Jismning bosib o’tgan yo’li


Download 211 Kb.
bet1/2
Sana09.01.2022
Hajmi211 Kb.
#261650
  1   2
Bog'liq
105 fizika


Fizika.
105..Jismning bosib o’tgan yo’li s ning t vaqtga bog’liqligi s=A+Bt+Ct2+Dt3 tenglama orqali berilgan, bunda C=0,14m/s2 ва D=0,01m/s3. 1) Harakat boshlangandan qancha vaqt o’tgandan keyin jismning tezlanishi 1m/s2 ga teng bo’ladi? 2) Shu vaqt oralig’ida jismning o’rtacha tezlanishi nimaga teng bo’ladi?

110. Ikki nuqta bir joydan bir xil yo’nalishda tekis tezlanuvchan harakat qila boshladi, bunda ikkinchi nuqta o’z harakatini birinchisidan 2 s keyin boshladi. Birinchi nuqta boshlang’ich tezlik va a1=2 m/s2 tezlanish bilan, ikkinchisi esa boshlang’ich tezlik va a2=1 m/s2 tezlanish bilan harakat boshlagan bo’lsa, qancha vaqtdan keyin va boshlang’ich joydan qancha masofada ikkinchi nuqta birinchisiga yetib oladi?

121. Tramvay joyidan qo’zg’algandan keyin a=0,5m/s2 o’zgarmas tezlanish bilan harakatlanadi. Harakat boshlangandan t=12 s o’tgach tramvayning motori o’chiriladi va tramvay to’xtash joyigacha tekis sekinlanuvchan harakatlanadi. Butun yo’l bo’yicha ishqalanish koeffitsiyenti k=0,01 ga teng. 1) Tramvayning eng katta tezligi, 2) tramvay to’xtaguncha o’tgan vaqt, 3) tekis sekinlanuvchan harakatda tramvayning manfiy tezlanishi, 4) tramvay to’xtaguncha bosib o’tgan yo’li topilsin

137. Agar velosiped g’ildiragi qoplamasi va asfalt orasidagi sirpanish ishqalanish koeffitsiyenti f=0.3 bo’lsa, velosipedchi R=50 m radiusli aylanishdan o’tishda qanday eng katta vmax tezlikka erishishi mumkin? Aylanish bo’ylab harakatlanganda velosipedning tiklikdan og’ish burchagi φ qanday bo’ladi?

149. Ikkita m1=2kg va m2=3kg massali noqayishqoq sharlar mos ravishda ϑ1=8m/s va ϑ2=4m/s tezliklar bilan harakatlanishmoqda. Quyidagi ikki hol uchun ularning urilishi natijasida sharlar ichki energiyasining ortishi ΔU aniqlansin: 1) kichik shar kattasini quvib yetadi; 2) sharlar bir-biriga tomon harakat qiladilar.

152. Relsda turgan P1=10 t og’irlikdagi platformaga P2=5 t og’irlikdagi to’p o’rnatilgan bo’lib undan rels bo’ylab o’q otiladi. Snaryadning og’irligi P3=980 kG , uning to’pga nisbatan boshlang’ich tezligi . Agar platforma 1) qo’zg’almay turgan, 2) o’q otilgan tomonga tezlik bilan harakat qilayotgan, 3) o’q otilishiga qarama – qarshi tomonga tezlik bilan harakat qilayotgan bo’lsa, snaryad otilgan paytdagi platformaning ϑx tezligi topilsin.

204. Sig’imi V=5 l bo’lgan idishda modda miqdori ν=0,2 mol bo’lgan bir jinsli gaz bor. Agar gazning zichligi ρ=1,12 kg/m3 bo’lsa, u qanday gaz ekanligi aniqlansin.

216. V Normal sharoitda xavo to‘ldirilgan idishga dietil efiri () yuborilgan. Xamma efir bug‘lanib ketgandan keyin, idishdagi bosim 1050 mm sim.ust. ga teng bo‘lib qolgan. Idishga qanday miqdorda efir yuborilgan? Idishning xajmi V=2 l.

229. Sig’imi V=100 sm3 bo’lgan kolbada T=300 K haroratda muayyan gaz saqlanmoqda. Agar sirqib chiqish natijasida kolbadan 1020 ta molekula chiqsa, kolbadagi gaz bosimi p qanchaga pasayadi?


Download 211 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling