Jismoniy madaniyat va sport tarixi fanini o’rganish davrlari:
I. Qadimgi dunyoda jismoniy madaniyat (mil.av. VIII mingyillikdan - milodiy. IV asrgacha)
II. O’rta asrlar davrida jismoniy madaniyat (V - XVII asrlar)
III. Yangai davrda jismoniy madaniyat va sport (XVIII – XIX asr oxiri)
IV. Eng yangi davrda jismoniy madaniyat va sport (XX asrning boshlari – hozirgi kungacha).
Jismoniy madaniyat va sport tarixi fanini o’rganish manbalari:
- qadimgi jismoniy madaniyatga oid arxeologik va etnografik manbalar;
- jismoniy madaniyat va sportga doir arxiv materiallari, ilmiy kitoblar va boshqa yozma manbalar;
- jismoniy madaniyat va sportga oid tasviriy san’at asarlari, badiiy kitoblar, kino, foto, fonomateriallar;
- turli xalqlar jismoniy madaniyatining rivojlanishi to’g’risidagi amaliy ma’lumotlar (sport yutuqlari, sport rekordlari);
- jismoniy madaniyat va sportga doir hukumat qonunlari, qaror va farmonlari, maxsus rasmiy hujjatlari.
Ashyoviy va yozma yodgorliklar, xalq doston va eposlari, jismoniy madaniyatning taraqqiy etish amaliyotlari ham jismoniy madaniyat tarixini o’rganish manbalari bo’lib xizmat qiladi.
Jismoniy madaniyat tarixining muhim vazifasi jahon xalqlari jismoniy tarbiyasining xususiyatlarini o’rganish va uning rivojlanish yo’llarini aniqlashdir.
Ijtimoiy fanlardan biri hisoblangan jismoniy madaniyat tarixi fanining eng muhim vazifasi – bo’lajak jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarini yuksak g’oyaviylik, vatanga sadoqat, milliy iftixor va insonparvarlik ruhida tarbiyalashdir.
Jismoniy madaniyat va sport tarixi farmining o'qitishdan maqsad - talabalarning jismoniy madaniyat va sportning turli tarixiy davrlarda rivojlnish qonuniyatlari, tizimlari to'g'risidagi nazariy bilimlarni shakllartirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga jismoniy madaniyat va sport tarixini ilmiy - nazariy jihatdan tahlil qilish, jismoniy madaniyat va sport sohasida erishilgan yutuqlarni, O'zbekistonda jismoniy madaniyat va sport tarixini, usullari va vositalarini, shakllarini hamda eng ilg'or tajribalarda foydalanishni o'rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |