha  jinoyatlar  sodir  etilish  holatlari  har  qanday 

mamlakat hayotida uchraydigan hodisa hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda ham 

bu  sohada  amalga  oshirilayotgan  ishlarga  qaramasdan  bir  shaxs  tomonidan  bir 

necha  jinoyatlar  sodir  etilish  holatlari  ko’plab  uchramoqda.  Xususan,  birgina 

Jinoyat  ishlari  bo’yicha  Toshkent  shahar  Mirzo  Ulug’bek  tumani  sud  arxivining 

2015-yilda  ko’rilgan  ishlarini  o’rganib  chiqqanimizda  yil  davomida  ko’rilgan 

barcha  jinoyat  ishlarining  39  %  izida  bir  necha  jinoyatlar  sodir  qilish  holatlari 

uchradi.  Bu  ko’rsatkichning  o’zi  ham  mavzuning  nechog’li  ahamiyatli  ekanligini 

ko’rsatadi. 

Jinoyat-huquqiy 

sohani 


liberallashtirish 

jarayonida 

jinoyat 

qonunchiligiga  bir  qator  o’zgartishlar  kiritildi  va  ularning  ma’lum  bir  qismi  jazo 

                                                             

1

 Karimov I.A. Adolat – qonun ustuvorligida. // Xalq so’zi. 2001-yil 30-avgust.  



 

tayinlash  bilan  bevosita  aloqadordir.  Lekin  shunga  qaramasdan  jinoyat 



qonunchiligini  tanqidiy  tahlil  qilish,  sud-tergov  amaliyotini  kuzatish  va  xorij 

tajribasini  o’rganish  bu  sohada  hali  hal  qilinishi  lozim  bo’lgan  muammolar 

yetarlicha  ekanligini  ko’rsatmoqda.  Ayniqsa,  qanday  holatlarda  jinoyatlar  jami 

bo’yicha  jazo  tayinlash  qoidalarini  qo’llash  lozimligi,  jazolarni  qo’shish  orqali 

yagona  jazo  tayinlash,  qo’shimcha  jazo  tayinlash  borasidagi    xatoliklar  shular 

jumlasidandir. 

Buning 

natijasida 



esa, 

sohada 


jinoyat 

qonunchiligining 

insonparvarlik,  odillik  prinsiplari,  qonunning  vaqt  bo’yicha  amal  qilish  kabi 

prinsipial qoidalari buzilayotganlik hollari uchrab turibdi.  



 

Bitiruv  malakaviy  ishining  obyekti  jinoyat  huquqining  asosiy  qoidalaridan 

biri sifatida odillik prinsipining ta’minlanishida bir necha jinoyatlar sodir etilganlik 

uchun  jazo  tayinlashning  huquqiy  asoslari  tahlili,  sud  amaliyotida  uchrayotgan 

muammoli holatlar, bu sohani tartibga solish bo’yicha qonunchilikdagi bo’shliqlar 

va ziddiyatli holatlar majmuasidir.  

 

Bitiruv  malakaviy  ishining  predmeti.  Bir  necha  jinoyatlar  uchun  jazo 

tayinlash asoslari, tartibi va o’ziga xosliklarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy 

hujjatlar, milliy va xorijiy huquqshunos olimlarning ilmiy-amaliy ishlari, ommaviy 

axborot vositalarida e’lon qilingan sohaga oid materiallar, sud arxivi ma’lumotlari 

bitiruv malakaviy ishining predmetini tashkil qiladi.  

 

Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  yangiligi.  Hozirgi  kunga  qadar  bir 

necha  xorijlik  va  mamlakatimizning  huquqshunos  olimlari  tomonidan  bir  necha 

jinoyatlar  sodir  etish  holatlari  va  ular  uchun  jazo  tayinlash  masalalari  o’rganilgan 

va  qonunchilikni  takomillashtirish  yuzasidan  bir  qancha  tegishli  xulosalar 

tayyorlangan  bo’lsa-da,  bu  ishlar  mamlakatimizda  jinoiy-huquqiy  sohani 

liberallashtirish  jarayoni  boshlanishidan  oldin  va  liberallashtirishning  dastlabki 

yillarida  amalga  oshirilgan.  Bu  ishlarda  masalaning  umumiy  jihatlari  o’rganilib, 

jinoiy-huquqiy  prinsip  sifatida  odillik  prinsipiga  e’tibor  qaratilmagan.  Ushbu 

bitiruv  malakaviy  ishida  O’zbekiston  Respublikasining  bir  necha  jinoyatlar  sodir 

qilinganlik  holatida  jazo tayinlash bo’yicha huquqiy  mexanizmi  o’rganiladi,  tahlil 



 

qilinadi,  sud  amaliyoti  o’rganilib,  ushbu  soha  qonunchiligini  takomillashtirish 



yuzasidan tegishli xulosalar qilinadi va takliflar tayyorlanadi.  

 

Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsadi  va  vazifalari.  Mazkur  bitiruv 

malakaviy  ishining  maqsadi  jinoyat  qonunchiligini  liberallashtirish  jarayonida  bir 

necha  jinoyatlar  sodir  etganlik  uchun  jazo  tayinlashning  huquqiy  mexanizmini 

tanqidiy  va  amaliy  nuqtayi  nazardan  tadqiq  qilish,  tahliliy  ishlarni  olib  borish, 

bitiruv  malakaviy  amaliyot  davrida  olib  borilgan  kuzatishlar  asosida  sud-tergov, 

advokatlik  amaliyotida  vujudga  kelayotgan  muammoli  vaziyatlarni  aniqlash  va 

ochib  berish,  inson  va  fuqaro  huquqlari,  qonuniy  manfaatlari  himoyasi 

ta’minlanishida  odillik  prinsipining  ahamiyatini  yoritib  berish  hamda  bu  xususda 

tegishli  ilmiy-nazariy  asoslantirilgan  xulosalar  ishlab  chiqish,  takliflar  tayyorlash 

hisoblanadi.  

 

Qo’yilgan  maqsadga  erishish  bitiruv  malakaviy  ishini  yozish  jarayonida 



quyidagi vazifalarni hal qilish orqali amalga oshiriladi: 

a)  jinoyat  qonunchiligini  liberallashtirish  sharoitida  amaldagi  jinoyat 

qonunining  bir  necha  jinoyatlar  uchun  jazo  tayinlash  to’g’risidagi 

normalarning  holatini  aniqlash  va  ushbu  turkumdagi  jinoyatlarning  oldini 

olish hamda ularga qarshi kurash bo’yicha darajasini aniqlash;  

b)  bir  necha  jinoyatlar  uchun  jazo  tayinlashning  o’ziga  xos  xususiyatlarini 

ochib berish;  

c)  jazolarni  liberallashtirish sharoitida amaliy hayotda bir  necha jinoyat  uchun 

jazo  tayinlashda  vujudga  kelayotgan  muammolarni  aniqlash  uchun  sud 

materiallari bilan tanishib chiqish, tegishli ma’lumotlarni olish;  

d)  o’rganilgan  huquq  manbalari  va  ilmiy  ishlar,  o’tkazilgan  kuzatuvlar 

natijasida  jinoyat  qonunchiligida  odillik  prinsipini  to’laqonli  ro’yobga 

chiqishini ta’minlash maqsadida tegishli xulosalar va takliflar tayyorlash.  

 

Bitiruv  malakaviy  ishinining  usuli.  Bitiruv  malakaviy  ishini  yozishda 

bilishning  umumiy-ilmiy  metodlari bo’lgan dialektik  metod, tarixiy-qiyosiy tahlil, 

tizimli  tahlil  qilish  uslublari,  shuningdek,  umummantiqiy  metodlar  –  induksiya, 


 

deduksiya, analiz, sintez va maxsus huquqiy metodlar qo’llanildi. Ilmiy adabiyotlar 



va huquq normalarini sharhlashda grammatik tahlil metodidan ham foydalanildi.  

 

Mavzuning  o’rganilganlik  darajasi  va  adabiyotlar  tahlili.  Bir  necha 

jinoyatlar  uchun  jazo  tayinlash  masalalari  bir  qancha  xorijiy  va  mamlakatimiz 

huquqshunos  olimlari  tomonidan  o’rganilgan.  Shu  bilan  birga  aytish  kerakki,  bu 

ishlarning  aksariyati  jinoyat  qonunchiligi  liberallashtirilishidan  oldingi  davrga 

tegishli  bo’lib,  ularda  hozirgi  kunda  uchrayotgan  muammolar  yetarlicha  tahlil 

qilinmagan.  Bir  necha  jinoyatlar  uchun  jazo  tayinlash  masalalari  bo’yicha  fikrlar 

va  takliflar  xorij  olimlaridan  M.I.Bajanov,  N.А.Bekbergenov,  V.P.  Malkov,      

B.V.  Voljenkin  va  boshqalar  tomonidan  olib  borilgan  ilmiy  ishlarda  ilgari 

surilgan

1

. Mamlakatimiz huquqshunos olimlaridan M. Usmonaliyev, yuridik fanlar 



nomzodi,  dotsent  M.Z.  Muqimova,  yuridik  fanlar  nomzodi,  dotsent  B.B.  Mat-

lyubov, yuridik fanlar doktori M.H. Jiyanov kabilarning ilmiy asarlari hamda ilmiy 

maqolalarida tadqiq etilayotgan muammoga tegishli jihatlar yoritilgan

2

.  



 

Yuqoridagi  olimlarning  ilmiy  ishlarida  bir  qancha  jinoyatlar  uchun  jazo 

tayinlash muammolari atroflicha ko’rib chiqilgan bo’lib, ularda jazo tayinlashning 

bugungi  umumiy  jihatlari  yoritilgan,  shuningdek  jinoyat  qonunining  odillik 

prinsipi  masalasiga  yetarlicha  e’tibor  berilmagan.  Bundan  tashqari,  ushbu 

ishlarning mazmuni bugungi kundagi jinoyat qonuni normalari mazmunini qamrab 

ololmagan.  

 

Bitiruv malakaviy ishi natijalarining  nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv 

malakaviy ishi doirasida olib borilgan tadqiqot natijalaridan jinoyat qonunchiligida 

odillik  prinsipini  ro’yobga  chiqarish  uchun  qonunchilikka  tegishli  takliflar  ishlab 

                                                             

1

  Бажанов  М.И.  Назначение  наказания  по  совокпности  преступлений  и  приговоров.  –  Харьков,  1977.  // 



Волженкин  Б.В.  Принцип  справедливости  и  проблемы  множественности  преступлений  по  УК  РФ  // 

Законность.  Москва,  1998.  //  Малков  В.П.  Совокупность  преступлений.  Казань.  Изд.Казанского 

Университета.1974.  –с.287.;  Разумов  С.А.  Практика  назначения  наказания.-М.,    2001.  //    Бекбергенов  Н.А. 

Назначение  наказания  по  совокупности  преступлений  и  приговоров.:  Автореф.  дисс.  ...  канд.  юрид  наук.-

Казахстан: Алма-Ата, 2002.  

2

 Muqumova M.Z. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash xususiyatlari . Yuridik fanlar nomzodi ilmiy 



darajasini  olish  uchun  yozilgan  dissertatsiya.  Ilmiy  rahbar:  M.  Usmonaliyev.  –  T.:  2005.  //  Матлюбов  Б.Б. 

Уголовно-правовое  значение  совокупности  преступлений.  Диссертация  на  соискание  ученой  степени 

кандидата  юридических  наук.  –  T.:  2006.  //  Jiyanov  M.H.  Bir  qancha  jinoyat  sodir  etganlik  uchun  javobgarlik 

muammolari: 12.00.08-Jinoyat huquqi va kriminologiya; yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan 

dissertatsiya / Ilmiy maslahatchi: M.H.Rustamboyev. – T., 2012. 


 

chiqishda,  jazo  tayinlash  tizimini  takomillashtirishda,  inson  va  fuqarolarning 



qonuniy  huquq  va  manfaatlari  samarali  himoya  qilinishi  yuzasidan  ilmiy  ishlarda 

foydalanish mumkin.  

 

Bitiruv  malakaviy  ishinining  tarkibiy  tuzilishi.  Bitiruv  malakaviy  ishining 

tarkibiy  tuzilishi kirish, beshta paragrafni  o’z ichiga oluvchi  ikkita bob  va  xulosa, 

shuningdek foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.  

 

Birinchi bob umumnazariy xususiyatga ega bo’lib, unda bir necha jinoyatlar 



tushunchasi,  uning  turlari,  bir  necha  jinoyatlar  uchun  jazo  tayinlash  tushunchasi, 

asoslari,  tartibi,  bu  boradagi  har  xil  qarashlar  hamda  bu  jarayonda  odillik 

prinsipining  namoyon  bo’lishi  o’rganiladi.  Shuningdek,  Jinoyat  kodeksi  va 

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorlari, sharhlar hamda 

sud  materiallari  asosida  bir  necha  jinoyatlar  sodir  qilganlik  uchun  bir  turdagi,  har 

xil  turdagi,  qo’shimcha  jazo  tayinlash  masalalari,  jazolarni  qo’shib  hisoblash 

qoidalari ko’rib chiqiladi.  

 

Ikkinchi  bobda  jinoyat  qonunchiligini  liberallashtirish  va  odillik  prinsipini 



ro’yobga  chiqarishda  sud  va  tergov  amaliyotida  vujudga  kelayotgan  muammolar 

tahlil  qilinadi.  Bu  muammolarni  hal  qilish  bo’yicha  bir  necha  jinoyat  sodir 

qilganlik  uchun  jazo  tayinlash  qoidalarini  takomillashtirish  yuzasidan  takliflar 

ko’rib  chiqiladi  va  bu  boradagi  ayrim  davlatlar  qonunchiligida  mavjud  ijobiy 

tomonlar tahlil qilinadi.  

 

 



 

I BOB. JINOYAT HUQUQIDA BIR NECHA JINOYATLAR UCHUN JAZO 



TAYINLASH TUSHUNCHASI, TARTIBI VA UNDA ODILLIK PRINSPINING 

NAMOYON BO’LISHI 

1.1. Bir necha jinoyat uchun jazo tayinlash asosi sifatida jinoyat huquqida bir 

qancha jinoyatlar sodir etish holatlari, turlari va yuridik tavsifi 

 

Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim 

yo’nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs 

huquqi  va  manfaatlarini  ishonchli  himoya  qilishga  qaratilgan  sud-huquq  tizimini 

izchil  demokratlashtirish  va  liberallashtirishdan  iboratdir

1

.  Ushbu  maqsadni 



ro’yobga  chiqarishda,  albatta  jinoiy-huquqiy  qonunchilikni  takomillashtirish  ham 

alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Zero,  jinoyatchilikning  oldini  olish  va  uni  imkoni 

boricha  kamayitirish  demokratik  fuqarolik  jamiyati  qurishning  muhim 

mezonlaridan  biridir.  Bu o’rinda esa,  jinoyat  uchun jazo tayinlash  instituti o’ziga 

xos  o’ringa  ega.  Chunki,  yuqorida  qayd  etilganidek,  jinoyat  uchun  jazoning 

muqarrarligi  uning  oldini  olishda,  shaxsni  qonunga  hurmat  va  itoat  ruhida 

tarbiyalashda katta o’ringa ega.  

 

Ma’lumki,  bir  shaxs  tomonidan  bir  necha  jinoyatlar  sodir  etilishi  insoniyat 



tarixining  har  qanday  davrida  mavjud  bo’lgan  va  u  o’zining  ijtimoiy  xavfi 

yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bir necha jinoyatlar uchun uchun jazo tayinlashning 

asosi  bo’lib  ikki  va  undan  ortiq  jinoyatlarning  bir  shaxs  tomonidan  sodir  etilishi 

hisoblanadi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda,  avvalo,  tadqiqot  doirasida  bir  necha 

jinoyatlar  tushunchasi,  uning  turlari,  xususiyatlarini  ko’rib  chiqishimiz  zarur.  Bu 

esa,  mamlakatimiz  Jinoyat  kodeksining  bir  qancha  jinoyatlar  sodir  etish 

to’g’risidagi  VIII  bobini  atroflicha  tahlil  qilishni  taqozo  etadi.  Shu  o’rinda  aytish 

kerakki,  bir  necha  jinoyatlar  sodir  etish  holatlari  bir  qator  mamlakatimiz  va  xorij 

olimlari tomonidan tadqiq qilinib, o’ziga xos qarashlar va fikrlar ilgari surilgan. 

                                                             

1

 Karimov I.A. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi 



“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 

konsepsiyasi” nomli ma’ruzasi. – T.: “O’zbekiston”, 2010. 8-bet. 



 

 



Jinoyat  huquqida  “bir  qancha  jinoyatlar”  va  “bir  necha  jinoyatlar” 

tushunchalari  mavjud  bo’lib,  ular  haqida  to’xtalsak.  Chunki,  bitiruv-malakaviy 

ishining  o’rganish  obyekti  bevosita  bu  tushunchalar  bilan  bog’liq.  Amaldagi 

Jinoyat kodeksida ushbu tushunchalarning aniq bevosita ta’riflari keltirilmagan va 

ushbu  tushunchalar  bir-biri  bilan  bir  ma’nolidek,  ko’rinsa-da,  ular  mustaqil 

tushunchalardir.  Chunki  “bir  necha  jinoyat”  tushunchasining  huquqiy  ma’nosiga 

to’xtalsak, u  “bir qancha” jinoyat tushunchasiga nisbatan tor ma’nodagi tushuncha 

bo’lib,  agar  bir  qancha  jinoyat  sodir  etish  takroran  jinoyat  sodir  etish,  jinoyatlar 

majmui  va  retsidiv  jinoyatlarni  qamrab  olsa,  O’zbekiston  Respublikasi  Jinoyat 

kodeksi  59-moddasining  mazmuniga  ko’ra,  “Shaxs  tomonidan  Jinoyat  kodeksi 

Maxsus  qismining  turli  moddalarida  nazarda  tutilgan  ikki  yoki  undan  ortiq 

jinoyatlarni  sodir  etib,  ularning  birortasi  uchun  shaxs    sudlangan  bo’lmasa”  bir 

necha  jinoyat  sodir  etish  deb  topiladi.  Chunki,  takroran  jinoyat  sodir  etish, 

jinoyatlar  majmui  turli  moddalarda  nazarda  tutilgan  jinoyatlarni  qamrab  olgani 

holda, bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlanadi. 

 

“Bir qancha jinoyatlar” atamasi xususida ham ko’plab olimlar tomonidan har 



xil  fikrlar  bildirilgan  bo’lib,  jumladan  А.M.Yakovlevning      fikriga  ko’ra,  bir 

qancha  jinoyat  sodir  etish    tushunchasi  takroran  jinoyat  sodir  etish,  retsidiv 

jinoyatlar    va  jinoyatlar  majmuida  namoyon  bo’ladi.  P.S.  Dagel  esa,  bir  qancha 

jinoyat  sodir  etish  deganda,  “ikki  yoki  undan  ortiq  jinoyatlarni”  yoki    “bir  necha 

jinoyatlarni  sodir  etish”ni    nazarda  tutadi.  N.А  Bekbergenov  tomonidan  esa,  bir 

qancha  jinoyat  sodir  etishda  uning  miqdor  ko’rsatkichlari  emas,  balki  har  bir 

qilmishning    mustaqil  huquqiy  ahamiyatga  ega    ekanligi,  uning  asosiy  va  zaruriy 

belgisi sifatida ta’kidlanadi

1



 



Bu  borada  yuridik  fanlar  doktori  M.H.  Jiyanovning  ta’rifi  alohida  e’tiborga 

loyiq va u ushbu ta’rifni Jinoyat kodeksida mustahkamlashni taklif qiladi: “Jinoyat 

kodeksi Maxsus qismining bir moddasida yoki bir moddasining bitta qismida yoki 

turli qismida yoxud turli moddalarida nazarda tutilgan, jinoiy huquqiy ahamiyatini 

                                                             

1

 Бекбергенов Н.А. Назначение наказания по совокупности преступлений и приговоров.: Автореф. дисс. ... 



канд. юрид наук.-Казахстан: Алма-Ата, 2002.- с. 7. 

10 

 

yo’qotmagan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarning bir vaqtda yoki turli vaqtlarda bir 



shaxs tomonidan sodir etilishi bir qancha jinoyat sodir etish deb topiladi”

1



 

Yuqoridagi  fikrlardan  ko’rishimiz  mumkinki,  ushbu  muammoni  tadqiq 

qilgan  olimlarning  barchasi  bir  qancha  jinoyatlar  kamida  ikkita  jinoyatdan  iborat 

bo’lishini va bu jinoyatlar yagona subyekt tomonidan sodir etilishini ta’kidlaydilar. 

 

O’zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksi  normalari  ham  A.M.  Yakov-



levning fikriga monand bo’lib, bir qancha jinoyatlar sodir etish deb nomlanadigan 

VIII  bobi  takroran  jinoyat  sodir  etish,  jinoyatlar  majmui  va  retsidiv  jinoyatni  o’z 

ichiga oladi.  

 

M. Usmonaliyev  fikricha, bir qancha jinoyat sodir etilgan deb topish  uchun 



qilmishlarda quyidagi shartlar bo’lishi kerak: 

 

-  shaxs  tomonidan  har  biri  mustaqil  jinoyat  tarkibini  tashkil  qiluvchi  ikki 



yoki undan ortiq jinoyatlar sodir etilgan bo’lishi kerak; 

 

-  Bunda  jinoyatlarning  bir  vaqtda  (jinoyatlarning  ideal   jami)  yoki  har  xil 



vaqt (real jami)da sodir etilganligining ahamiyati yo’q; 

 

-  dastlabki  sodir  etilgan  jinoyat  bilan  keyingi  sodir  etilgan  jinoyat  o’rtasida 



JKning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o’tib ketmagan bo’lishi kerak; 

 

-  shaxs  ushbu  jinoyatlarda  bajaruvchi,  tashkilotchi,  dalolatchi  yoki 



yordamchi  sifatida  qatnashganligi,  jinoyatga  tayyorgarlik  ko’rish,  suiqasd  qilish 

bosqichida to’xatilganligi yoki oxiriga etkazilganligining ahamiyati yo’q; 

 



agarda 



shaxs 

 

Jinoyat 



kodeksining 

64-68-moddalari 

asosida 

javobgarlikdan,  69-moddasi  asosida  jazodan  ozod  qilingan  bo’lsa  (150-156-

moddalar  bundan  mustasno),  jinoyat  huquqida  nazarda  tutilgan  bir  qancha 

jinoyatlarni tashkil qilmaydi; 

 

-  oldingi  jinoyat  uchun  sudlanganlik  muddati  o’tmasdan  yoki  qonunda 



belgilangan  tartibda  olib  tashlanmasdan  yangi  jinoyat  sodir  etish  ham  bir  qancha 

jinoyat sodir etish hisoblanadi

2



                                                             



1

 Jiyanov M.H. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik. Farg’ona 2002. 73-bet. 

2

 M.Usmonaliyev. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2005. 



– 231-b. 

11 

 

 



Professor M.H. Rustamboyev ham yuqoridagiga monand tarzda fikr bildirib, 

bir qancha jinoyatlar tushunchasining quyidagi xususiyatlarini keltirib o’tgan:  

 

1)  shaxs  tomonidan  ikki  yoki  undan  ortiq  mustaqil  jinoyatlarning  sodir 



etilgan bo‘lishi lozim; 

 

2)  har  bir  jinoyat  sud  hukmida  ko‘rsatilgan  bo‘lishi  lozim.  Agar  shaxs 



jinoyat  sodir  etgan  bo‘lsa, lekin  jinoiy  ish  dastlabki  tergov  va  sud  tomonidan 

qonunda  ko‘rsatilgan  asoslarga  ko‘ra  tugatilgan  bo‘lsa  (O‘zR  JPKning  83,84-

moddalari), bu shaxs ilgari jinoyat sodir etgan hisoblanmaydi; 

 

3) jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan 



javobgarlikdan ozod qilinmagan  bo‘lishi (64-modda),  ilgari chiqarilgan  hukmning 

ijro  etish  muddati  o‘tib  ketmagan  bo‘lishi  (69-modda),  sudlanganlik  muddatining 

o‘tib  ketmaganligi  yoki  amnistiya  akti  yoxud  afv  etish  orqali  jazodan  ozod 

qilinmagan bo‘lishi kerak; 

 

4) har bir jinoyat tugallangan yoki tugallanmagan bo‘lishi lozim. 



 

M.M.  Qodirov  va  M.M.  Qalandarovlar  fikricha,  bir  qancha  jinoyatlarning 

quyidagi asosiy belgilari mavjud:  

 

-  shaxs  tomonidan  jinoyat  qonunining  bir  yoki  bir  necha  moddalari  (yoki 



moddalarining  qismlari)da  nazarda  tutilgan  ikki  yoki  undan  ortiq  jinoyatlarning 

sodir etilishi; 

 

-  sodir  etilgan  har  bir  qilmishning  mustaqil  jinoyat  hisoblanishi  va  alohida 



modda (yoki moddaning qismi) bo’yicha kvalifikatsiya qilinishi;  

 

- bir qancha jinoyatlarni vujudga keltiruvchi jinoyatlarning har qaysisi uning 



sodir etilganligi faktidan kelib chiqqan jinoiy-huquqiy oqibatning saqlanib qolishi

1



 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib  umumlashtirgan  holda,  bir  qancha  jinoyat 

sodir etishning quyidagi huquqiy belgilarini ko’rsatishimiz mumkin:  

 

-  bir  qancha  jinoyatlar  miqdor  ko’rsatkichlariga  ega,  ya’ni  shaxs  (yoki 



shaxslar) tomonidan ikkitadan kam bo’lmagan (undan ham ko’p bo’lishi mumkin) 

jinoyat  sodir  etilgan  bo’lishi  zarur.  Bu,  bir  tomondan,  bir  qancha  jinoyatlarni 

                                                             

1

 Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik (To’ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri) / R. Kabulov, A.A. 



Otajonov va boshq. – T.: O’zbekiston Respublikasi IVV Akademiyasi, 2012. – 184-b.  

12 

 

tashkil  qiluvchi  har  bir  jinoiy  qilmish  Jinoyat  kodeksining  14-moddasi  talablariga 



muvofiq yagona jinoyat deb tan olinishi zarurligini bildirsa va yagona jinoyatlarni 

bir  qancha  jinoyatlardan  farqlashga  xizmat  qilsa,  ikkinchi  tomondan,  ma’muriy 

yoki intizomiy huquqbuzarlik maqomiga ega bo’lgan qilmishlar bir qancha jinoyat 

sodir etish kabi baholanmasligini bildiradi; 

 

- bir qancha jinoyatlar sifat ko’rsatkichlariga ega, ya’ni bir qancha jinoyatlar 



tarkibiga  kiruvchi  har  bir  jinoyat  o’zining  jinoiy  -  huquqiy  ahamiyatini 

yo’qotmagan  bo’lishi  va  jinoiy-huquqiy  munosabatlarni  vujudga  keltirishga  qodir 

bo’lishi  zarur.  Аmaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  jinoyat  quyidagi  hollarda 

o’zining jinoiy-huquqiy ahamiyatini yo’qotishi mumkin: 

 

a) javobgarlikka tortish muddatining o’tib ketishi munosabati bilan; 



 

b) shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinganda; 

 

v) sudlanganlik holatining tugallanishi munosabati bilan; 



 

g) sudlanganlik holatining olib tashlanishi munosabati bilan; 

 

d)  jinoyat    ishini  qo’zg’atishga      to’sqinlik      qiluvchi      protsessual 



holatlarning  mavjudligi  tufayli  (masalan,  jabrlanuvchining  shikoyati  asosida 

qo’zg’atiladigan  jinoiy  ishlar  bo’yicha  shunday  shikoyatning  mavjud  bo’lmasligi, 

muayyan jinoyat  ishini to’xtatish bo’yicha chiqarilgan qaror  yoki ajrimning bekor 

qilinmaganligi kabilar); 

 

e)  66


1

-modda  -  yarashish  natijasida  (aybdorning  jabrlanuvchi  bilan 

yarashishi). 

 

-  bir  qancha  jinoyat  sodir  etishning  asosiy  huquqiy  belgilaridan  yana  biri 



shundan  iboratki,  bir  qancha  jinoyatlarni  tashkil  qiluvchi  ikki  yoki  undan  ortiq 

jinoyatning  har  biri  aynan  bir  shaxs  yoki  shaxslar  guruhi  tomonidan  sodir  etiladi. 

Boshqacha  qilib  aytganda,  bir  qancha  jinoyatlarni  tashkil  qiluvchi  jinoiy 

qilmishlarni bir-biriga bog’lab turuvchi  umumiy element sifatida, jinoyat subyekti 

tan olinadi; 

 

-  bir  qancha  jinoyatlarning  ayrim  turlarini  bir-biridan  farqlashga  yordam 



beruvchi  belgilardan  yana  biri  vaqt  hamdir.  Аmaldagi  jinoyat  qonuni  mazmuniga 

ko’ra  bir  qancha  jinoyatlar  turli  davrlarda  yoki  bir  vaqtda  ham  sodir  etilishi 



13 

 

mumkin.  Takroriy  jinoyatlar,  retsidiv  jinoyatlar  va  jinoyatlarning  real  jami 



bo’yicha  jinoyatlarning  turli  davrlarda  sodir  etilishi  talab  qilinsa,  jinoyatlarning 

ideal  jamini  bir  vaqtda  bir  qilmish  bilan  sodir  qilingan  ikki  yoki  undan  ortiq 

jinoyatlar tashkil qiladi; 

 

-  qonun  chiqaruvchi  bir  qancha  jinoyat  sodir    qilganlik      uchun  javobgarlik 



asoslarini belgilar ekan, jinoyat tushunchasini keng talqin qiladi va jinoyat deganda 

nafaqat tamom bo’lgan jinoyatlarni, balki jinoyatga tayyorgarlik ko’rish va jinoyat 

sodir  etishga  suiqasd  qilish  (JKning  25-moddasi)  hamda  ishtirokchilikda  sodir 

etilgan jinoyat (JKning 27-moddasi) larni ham nazarda tutadi; 

 

-  bir  qancha  jinoyat  sodir  etish  ijtimoiy  hodisa  sifatida  turli  shakllarda 



namoyon  bo’lishi  mumkin.  Davlatimizning  amaldagi  jinoyat  qonunida  bir  qancha 

jinoyat  sodir  etishning  uchta  shakli  nazarda  tutilgan.  Bular  takroran  jinoyat  sodir 

etish  (JKning  32-moddasi),  jinoyatlar  majmui  (JKning  33-moddasi)  va  retsidiv 

jinoyat  (JKning  34-moddasi)  lardir.  Bir  qancha  jinoyat  sodir  etishning  yuqorida 

sanab  o’tilgan  shakllari  jinoyat  qonuni  Maxsus  qismida  nazarda  tutilgan 

jinoyatlarning  turli  mezonlar asosida birikuvidan  hosil bo’lishi  mumkin. Masalan, 

takroran  sodir  etilgan  jinoyatlar  JK  Maxsus  qismining  aynan  bir  moddasida, 

qismida,  Kodeksda  alohida  ko’rsatilgan  hollarda  esa  turli  moddalarida  nazarda 

tutilgan ikki yoki bir qancha jinoyatlarning birikuvidan hosil bo’lishi mumkin. 

 

Endi  O’zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksi  bo’yicha  bir  qancha 



jinoyatlarning har bir shakliga alohida to’xtalsak.  

 

Jinoyat  kodeksining  32-moddasida  takroran  jinoyat  sodir  etish  tushunchasi 



berilgan  bo’lib,  unga  ko’ra  Jinoyat  kodeksi  Maxsus  qismining  aynan  bir 

moddasida, qismida, Kodeksda alohida ko’rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida 

nazarda  tutilgan  ikki  yoki  bir  qancha  jinoyatni  shaxs  turli  vaqtlarda  sodir  etgan, 

ammo  ularning  birortasi  uchun  ham  sudlangan  bo’lmasa,  takroran  jinoyat  sodir 

etish deb topiladi.  

 

Ushbu  normadan  kelib  chiqqan  holda  M.H.  Rustamboyev  takroran  jinoyat 



sodir qilishning quyidagi belgilarini keltirib o’tgan:   

14 

 

 



1) takroran jinoyat sodir etish bir necha jinoyat sodir etishning shakli bo‘lib, 

unga ko‘ra shaxs javobgarlikka tortiladigan aynan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan ikki 

yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir qiladi; 

 

2)  sodir  etilgan  qilmishlar  jinoyat  qonuni  maxsus  qismining  aynan  bir 



moddasida,  qismida,  kodeksda  alohida  ko‘rsatilgan  hollarda  esa  turli  moddalarida 

nazarda tutilgan qilmishlarni ham qamrab oladi; 

 

3)  sodir  etilgan  jinoiy  qilmishlarning  birortasi  uchun  ham  shaxs  sudlangan 



bo‘lmasligi; 

 

4)  jinoyat  takroran  sodir  etilgan  deb  hisobanishi  uchun  ular  turli  vaqtlarda 



sodir qilingan va mustaqil jinoyat tarkibini tashkil qilishi

1



 

M.  Usmonaliyev  takroran  jinoyat  sodir  qilishning  har  uchta  turi  uchun 

umumiy  belgilar  sifatida  quyidagilarni  ko’rsatib,  ulardan  birortasining 

yetishmasligi qilmishni takroran deb baholamaslikka olib kelishini qayd qilgan:  

 

a) turli vaqtlarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan ikki yoki 



bir necha jinoyat sodir etilganligi; 

 

b) jinoyatlarning, albatta, turli vaqtlarda sodir etilganligi; 



 

v)  javobgarlikka  tortiladigan  birinchi  jinoyat  bilan  keyingi  sodir  qilingan 

jinoyat  o’rtasida  JK  64-moddasida  nazarda  tutilgan  (jinoiy  javobgarlikka  tortish 

muddatlari) o’tib ketmagan bo’lishi; 

 

g)  shaxs  sodir  etilgan  jinoyatlarning  birortasi  uchun  ham  hali 



sudlanmagan  bo’lishi kerak

2



 

O’zbekiston Respublikasi JK Maxsus qismining bir qancha  moddalari  faqat 

bitta  qismdan  iborat  bo’lib,  shaxs  ana  shunday  jinoyatlarni  har  xil  vaqtda  sodir 

etib,  ulardan  birortasi  uchun  ham  sudlangan  bo’lmasa,  faqat  keyingi  sodir  qilgan 

jinoyati uchun takroran sodir qilgan deb javobgar qilinadi. Sud bunday jinoyatlarni 

sodir qilgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda O’zbekiston Respublikasi JKning 

56-moddasi  birinchi  qismi  “n”  bandiga  binoan    jazoni  og’irlashtiruvchi  holat 

                                                             

1

 Rustamboyev M.H. O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Umumiy qism. I tom. Jinoyat to’g’risida 



ta’limot // OTM uchun darslik. – T.: “ILM ZIYO”, 2010. – 241-b. 

2

 M.Usmonaliyev. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2005. 



– 324-b. 

15 

 

sifatida  jazo  tayinlaydi.  Masalan  aytaylik,  kuchli  ruhiy  hayajonlanish  holatida 



qasddan  badanga  o’rtacha  og’ir  yoki  og’ir  shikast  yetkazgan  shaxs  buning  uchun 

sudlanmasdan  turib  JKning  64-moddasida  nazarda  tutilgan  muddatlar  o’tmasdan 

yana xuddi shunday jinoyatni sodir qilsa, jinoyatlarning jami tariqasida emas, balki 

jinoyat  takroran  sodir  etilgan  deb  JKning  106-moddasining  o’zi  bilan  javobgar 

qilinadi.  Sud  jazo  tayinlash  vaqtida  JKning  56-moddasiga  binoan    jazoni 

og’irlashtiruvchi  holat  deb  hisoblaydi.  Аmmo  JKning  Maxsus  qismi  moddasining 

“takroran  qilinsa”  degan  yoki  undan  og’irroq  qismi  bilan  jazo  tayinlanayotgan 

bo’lsa,  JK  56-moddasi  birinchi  qism  “n”  bandi  qo’llanilmaydi.  Bunday  holda  bir 

qancha  jinoyat  sodir  etganlik  uchun  jazo  tayinlashning  qoidalari  ham 

qo’llanilmaydi.  

 

Jinoyat kodeksi 32-moddasi birinchi qismi mazmuniga e’tibor bersak, shaxs 



turli  vaqtlarda  Jinoyat    kodeksi  Maxsus  qismining  bitta  moddasi  yoki  bitta 

moddasining bitta qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan bo’lib, ulardan 

biri  oxiriga  yetkazilgan,  ikkinchisi  tayyorgarlik  ko’rish  yoki  suiqasd  qilish 

bosqichida to’xtatilgan aynan bir xil jinoyatlar sodir etilgan bo’lsa, takroran jinoyat 

sodir  etish  deb  topiladi.  Ammo  M.I.  Tkachenko,  V.P.Malkov,  Yu.А.Krasikov, 

А.Zelinskiy  va boshqalar bu  holatga zid  fikrlar bildirib, “shaxs bir  xil jinoyatlarni 

turli  vaqtlarda  sodir  qilib,  ulardan  biri  uchun  jinoyatga  tayyorgarlik  ko’rish  yoki 

suiqasd  qilganlik  uchun  yoxud  ishtirokchilikda  sodir  etishda  ayblanib, 

javobgarlikka  tortilgan  taqdirda  jinoyatlar  majmui  deb  hisoblash  kerak”,  -  deb 

yozganlar.  

 

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2006-yil  3-fevraldagi 



“Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida”gi qarorining 

49-bandida  ko’rsatilganki,  “shaxs  bir  necha  aynan  o’xshash  qilmishni  sodir  etgan 

bo’lib,  ulardan  ayrimlari  tugallangan  jinoyat,  boshqalari  esa  —  jinoyatga 

tayyorgarlik,  suiqasd  tariqasida  kvalifikatsiya  qilinganda  yoki  ayrimlari  mustaqil, 

boshqalari  esa  ishtirokchilikda  sodir  etilganda  jinoyatlar  majmui  bo’yicha  jazo 

tayinlash qoidalari qo’llaniladi”.  



16 

 

 



O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumi  qarorining  ushbu  tushuntirishi  

Jinoyat  kodeksining  32-moddasi  qoidalariga  ma’lum  ma’noda  to’g’ri  kelmasa-da, 

olimlarning  “bunday  holda  jinoyatlar  jami  tariqasida  jazo  tayinlanishi  kerak”, 

degan  fikrlari  ma’lum  darajada    adolatli  hisoblanadi.  Chunki,  tamom  bo’lgan 

jinoyat,  jinoyatga  tayyorgarlik  ko’rish,  jinoyat  sodir  etishga  suiqasd  qilish  va 

ishtirokchilikda  sodir  qilingan  jinoyatlarni  ijtimoiy  xavflilik  jihatidan  aynan  teng 

deb hisoblash noto’g’ri.  

 

Jinoyat  takroran  sodir  etilgan,  deb  kvalifikatsiya  qilinganida  har  doim 



og’irroq  jazo  turi  tayinlanadi.  Shaxs  jinoyatda  ishtirokchi  sifatida  topilib,  uning 

qilmishi  kvalifikatsiya  qilinganida,  javobgar  bajaruvchi  sifatida  qatnashmaydi. 

Demak, bunday hollarda qilmish takroran qilingan, deb kvalifikatsiya qilinib, jazo 

tayinlanganida,  muayyan  normaning  javobgarlikni  og’irlashtiruvchi  turi  sifatida 

qaralishi  lozim.  Qilmishni  takroran  sodir    qilingan  deb  kvalifikatsiya  qilish, 

jinoyatni  avtomatik  ravishda  og’ir  yoki  o’ta  og’ir  turiga  aylantirib  yuboradi. 

Natijada bunday hollarda shaxsga nisbatan javobgarlik yoki jazodan ozod qilish va 

qonunda  nazarda  tutilgan  boshqa  imtiyozlarni  qo’llash  mumkin  bo’lmay  qoladi. 

Bunday  holda  jinoyatlarni  jinoyatlar  majmui  deb  kvalifikatsiya  qilinganida  esa, 

jinoyatlarni  qisman  yoki  to’la  qo’shgan  taqdirda  ham  uni  tasnifiga  ta’sir  qiluvchi 

kvalifikatsiya qilish belgisi o’zgarmay qolaveradi. Bunday holda shaxsga nisbatan 

javobgarlikdan  yoki  jazodan  ozod  qilish  yoki  qonunda  nazarda  tutilgan 

imtiyozlarni qo’llash mumkin bo’ladi. 

 

Bitiruv  malakaviy  ishining  tadqiqot  doirasidan  kelib  chiqib,  retsidiv 



jinoyatga  to’xtalmasdan  bir  qancha  jinoyatlar  sodir  qilishning  shakli  sifatida 

jinoyatlar  majmui  (jami)ni  ko’rib  chiqishni  ma’qul  topdik.  Jinoyatlar  majmui 

tushunchasi  JK  ning  33-moddasida  bayon  qilingan  bo’lib,  unga  muvofiq  JK 

Maxsus  qismining  turli  moddalarida  yoki  bitta  moddasining  turli  qismlarida 

nazarda  tutilgan,  javobgarlikka  tortiladigan  ikki  yoki  bir  qancha  jinoiy  qilmishni 

sodir  etish,  agarda  ulardan  birortasi  uchun  ham  shaxs  sudlangan  bo’lmasa, 

jinoyatlar majmui deb topiladi.  


17 

 

 



Ushbu  ta’rifdan  kelib  chiqqan  holda  jinoyatlar  majmuining  quyidagi 

huquqiy belgilarini ajratish mumkin:  

 

1) jinoyatlar majmui bir qancha jinoyatlar sodir etishning shakli bo’lib, unga 



ko’ra  shaxs  javobgarlikka  tortiladigan  ikki  yoki  bir  necha  jinoiy  qilmishni  sodir 

etadi;  


 

2)  sodir  etilgan  qilmishlar  jinoyat  qonuni  Maxsus  qismining  turli 

moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan bo’ladi;  

 

3)  sodir  etilgan  jinoiy  qilmishlarning  birortasi  uchun  ham  shaxs  sudlangan 



bo’lmaydi.  

 

Shuni  aytish  kerakki,  qonun  chiqaruvchi  JK  33-moddasida  “jinoiy  qilmish” 



tushunchasini qo’llar ekan,  uni keng tushunadi  va bu tushunchaga  nafaqat tamom 

bo’lgan  jinoyatlarni,  balki  jinoyatga  tayyorgarlik  ko’rish  va  jinoyat  sodir  etishga 

suiqasd qilish (JK 25-modda) hamda ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat (JK 27-

modda)  larni  ham  kiritadi

1

.  Ushbu  qilmishlar  sodir  qilingan  paytda  qilmishning 



jinoyatlar  majmui  tariqasida  baholanishini  yuqorida  takroran  jinoyat  sodir  etish 

tushunchasiga to’xtalganimizda ko’rib chiqqan edik.  

 

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining   2008-yil 15-mayda qabul 



qilingan  “Bir  necha  jinoyat  sodir  etilganda  qilmishni  kvalifikatsiya  qilishga  doir 

masalalar  to’g’risida”  gi  qarorida  tushuntirish  berilishicha,  jinoyatlar  majmui 

deganda, shaxs tomonidan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli  moddalari yoki 

bitta  moddasi  turli  qismlarida  nazarda  tutilgan  ikki  yoki  undan  ortiq  jinoyat,  ular 

qasddan  yoxud  ehtiyotsizlik  oqibatida  qilinishidan  qat’i  nazar  sodir  etilishi 

tushunilishi lozim.  

 

Jinoyat  kodeksi  33-moddasining  ikkinchi  qismiga  ko’ra,  agar  shaxs  sodir 



etgan  qilmishda  JK  Maxsus  qismi  ayni  bir  moddasining  turli  qismlarida  nazarda 

tutilgan  jinoyatlarning  alomatlari  mavjud  bo’lsa,  u  moddaning  og’irroq  jazo 

belgilangan  qismi  bo’yicha  javobgarlikka  tortiladi.  Bu  qoidada  faqat  bir  harakat 

bilan  kodeks  Maxsus    qismining  bitta  moddasida  nazarda  tutilgan,  ammo  o’sha 

moddaning    turli  qismlarida  kvalifikatsiya  qilish  mumkin  bo’lgan  belgilar  bor 

                                                             

1

 M.H.Jiyanov. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik // Farg’ona. 2002 yil. 68-bet. 



18 

 

qilmishlar  nazarda  tutilmoqda.


Download 426.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling