Jismoniy madaniyat nazariyasining ilmiy tadqiqot uslublari


Eksperiment ilmiy tadqiqot metodi


Download 40 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi40 Kb.
#217560
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy funksiyalari

3.Eksperiment ilmiy tadqiqot metodi.
Ilmiy tekshirishning bu metodi tekshiruvchining o`zi tomonidan uyushtirilgan bo`lib, uning o`zini aktiv aralashuvi orqali olib boriladi. Bu metodda tekshiralayotgan jarayon maxsus sharoitda yoki yana qaytadan takrorlash uchun imkoniyat yaratiladi, tadqiqot uslubining qulay yoki qimmatli tomoni ham ana shundadir.

Jismoniy madaniyat jarayonida olib borilayotgan tajribani maxsus sharoitni xisobga olmay yoki sun`iy qaytadan usha sharoitni yaratishda tekshirilishi kerak bo`lgan masalaga oid bo`lmagan ochiq muammolar ham yuza ga kelishi mumkin. Bu uslubning salbiy tomonidir. Tajribani ob`ektiv utkazish amaliyotda tabiiy, modulli va laboratoriya eksperimentlari deb nomlangan xillarridan foydalaniladi.

Tabiiy eksperiment hayotiy sharoitda olib boriladi. Undan taj-riba ishtirokchilari butunlay bexabar (samaraligi shunda ham) bo`lishi mumkin. Masalan, bir maktabning ikki sinfda jismoniy madaniyat dars uslublar bilan olib borilib, natijani taqqoslash orqali qaysi samaradorligini aniqlashga erishiladi. Moduli eksperiment metodidan ko`zatuvchi hayotda uchraydigan oddiy sharoitdan bir oz o`zgargan muhitda tajriba utkazadi. Masalan, muskul kuchini ustirishda sportga yangi kelganlarda ish olib borildi, deylik. Ular xaftada uch marta, gurux-guruxlarga bo`linib, birinchi guru xi yotib shtangada mashq qilish, ikkinchi guruxi o`z tanasi ogirligidan foydalanish, uchinchi guruxi faqat gantel kutarish bilan ma`lum muddat mashq qiladi. Har qaysi guruxning moduli alohida (shtanga, gavdasi ogir ligi, gantel) mashqlar faqat yelka kamar muskullarining kuchini orti rishga yunaltirilgan. Belgilangan muddatdan so`ng natijalar taqqoslanib samara bergan modul va uning mashqlari, uslubiyati e`lon qilinadi.

Laboratoriya eksperimentida shug`ullanuvchilar amaliyotda kam uchraydigan sharoitda tajriba utkaziladi. Masalan, jismoniy tayyorgarligi teng ikki gurux olinib, ulardan birining mashg`uloti laboratoriya da, ikkinchisiniki esa oddiy tabiiy sharoitda olib boriladi. Bu tajriba ning qulayligi tajribaning laboratoriya sharoitida yangitdan takrorlay olish mumkin ekanligidadir. Tajriba utkazuvchining tajribada ishtiroki ob`ektiv bo`lmagan xulosalarga olib kelishi mumkin.




Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling