Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi. Reja
Download 30.03 Kb.
|
Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi
Fuqarolik prinsiрiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar respublika hududidan tashqarida jinoyat sodir etganda ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan javobgarlikka tortiladi. Buning uchun ular o‘sha davlat sudining hukmi bilan javobgarlikka tortilmagan bo‘lishlari lozim.
Jinoyat kodeksining 12-moddasi, 3-qismida jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi universallik prinsiрiga asoslanishini belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, chet el fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston hududida doimiy yashamaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etgan jinoyatlari uchun faqat xalqaro shartnomalar va bitimlarda nazarda tutilgan hollardagina O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar. Fuqarolik prinsiрi subyektiv tarkibning belgisi jinoyat qonunining qonunda ko‘rsatilgan shaxslar toifasiga, ya’ni respublika fuqarolari va respublika hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar nisbatan amal qilishini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi degan huquqiy maqomga ega bo‘lgan shaxslardir. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlarga pasport, pasport olingunga qadar tug‘ilganlik guvohnomasi kiradi. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston hududida yashovchi respublika fuqarosi hisoblanmagan va o‘zining boshqa davlat fuqarosi ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lmagan shaxslardir. Jinoyat kodeksining 12-moddasiga ko‘ra, boshqa davlat hududida jinoyat sodir etgan har qanday shaxslar emas, balki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar deganda, respublika hududida doimiy yashashga ruxsat berilgan shaxslar tushuniladi. Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish asosi sifatida kodeksga ko‘ra, nafaqat, jinoyatning boshqa davlat hududida sodir etilganligi ko‘rsatilgan. Bu holatda muayyan qilmishni jinoyat, deb hisoblash uchun quyidagi ikki shart talab qilinadi. 1) qilmish qaysi davlatda sodir etilgan bo‘lsa, shaxsning ana shu davlat qonuni bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilanganligi; 2) bu qilmishni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko‘ra jinoyat, deb kvalifikatsiya qilinishi. Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi universallik prinsiрi xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash zaruratidan kelib chiqqan bo‘lib, uning mazmuni shundan iboratki, har bir davlat uning hududida xalqaro bitimlarda ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan chet el fuqarolariga nisbatan o‘z jinoyat qonunini qo‘llash huquqiga egadir. Bundan tashqari boshqa davlatlar jinoyat qonunida jinoyat qonuni hudud bo‘yicha amal qilishining aniqlik prinsiрi ham mavjud. Bu prinsiрga ko‘ra, qilmish davlat yoki uning fuqarolari manfaatlariga zarar yetkazsa, har bir davlat o‘z hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan o‘z jinoyat qonunini tatbiq etadi. Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi chet el davlati hududida jinoyat sodir etgan bo‘lsa, xalqaro bitim va shartnomalarda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, uning ushlab berilishi mumkin emas. Agar xalqaro bitimlarda yoki shartnomalarda jinoyatchilarni ushlab berish nazarda tutilgan bo‘lsa va ularga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan, bu shartnoma Oliy Majlis tomonidan ratifikatsiya qilingan bo‘lsa, jinoyatchi ushlab berilishi mumkin. Bu xalqaro jinoyatchilarni ushlab berish prinsiрi, deyiladi. Bu prinsiрga muvofiq, jinoyat sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilgan davlatga yoki jinoyat qaratilgan davlatga yoxud qaysi davlatning fuqarosi bo‘lsa, o‘sha davlatga topshiriladi. Jinoyatchilarni ushlab berish (ekstraditsiya) ikki tomonlama (masalan, o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi) shartnomalar asosida tartibga solinadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.O’zbekiston respublikasining Jinoyat huquqi. Toshkent 2014-yil 2. O’zbekiston respublikasining Jinoyat kodeksi 3. O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi Download 30.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling