Jismoniy madaniyat fakulteti sport faoliyati kurash yo’nalishi 931-22-guruh talabasi daminov berdiyorning tayyorgarlik turlari bo'yicha o'rgatish metodikasi fanidan tayyorlagan


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
Sana24.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1056317
Bog'liq
Ikki-yengidan-ushlab-yelkadan-oshirib-tashlash.



Qabul qildi: 
Jumadurdiyev B.


Ikki yengidan
ushlab yelkadan
oshirib tashlash.


Kurashchi raqib yaktagining qulay
joyidan ushlab, raqibni
muvozanatdan chiqarib, raqibni
yelkadan oshirib tashlaydigan
barcha usullar “Yelka” deb
nomlanadi.
Yelka usullari



Raqib oldinga engashgan yoki hujumchiga suyangan
paytida bu usulni bajarish qulay (20-rasm).

DH – kurashchilarning olishuvni boshlash holati. 
Ushlashlar chap yoki o‘ng yoqasi va yengidan.

1- chap oyoq bilan oldinga intilib tovonni ichkariga
qo‘yib, og‘irlikni o‘ngga o‘tkazib o‘ng oyoqni
bo‘shatish.

2-3-4- chap oyoqda aylanib, raqibni siltab oldinga
tortib, og‘irlik tayanchini uning chap oyog‘i uchiga
o‘tkazishga majbur qilish, shu harakatga hamohang
raqib ostiga tizzalarini yarim bukkan holda kirib va
uni qo‘l bilan oldinga, yuqoriga itarish.

5-6- itarishni davom ettirib, raqibni yelkaga ko‘tarib
olish va hujumdagi oyoqni to‘g‘ri qilib raqibni yelkasi
bilan gilamga uloqtirish.




Raqib oldinga enkaygan yoki kurashchiga qarab
harakatlangan paytda bu usulni bajarish qulaydir (21-rasm).

DH – kurashchining olishuvni boshlash holati. Ushlashlar
chap yoki o‘ng yeng va yoqa qaytarmasidan.

1- chap oyoq bilan raqibga yarim qadam yaqinlashish va
tovonini ichkariga burish.

2-3- raqibni siltab oldinga tortib, muvozanatini chap oyog‘i
uchiga keltirish, bir paytning o‘zida chap oyoqda aylanib, 
raqib gavdasi ostiga bir oz o‘tirish.

4- raqibni oldinga tortishni davom ettirib, gavda ostida
cho‘nqayish.

5-6- oldinga egilgan holda va qo‘llar bilan raqibni yoniga
va ostiga burab, uni yelkasi bilan gilamga uloqtirish.




Raqib tik turib ikki qo‘lini oldinga cho‘zgan paytda bu
usulni bajarish qulay (22-rasm).

DH – raqibning olishuvini boshlash holati. Ushlashlar
raqibning chap yoki o‘ng yenglaridan.

1- raqib tomonga o‘ng oyoq bilan bir qadam qo‘yish.

2-3-4- o‘ng oyoq ustidan o‘ng tomonga buralib, 
o‘ng qo‘lini siltab

yuqoriga - oldinga ko‘tarib, raqib gavdasi ostiga
tizzalari bukilgan holda tos bilan kirib yaqinlashib
kelish.

5-6- qo‘llar bilan oldinga - yuqoriga tortishni davom
ettirib, gavda bilan oldinga enkayib, tizzalar
birdaniga to‘g‘rilanib, tos bilan gilamga uloqtiriladi.




Raqib bir qo‘lini oldinga cho‘zgan paytda bu usulni
bajarish qulay (23-rasm).

DH – raqibning olishuvni boshlash holati. Ushlashlar
raqibning chap yoki o‘ng yengi va yoqa qaytarmasidan
teskari tartibda.

1- chap oyoq bilan raqib tomonga yarim qadam
yaqinlashib, oyoq yuzini tashqariga burish.

2- o‘ng qo‘l bilan raqibning chap yengidan ushlab, chap 
oyoqdan burilib va o‘ng oyog‘i bilan raqibning ikki oyog‘i
o‘rtasiga tos bilan kirish.

3-4- qo‘l bilan raqibni oldinga - yuqoriga torta turib chap 
oyoqni uning o‘ng oyog‘i oldiga qo‘yish va raqib gavdasi
ostiga tizzalarini bukib, bir oz pasayish.

5-6- qo‘l bilan raqibni tortishni davom ettirib, gavda bilan
burulib va tos bilan raqib gavdasini urib yuborib, uni
yelkasi bilan gilamga uloqtirish.


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling