Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi. Reja


Download 30.03 Kb.
bet2/3
Sana15.11.2023
Hajmi30.03 Kb.
#1775840
1   2   3
Bog'liq
Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi

Yer yuzi chegarasi – xalqaro bitimlar bilan belgilangan davlat chegarasi. Yer yuzi chegarasiga suv bilan qoplanmagan hududlar shuningdek, orollar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi hududida sun’iy ravishda hosil qilingan hududlar ham, masalan, sun’iy orollar, suvda qurilgan uy, shuningdek, texnik qurilmalar, masalan, ko‘priklar, suv osti quvurlari ham yer yuzi chegarasi hisoblanadi. Anklavlar (boshqa davlat chegaralari bilan to‘rt tomondan o‘ralgan va dengizga chiqish mumkin bo‘lmagan hududlar), shuningdek, qattiq holdagi suv resurslari – muzliklar ham yer yuzi chegarasi sifatida e’tirof etiladi.
Suv chegarasi – davlat hududidagi suyuqlik holida mavjud bo‘lgan suvlar. Suv chegarasi ichki va hududiy suvlarga bo‘linadi. Yer osti suvlari va mineral suvlar suv chegarisiga kirmaydi.
Agar suv (ko‘llar, daryolar) bir necha davlat chegarasi doira­sida bo‘lsa, ko‘llar maxsus chegara belgilari bilan, daryolar suv oqimining o‘rta qismidan chegaralanadi. Masalan, O‘zbekiston bilan Afg‘oniston chegarasi Amudaryoning uzuniga suv o‘rtasi hisoblanadi. Ochiq dengiz va okeanlar hech bir davlatning hududi hisoblanmaydi. Dengiz va okeanlar bilan tutashgan davlatning suv chegarasi esa, xalqaro bitimlar bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunining amal qilish doirasi qaysi davlat hududida bo‘lishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respub­likasinig harbiy kemalari va samolyotlariga nisbatan ham amal qiladi. Jinoyat qonunining amal qilish doirasi ochiq dengizda suzayotgan harbiy bo‘lmagan kemalar va ular ustidagi havo havzalarida uchayotgan samolyotlarga nisbatan ham amal qiladi.
Havo havzasi deganda, quruqlik va suv ustidagi hudud tushuniladi.
Jinoyat kodeksining 11-moddasida belgilangan to‘rt holat, nafaqat, o‘zining mazmuni jihatidan obyektiv hisoblanadi, balki qonunda bu holat jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgilariga qarab belgilagan. Bu elementlar bevosita jinoyat obyektiv tomonini tashkil etadi. Boshqa belgilar jinoyatni sodir etilgan hududini aniqlashiga ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo sud va tergov organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.
Jinoyat kodeksining 11-moddasi jinoyat sodir etilgan hududni uning namoyon bo‘ladigan turli shakllariga nisbatan (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, suiqasd qilish, ishtirokchilikda jinoyatni sodir qilish) jinoyat tarkibiga doir qoidalarni aniqlash imkonini beradi.
Qonunga ko‘ra, jinoyat tarkibiga obyektiv tomondan faqat ijtimoiy xavfli bo‘lgan qilmishlargina kiritiladi, jinoyatning oqibati esa, bunga kiritilmaydi, chunki qilmishni yuridik baholash uchun ro‘y berishi mumkin bo‘lgan oqibat e’tiborga olinmaydi, muayyan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etilgan joy jinoyatning sodir etilgan joy hisoblanadi.
Jinoyat tarkibining obyektiv tomoniga ijtimoiy xavfli qilmish bilan bir qatorda jinoiy oqibatlar ham kiritiladi, qoidaga ko‘ra, muayyan ijtimoiy xavfli oqibat ro‘y bergan joy qilmish sodir etilgan joy, deb hisoblanadi. Bu qoida O‘zbekiston hududidan tashqarida boshlangan, lekin oqibati esa O‘zbekiston hududida ro‘y bergan qilmishlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Uzoqqa cho‘zilgan, davomli, murakkab tarkibli jinoyatlar sodir etilgan joyni aniqlash ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular bir necha davlat hududlarida bajarilgan hollarda paydo bo‘ladi. Jinoyat kodeksining 11-moddasi, 2-qismi, «g» bandiga muvofiq, agar O‘zbekiston hududida boshqa qilmishlar bilan qo‘shilib yoki muqobil ravishda yagona murakkab jinoyatni vujudga keltirgan harakatlarning faqat bir qismi bajarilgan, boshlangan, tugatilgan yoki to‘xtatilgan bo‘lsa, u holda jinoyat O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan, deb hisoblanishi lozim.
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarning joyini aniqlashda bajaruvchining jinoiy xatti-harakatni amalga oshirgan joyi inobatga olinishi kerak. Shu boisdan, agar tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududi­dan tashqarida amalga oshirgan, ayni paytda bajaruvchi muayyan jinoyat tartibini qisman yoki to‘la O‘zbekiston hududida bajargan bo‘lsa, u holda, bunday jinoyatni sodir etilgan joyi O‘zbekiston Respublikasi deb topilib, barcha jinoyat ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuniga binoan javobgarlikka tortilishi lozim. Тashkilotchi, dalolatchi, yordamchi o‘z vazifalarini O‘zbekiston hududida bajargan bo‘lsa-yu, lekin bajaruvchi jinoyatni mazkur hududdan tashqarida sodir etgan hollarda ham masala xuddi shunday hal qilinadi.
Jinoyat kodeksining 11-moddasi, 4-qismiga muvofiq, shuning­dek, «Chet el davlatlarining diрlomatik va konsullik vakolatxonalari to‘grisida»gi Nizomga ko‘ra, quyidagilar jinoyat yurisdiksiyasidan, ya’ni shaxsiy immunitetdan foydalanadilar va daxlsiz hisoblanadilar:
1) diрlomatik vakolatxonalar boshliqlari (elchi, ishonchli vakil);
2) maslahatchilar;
3) savdo vakillari va ularning o‘rinbosarlari;
4) harbiy-dengiz va harbiy havo attashelari;
5) sekretar-arxivariuslar;
6) ularning oila a’zolari va ular bilan birga yashovchilar.
O‘zbekiston Respublikasida jinoiy yurisdiksiyadan cheklangan darajada konsullik xizmatidagi mansabdor shaxslar, diрlomatik vakolarxonalar xodimlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning vakillari va mansabdor shaxslari, parlament va hukumat delegat­siyalarining a’zolari foydalanishadi.
Hududiy daxlsizlik huquqidan foydalanuvchi shaxslar doirasi manfaatdor taraflarning kelishuviga muvofiq kengaytirilishi mumkin. Hududiy daxlsizlik huquqi, shuningdek, diрlomatik vakolatxonalarning hududi, xizmat va turar joylariga ham taalluqli hisoblanadi. Ammo bu huquq diрlomatik vakillik funksiyalardan g‘arazli maqsadlarda foydalanish huquqini bermaydi.
Jinoyat kodeksining 12-moddasi jinoyat qonunida nazarda tutilgan fuqarolik prinsiрiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilinishi belgilangan.

Download 30.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling