Jismlarning erkin
tushishi
Jismlarning erkin tushishi — Yerning
tortish kuchi maydonida jismlarning
nolga teng boshlangʻich tezlikda
harakatlanishi. J. e. t. tezligi v Yer
markazigacha boʻlgan masofaga va
muhit (havo,suv)ning qarshilik kuchiga
bogʻliq. Agar havoning qarshiligi hisobga
olinmasa, jism uncha baland boʻlmagan
joydan tushganda tezlik v=(2gh)^1/2 ga
teng boʻladi (bunda g — erkin tushish
tezlanishi; u oʻrtacha 9,81 m/s² ga teng; h
— jismlarning tushish balandligi; bu
balandlik boshlangʻich vaziyatdan
hisoblanadi). Barcha jismlar Yerning ayni
bir nuqtasida bir xil tezlanishda Yerga
tushadi. Amalda havo qarshiligi ham
hisobga olinadi. Yerning oʻz oʻqi atrofida
aylanishi tufayli J. e. t. tezlanishi
ekvatorda qutblardagidan kichik boʻladi.
[OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000
]
Do'stlaringiz bilan baham: |