Jinoyatchilikka qarshi kurashish, ushbu illatning sodir etilishi sabablari va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni chuqur o'rganishni taqozo etadi, dedi R. Xatamov


Download 18.46 Kb.
Sana14.11.2023
Hajmi18.46 Kb.
#1773299
Bog'liq
maqola


Ta'kidlab o'tilganidek, jahonda kechayotgan o'zgarishlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoat xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini zamonaviy tendentsiyalar asosida tashkil etish, global tahdid va xatarlarga qarshi hamkorlikda kurashish, mazkur yo'nalishda ilg'or yondashuvlarni o'rganish va o'zaro tajriba almashinuvini kengaytirishni taqozo etmoqda. So'nggi yillarda mamlakatimiz ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida huquqbuzarlar profilaktikasining samarali mexanizmlari amaliyotga tatbiq etildi. Jinoyatchilikni jilovlashda hududlarning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda “Xavfsiz poytaxt”, “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz hudud”, “Xavfsiz xonadon”, “Jinoyatdan xoli mahalla” singari kontseptsiyalar yaratildi. Har bir mahallada profilaktika inspektori lavozimi joriy etilib, mahalla fuqarolar yig'ini raisining huquq-tartibot masalalari bo'yicha o'rinbosari vazifasini bajarish profilaktika inspektori zimmasiga yuklatildi.
endilikda jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish maqsadida mahalla huquq-tartibot maskanlarini tashkil etish, hududlarda “Smart mahalla” axborot dasturini ishga tushirish, “profilaktik-ogohlantiruvchi murojaat” hamda shaxslarni profilaktik hisobga olishning elektron tizimlarini joriy etish, “Xavfsiz ta'lim muassasasi” tamoyili asosida voyaga etmaganlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni manzilli amalga oshirish ko'zda tutilgan.
– Jinoyatchilikka qarshi kurashish, ushbu illatning sodir etilishi sabablari va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni chuqur o'rganishni taqozo etadi, – dedi R.Xatamov. – Ta'lim muassasamiz tomonidan mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, “ilmiy diagnoz” qo'yish asosida mavjud muammolarning echimini topish borasida samarali metodikalar yaratilmoqda. Tajribali professor-o'qituvchilarimizdan iborat ishchi guruhlari respublikamizning kriminogen vaziyati og'ir hududlari ahvolini tahliliy o'rgangan holda joylardagi ichki ishlar organlari xodimlariga amaliy yordam ko'rsatishmoqda. Hozirda ilmiy izlanuvchilar va tinglovchi-kursantlarimiz tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoiy jazolar ijrosini tashkil etish faoliyatidagi eng dolzarb masalalarga yo'naltirilgan. Dissertatsiya ishlarida huquqbuzarliklar profilaktikasini “mahallabay”, “oilabay”, “xonadonbay” va “fuqarobay” yondashuv asosida tashkil etish, ichki ishlar organlarining sektorlardagi ish faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish kabi dolzarb masalalar qamrab olinmoqda.
Ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilari “Belarus` Respublikasi qonunchiligida ma'muriy huquqbuzarliklarning oldini olish choralari”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasida voyaga etmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini monitoring qilishning muhim jihatlari”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari”, “Huquqbuzarliklarning oldini olishda ichki ishlar organlarining o'rni va asosiy vazifalari”, “Huquqbuzarliklarning oldini olishda sudlarning roli”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy muammolari” mavzuida ma'ruzalar tinglandi.
Shuningdek, sohaga doir qonunchilikni xalqaro tajribalar asosida yanada takomillashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatiga ilmiy yondashuvlarni keng tatbiq etish, oliy ta'lim muassasalari o'rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni kuchaytirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasiga raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni joriy etish, zamonaviy xatarlarga qarshi kurashish va yangi turdagi jinoyatlarni prognozlash yo'nalishlari bo'yicha o'qitishni yo'lga qo'yish, turdosh oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari hamda kursantlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

111Har bir mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, bu borada befarqlik, loqaydlik holatlariga barham berish, jamiyatda tinch va osoyishta hayotni taʼminlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.


Bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bugun, 6-noyabr kuni Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlashda “beshlik” tizimi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻquv-seminarida shular haqida soʻz bordi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi masʼullari, viloyat prokurori Mahmud Istamov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Mirjamol Miralimov, viloyat hokimining oʻrinbosarlari Mirali Hamroyev va Feruza Ibragimova, shahar-tumanlar hokimlarining tegishli oʻrinbosarlari, mahalla beshligi vakillari, huquqni muhofaza qilish organlari masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda soʻz olganlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining shu yil 30-mart kunidagi qoʻshma qarori bilan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda undan kelib chiqadigan vazifalar toʻgʻrisida maʼlumot berishdi.
Shuningdek, voyaga yetmagan va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida “Qoʻqon shahar tajribasi” asosida “mahalla beshligi” tizimi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida respublika ishchi guruhlari tomonidan hududlarda tashkil etilayotgan oʻquv-seminarlar xususida ham soʻz bordi.
Qolaversa, huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordamlar koʻrsatish tartiblari tushuntirildi.
Shundan soʻng kun tartibidagi masalalar boʻyicha maʼruzalar tinglandi.
Seminarda masʼullar tomonidan mahalladagi “beshlik”ning aholi, ayniqsa xotin-qizlar, yoshlar va voyaga yetmalar orasida jinoyatchikning oldini olish, “ijtimoiy profilaktika”ni amalga oshirish, “nizoli oilalar” bilan ishlash, ularning farzandlarini ijtimoiylashuvini taʼminlash, taʼlim muassasalari bilan hamkorligini tashkil etish masalalari boʻyicha maʼruzalar qilindi.
Shu kuni respublika ekspertlari guruhi ishtirokida seminar qatnashchilaridan test sinovlari olindi.
Ushbu seminardan kelib chiqqan holda noyabr oyi davomida viloyatning barcha shaharlari va tumanlarida mahalla beshligi ishtirokida hududiy seminar tashkil qilinishi rejalashtirilgan.
Download 18.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling