Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi predmeti


II Bob Jismoniy tarbiya metodlari


Download 122.5 Kb.
bet5/7
Sana23.01.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1111602
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jismoniy tarbiya mashg\'ulotlarida qo\'llaniladigan jismoniy tarbiya metodlariyyy

II Bob Jismoniy tarbiya metodlari
2.1 Mamlakatimiz mashg'ulotlarida qo'llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari
Jismoniy madaniyat aniq bir tizimga tayansagina, oldindan ko`zlangan natijaga erishiladi. Jismoniy madaniyat tizimi deganda, jismoniy madaniyatning prinsiplari, vositalari, metodlari va uni tashqillash shakllarining shunday umumiyligi tushuniladiki, u jamiyat a`zosini har tomonlama garmonik rivojlantirishning maqsad va vazifalariga mos bulsin (A.D. Novikov 1967).
Vatanimiz mudofaasi masalasi ham jamiyatimizda yulga qo`yilgan jismoniy madaniyat jarayoniga qator talablar kuyadiki, 6u talablarni amalga oshirish natijasida jismoniy madaniyat tizimiiing ob`ektiv xususiyatlari namoyon bo`ladi. Mamlakatimiz xalklarining har tomnlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganigi Vatan mudofaasiga tayyorligining ko`rsatkichi bo`lib xizmat qilish lozim.5
Shunday qilib, O`zbekistonda jismoniy madaniyatning maqsadi. O`zbekiston xalkini jismoniy kamolotga erishgan, huquqiy davlat ning aktiv kuruvchilari, ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyor qilib madaniyatlashdir. Bu maqsad mamlakatda jismoniy madaniyatni amalga oshirayetgan barcha tashqilot va muassasalar uchun umumiydir.
Maqsadning umumiyligi jismoniy madaniyat tizimining asosiy qonuniyatlaridan biridir. Kursatilgan maqsad va sharoitlarga javoban uni amalga oshirishda shug`ullanuvchilarning yoshi, sogligi, jismoniy tayyorgarligi, shug`ullaniladigan kasbi xisobiga olinadi va jismoniy madaniyatda konkret vazifalar xal qilinadi. Jismoniy madaniyat tizimiga umumiy vazifalar qo`yilgan bo`lib, ular quyidagilardan iborat:
a) odam organizmi forma funksiyasi garmonik rivojlantirish. jismoniy qobiliyatni har tomonlama kamolga yetkazish, soglikni mustaxkamlash va xalkning uzoq umr ko`rinishini ta`minlashga yunalish berish;
b) hayotiy zaruriy harakat malakalarini va kunikmalarini, kundalik turmushda kerak bo`ladigan jismoniy madaniyatga molik maxsus bilimlarni shakllantirish;
v) har tomonlama jisman rivojlantirish uchun jismoniy sifatlarni madaniyatlash;
Inson jismoniy madaniyatsi maqsad va vazifasi uning boshqa madaniyat jarayonlari bilan bog`liqligi shundagina muvofiq deb tushuniladiki, bu muvofiqlik ob`ektiv xarakterda bo`ladi va jismoniy madaniyat jarayoniga qonuniy yunalish beradi. Jismoniy madaniyat jarayonida madaniyatning boshqa soxalaridagidek maqsadga yunaltirilgan faoliyat rejalashtirilgan natijaga har doim ham to`g`ri kela olmasligi amaliyotda isbotlangan. Jismoniy madaniyatda madaniyat natijasini yosh sportchi yoki jismoniy madaniyatchi trenirov kasidagi rejalashtirilgan jismoniy mashqlar uning organizmiga qanday ta`sir qilayetganligini xisobga olishni takazo qiladi:
qisqa yunalishdagi sport trenirovkalarining natijasiga e`tibor ber sak, shuni ko`ramizki, yuqori natijalarga erishish ma`lum davr ichida bo`lib, oddingilari unutilsa, trenirovka mashg`ulotlari keyinchalik o`zini oklamaydi. Bu esa har tomonlama garmonik rivojlanishga xalal beradi va sport yutuk larini yo`qka chiqaradi.
Shuning uchun pedagog va trener oldida uzoqni ko`rish talabi kundalang bo`ladi. Bu vazifani xal qilish esa ukimishli, o`z ishini biladigan, sevadigan mutaxassislar tayyorlash talabini kuyadi. Bu mutaxassislar esa mamlakatdagi jismoniy madaniyat tizimida amalga oshishi lozim bo`lgan maqsadni va vazifalarni ijobiy xal qilishga kodir, yosh avlodni bola lik chogidan jismonan sog`lom, ma`naviyatini uygun qilib madaniyatlashni o`zining iloxiy burchlari deb bilishlari kerak bo`ladi. Navkiron, o`zligimizni endigina e`tirof etayotgan mamlakatimiz turli toifasidagi davlat va nodavlat sport jamiyatlari, jismoniy madaniyat xavasmandlari uyushmalari tashabbusi bilan yagona jismoniy madaniyat tizimini to`zishga e`tiborni kuchaytirib u o`zida kuydagi asosiy xususiyatlarni: ma`naviy barkamollik, xalkchilik va ilmiylikni mujassamlashtiradi.
Sharq mutafakkirlari ma`naviy barkamol, komil inson masalasiga azal-azaldan alohida e`tibor berganlar. Komillik fazilat lardan ulugi tanning, inson jismining barkamolligidadir deyilgan. Insonni matonati, diyonati, riyozati, kanoati, ilm, sabr, intizom, mikiyo si, nafs, vijdon, xakkoniyat, nazariy ibrat, iffat, xayo, idrok, zakovat, iktisod, itoat, xakshunoslik, xayrixoxlik, munislik, sadokat, adolat, muxab bat, oliy ximmatlik, avf, vatanni sevish kabi ijobiy xislatlar (A.Avloniy. "Turki guliston yoxud axloq" Toshkent "o`qituvchi"1992 .13.bet) ga faqat sog`lom jism, tani-sixatlilik orqali erishiladi deb qaralgan.
Mamlakatimiz jismoniy madaniyat tizimini xalkchilligi degan da biz milliy uyinlar tarzida xalk ommasi orasida keng tarqalgan jismoniy mashqlar. milliy sport turlari, ommaviy sport, olimpiadalar dasturidan urin olga "katta sport" bilan ko`p milatli respublikamiz xalklarini shug`ullanish imkoniyati borligi tushuniladi.
Ilmiyligini shunda ko`rish mumkin ediki, jismoniy mada niyat soxasi bo`yicha ilmiy tekshirish ishlarining keng tarqalganligi va uni amaliyot bilan boglab olib borilayetganligi, jismoniy madaniyat naza riyasi va amaliyoti ilmiy fanlari xisoblangan pedagogika, psixologiya , anatomiya, fiziologiya, biomexanika, sport metrologiyasi, sport tibbiyoti, davolash jismoniy madaniyatsining va boshqalarga tayanganligi, ularning ilmiy yutuklari xalkimiz hayotiy extiyojini kondirishga yunaltirilganligidadir.
Jismoniy madaniyat tizimi bir-biri bilan o`zviy bog`liq bo`lgan zvenolarga bo`linib, hozirgi kunda ham madaniyat jarayonining turli dasturlarining bajarilishi shu zvenolarda amalga oshirilmoqda:
a) maktabgacha ta`lim(davlat va nodavlat maktabgacha madaniyat bolalar muassasalari) zvenosi;
6) maktab yoshidagilar jismoniy madaniyatsi (umumiy o`rta ta`lim I-IX sinflar) zvenosi;
v) o`rta maxsus, kasb-xunar ta`limi(akademik litseylar, kasb-xunar kolledjlari) zvenosi;
g) oliy ta`lim zvenosi;
d) armiya zvenosi;
e) oliy ta`lim va armiyadan so`ngi xavasmandlik asosidash jismoniy madaniyat zvenosi;
Jismoniy madaniyat tizimi o`zida kuidagi asosiy elementlarni birlashtiradi:
a) jismoniy madaniyatning maqsadi, vazifalari va prinsiplarinnig maqsadga muvofiqligi;
b) jismoniy madaniyat tizimida qo`llaniladigan vositalar - gimnastika, uyinlar, sport, turizm va boshqalar tipidagi jismoniy mashqlar;
Shu narsa e`tiborga moliki, rivojlangan mamlakatlarda jismoniy madaniyat soxasining turlicha tizimlaridan foydalanish chegaralab qo`yilmagan.
Tarixga nazar tashlaganimizda jamiyatda sinflarning paydo bo`lishi bilanoq, usha jamiyatda jismoniy madaniyat tizimi sinfiy xarakteriga ega bo`la boshlagan edi.6
Quldorlik davrida jismoniy madaniyat tizimi kuldorlarning maqsadi uchun xizmat qildi. Quldor o`z farzandi bakuvvat, chidamli, chaqqon bo`lishi va qo`llarni quriqlashi, ularning qurqinchda ushlashi uchun kulida qurol ishlata olishi (qadimgi Yunon "etti ko`rashi" mashqlarini puxta egallashi)ga harakat qilar edi. Jismoniy madaniyat tizimi ekspluatatsiya qiluvchilar foydasi uchun xizmat qildi.
O`rta asrlargi kelib esa, jismoniy madaniyat tizim harbiy maqsadni xal qilishga yunalish oldi. Feodal, katta yer egasi, savdogar o`z mulkini ximoya qilish uchun jismoniy rivojlanganligi, tayyorgarligi yuqori bo`lgan jamiyat a`zolariga muxtojligini bayon qildi. Ular moddiy ne`matlar yaratishdek muhitdan ajratilib, faqat jismoniy sifatlari (kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik)ni rivojlantirish, madaniyatlash bilan cheklandilar. Jamiyatda alohida tabaqa, kasb egasa (sokchi, jangchi) shakllandi. Ogir va ko`pol ritsarlarning qurollari ulardan katta jismoniy tayyorgarlik va ot bilan muomala qilishni talab qilar edi. Shuning uchun ular mashg`ulotlarda ot o`rniga hozir bizda gimnastika mashg`ulotlarida ishlatiladigan "ot" dan foydalanar edilar. Feodallarning jismoniy madaniyat tizimi shunga yunaltirilga edi.
Kapitalizmga kelib, burjuaziya ko`prok odamlarni jismonan madaniyatlashni, ishchini mehnatga va vatan mudofaasiga (soldatlikka) tayyorlay boshladi. Madaniyatga siyosiy tus berildi. Qolaversa ko`p soatlab konveyer, stanoklar orqasida ishlashga moslaydigan mashqlar tizimidan foydalanildi.
XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida jismoniy madaniyat jarayoning tizimini shakllangan davri boshlandi. Notekis rivojlangan kapitalizm milliy rivojlanishda ham jonlanishni vujudga keltirib, qator mamlakatlarda jismoniy madaniyat tizimi, vositalari va uning uslu biyatini yaratishdek vazifalarni xal qilish keraqligi masalasini o`rta ga tashladi.
Chet el mamlakatlarida jismoniy madaniyat tizimi shakllandi. Germaniyada Fite va Guts-Mutsaning "Milliy nemis jismoniy tar biya tizimi``` o`z vazifasiga ko`ra jismoniy madaniyatdan ko`ra sog`lomlashtirishni o`z izmiga olar edi. XIX asrning boshlariga kelib pruslarning talabi asosida dexkon va xunarmandlardan yunkerlar tayyorlash Guts-Mutsaning "Gimnastika dlya yunoshestvo" deb nomlangan asarida: " ... endi jamiyat a`zosining sog`lom taiasi davlat uchun xizmat kilsin, bu ayniqsa, tankchilar uchun taalukli..." - deb tuzatish kiritilib, amaliyotga tatbik etildi.
Fridrix Yang va Guts-Mutsa nemis "TURNEN" gimnastikasining asoschilari bo`lib, soldatlarni tayyorlashning jismoniy madaniyatsi tizimini ishlab chiqdilar. Ular ommaviy gimnastika chiqishlariga, gimnastika anjomlari, jixozlari bilan mashqlanishga asosiy e`tiborni qaratdilar. Kattaning bo`yrugiga mutlak itoat, kat`iyat, prodali mus taxkamlash nemis raxnamolariing ideali bo`lib, bu jismoniy madaniyatning mavjud tizimiga ham singdirilgan edi.
Tizim tarkibidagi madaniyat uslublari va vositalarini apik turkumlarga ajratishga urinishini maktab yoshidagilar jismoniy madaniyatsi uchun keyinchalik Shpiss boshlab berdi. Chexiya: XIX asrning ikkinchi yarmida chexlar "sokol gimnastikasi" deb nomlangan madaniyat uslubiyati va vositalarini ishlab chiqadilar. U nemis milliy "TURNEN" tizimi bilan tashqi belgilariga ko`ra bir-biri bilan uxshash bo`lsa-da, o`zining ibtidoiy milliy negiziga ega edi. Bunga sabab Chexiya ustidan xukmron xisoblangan Avstriya imperiyasi o`zining siyosiy va xujalik krizisni boshdan kechirayotgan bo`lib, chexlarga ayrim konstitutsion huquq berilishiga olib keldi. Bu narsa chexlar hayotida keng milliy ozodlik harakati uchun turtki bo`ldi. Shu asnoda xilma-xil chex birlashmalari, jamiyatlari vujudga keldiki, bu 1862 yili chex gimnas tikasi jamiyatining paydo bo`lishiga olib keldi. Uning asoschisi Miroslav Tirsh bo`ldi. U yozuvchi, tanqidchi, san`atkor edi.
U, birinchidan, gimnastikani jismoniy madaniyat uchungina emas, aqliy, axloqiy, milliy vatanparvarlik xissini madaniyatlash uchun foydalanishini, ikkinchidan, gimnastika mashg`ulotlariga erkaqlarnigina emas, ayollarni ham jalb etishni targ`ibot qildi.
Tirsh o`zi bilgan barcha mashqlarni tupladi, snaryadlar va snaryadsiz bajariladigan yangi mashqlarni uylab topdi. Ular uzoq bajaririladigan juda mayda elementlarni o`z ichiga oladigan jismoniy mashqlar bo`lib, barchaga teng, asta-sekinlik bilan, majbur bajartirilishi lozim edi. Uning fikricha, bunday tartibda bajarilgan mashqlar shug`ullanuvchilar da xotira, intizom va tirishkoklikni madaniyatlar emish. U sokol tashqilot lari uchun yagona gimnastik terminalogiyani ishlab chiqdi, mashg`ulotlarni guruxlarda utkazilishini yulga kuydi. "Sokol gimnastikasi" milliy-siyosiy xarakterdagi gimnastika sanaladi.
Shvetsiya: XIX asrning birinchi un yillarida "Shved gimnastikasi" yoki "Ling metod//` degan nom bilan yangi yunalishda jismoniy madaniyat tizimini vujudga keltirdi . Jismoniy mashqni shvedlar asosan madaniyat va sog`lomlashtirish uchun kerak deb qarar edilar. Uning asoschilari G.G. Ling va uning ugli Yalmar Ling edi. Ular nemislar gimnastikasini tanqid qilib, odamda juda ko`p tana harakatlarini ko`paytirmaslik, sog lom odamlarni jismoniy rivojlantirish va bemorlarni tuzatishga yunaltirilishi kerak deb xisoblaganlar. Bu tizimni tanqidiy urgangan P.F. Lesgaft Ling metodida kuruk, bir-biri bilan bog`lanmagan shakllar mavjudligini aytib, anatomiya va fiziologiya bilimlari hozircha yetarli emasligini, katan pedagogikaga rioya qilinmasin, burjuaziya ideologiyasining ifodalanishiga olib kelishini, "yuraqsiz" muskul bo`lishi uchun ko`rashadi, degan fikrni bildiradi.



Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling