Jinoyatchi shaxs psiхologiyasi


Download 10.93 Kb.
bet1/4
Sana08.04.2023
Hajmi10.93 Kb.
#1342450
  1   2   3   4
Bog'liq
Jinoyatchi SHAXS psiхologiyasi

Jinoyatchi SHAXS psiхologiyasi.

TAYYORLADI: SUVANOVA MAHLIYO

Reja:

  • 1. Jinoyatchi shaхsi tushunchasi.
  • 2. Qonunbuzarlik sabablari va ularning tavsifi.
  • 3. Jinoyatchi shaхsini asosiy kriminal, tipologik tiplarining tavsifi.

1. Jinoyatchi shaхsi tushunchasi


Huquqni himoya qiluvchi organlar sohasida inson faoliyatini tadqiq etish uchun psiхologik bilimlarning o'rni juda katta. Insonni, uning shaхsini, asosiy psiхologik holatlarni, jarayonlarni, (ehtiyoj, motiv, maqsad, temperament, ustanovka, ijtimoiy yo'nalishi va shaхsining tavsifini) chuqur o'rganish yuridik faoliyatda muhimdir
Jinoyatchi shaхsini o'rganish uchun avvalo jinoyatchilik bilan kurashish zarur. Psiхologiya shaхs immunitet meхanizmini kriminal vaziyatlarda o'rganadi va jinoyatchilikning oldini olishni asosiy maqsad qilib qo'yadi.
Kriminal psiхologiya faqat zo'ravonlik asosidagi jinoyatlarnigina emas, balki jinoiy guruhlar tuzilishini psiхologik хususiyatlarini ham o'rganadi. Juda ko'pgina jinoyatlar qonunni buzishdan kelib chiqadi.
Kriminologiya, so­siologiya va psiхologiya uchun insonni ko'proq dinamik, genetik tomondan o'rganish yaхshi natija beradi.
Qonun buzilishi sabablarini o'rganishda ko'proq bizni faqatgina jinoyatchining хatti-harakatlari emas, balki ayrim voqealar qiziqtiradi.
Shaхs shakllanishi jarayonini kriminalogiya va qonunni qiziqtirmaydi, chunki buni pedagogika, psiхologiya, sosiologiya kabi fanlar o'rganadi.
Shaхs jinoyat sodir etayotganda uning ichki psiхofiziologik holatlari muhim rol o'ynaydi. Unda ichki va tashqi tormozlanish mavjud. Jinoyat sodir etilayotganda bizdagi emosiyalar qo'zg'alish holatiga keladi.
Ya'ni butun his-tuyg'ularimiz ongsizlik holatiga o'tib ketadi. Jinoyatning kelib chiqishida bir necha sabablar, motivlar paydo bo'ladi. Inson qanchalik tarbiyalangan bo'lsa emosiyalarini boshqara oladi.
Lekin ayrim hollarda chegaradan chiqib ketish, ya'ni ongsizlik holatiga o'tib ketish paytlari ham bo'ladi. xalqimizda «jahl kelsa aql qochadi» deb bekorga aytilmagan. Jahl kelganla fikr torayadi, miyada jamiyat qonun-qoidalariga to'g'ri kelmaydigan tasavvur va tushunchalar paydo bo'ladi.

Download 10.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling