Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik huquqi Xolmirzayev Jamshid Fors ingliz guruh Annotatsiya


Download 18.14 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi18.14 Kb.
#1150526
  1   2   3
Bog'liq
Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik huquqi


Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik huquqi
Xolmirzayev Jamshid
Fors ingliz guruh
Annotatsiya
Maqola jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida davlatlar huquqni muhofaza qilish organlari va xalqaro tashkilotlarning xalqaro hamkorligi masalasini o'rganish va uni amalga oshirishning yo'nalishlari, darajalari va shakllarini tavsiflashga bag'ishlangan. Ushbu mazvuni tadqiq etishda jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha milliy va Yevropa olimlarining ilmiy tadqiqotlari natijalariga asoslanadi. Tadqiqotning metodologik asosini qiyosiy va statistik usullar kabi ilmiy bilishning umumiy va maxsus usullaridan foydalanildi.
Abstract
The topic of this article is the study, description, and levels of implementation of international cooperation between law enforcement agencies and international organizations in the fight against crime. The findings of national and European scientists' scientific research on the issues of international cooperation in the fight against crime serve as the foundation for the research on this topic. For the purpose of establishing the research's methodological foundation, general and specialized scientific knowledge, such as statistical and comparative methods, were utilized.
Key words: millatlar, fuqarolik huquqi, xalqaro tashkilotlar, jinoyatchilikka qarshi kurash.
Kirish
Zamonaviy jamiyat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy sohalardagi ijtimoiy munosabatlarga zarar etkazadigan xalqaro jinoyatchilikning namoyon bo'lishidan kata zarar ko`rib kelmoqda. Ulkan sa'y-harakatlarga qaramay, dunyoning istalgan davlati xalqaro jinoyatlarga mustaqil ravishda qarshi turishi mumkin lekin bu ba’zi holatlarda kerakli natijani bermasligi mumkin. Shu sababdan ham hukumatlar birgalikdagi sa'y-harakatlar va vakolatli Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda jahon hamjamiyatining global muammosini hal qilishi mumkin. Bu esa yaqin kelajakda xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik tamoyillarini shakllantirish tadqiqotning muhim yo'nalishi hisoblanishini anglatadi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, maqolaning maqsadi xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida davlatlar huquqni muhofaza qilish organlari va xalqaro tashkilotlarning xalqaro hamkorligi asoslarini belgilash, uni amalga oshirishning yo‘nalishlari, darajalari va shakllarini tavsiflashdan iborat etib belgilandi.

Download 18.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling