Jismoniy madaniyat


Gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy


Download 0.57 Mb.
bet2/6
Sana22.02.2020
Hajmi0.57 Mb.
1   2   3   4   5   6

3. Gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy

sifatlarni rivojlantirish muammolari
Gandbol o’yinida harakat faoliyati turli vaziyatlarga mos bo’lgan o’zgaruvchan asosida amalga oshiriladi. Keskin qarama-karshiliklar bilan bog’liq bo’lgan ushbu vaziyatlarda yuqori natijaga erishish gandbolchilardan shakllangan tezkorlik-kuch, chaqqonlik, chidamkorlik sifatlari bilan bir qatorda turg’un aniq harakat qobiliyatini namoyish etish talab etiladi.

Qator tadqiqotchi olimlar (F.A. Abduraxmanov, V.L. Lemesh-kov, A.N. Livitskiy, SH.K. Pavlov, A.I. YArotskiy, 1992) malakali gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy nagruzkalarga moslashuv, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, o’quv-trenirovka mashg’ulot-larini tashkil qilish, funksional va texnik-taktik tayyorgarlik jarayonlarini boshqarish hamda bu jarayonni ilmiy qirralarini batafsil ochib bergan.

Sport o’yinlarida texnik malakalarni aniq, tez va samarali ijro etish, taktik kombinatsiyalarni vaziyatga mos mo’ljallangan maqsad sari amalga oshirish har bir sport o’yini turining o’ziga xos xususiyatiga mos jismoniy sifatlar bilan chambarchas bog’liqligi ilmiy asoslab berilgan (L.R. Ayrapetyans, M.A. Godik, 1991). Mazkur mualliflar ayrim sport o’yinlari (futbol, voleybol, gandbol) xususiyatiga mos jismoniy sifatlarni rivojlantirishga mo’ljallangan ko’pgina mashqlar majmualarini alohida-alohida guruhlashtirib qo’llashni tavsiya etishgan. Jumladan, 1-guruh mashqlari o’yin qoidalari doirasida ijro etiladi. 2-guruh – o’yin qoidalari doirasidan tashqari vaziyatda, 3-guruh mashqlari yakuniy zarba yoki to’p otish (gandbol, basketbol) bilan tugamaydi (shug’ullanuvchilar faqat bir-biriga to’p uzatishadi). 4-guruh – har bir shug’ullanuvchi yakka holda o’z mahoratini shakllantiruvchi mashqlarni bajaradi.

V.I. Izaak (1974) e’tiborni jalb qiluvchi ilmiy g’oyani ilgari surgan. Uning fikriga ko’ra, gandbolchi tomonidan trenirovka va musobaqa davomida ijro etiladigan harakat malakalari o’z mohiyati va tuzilishi (strukturasi) jihatidan bir-biridan talaygina farq qilar ekan. Demak, muvofiq malakalar trenirovka va musobaqa davomida turlicha jismoniy sifat asosida ijro etiladi, ya’ni trenirovkada ijro etiladi gan sifat va malaka musobaqa davomida ijro etiladigan sifat va malakadan anchagina farq qiladi. Ushbu tadqiqotchining ma’lumotlariga qaraganda, bir o’yin davomida gandbolchi o’rtacha 4945 m masofani bosib o’tar ekan. SHu jumladan 1225 m qisqa masofalarga, 3720 m uzoq oraliqlarga yugurish to’g’ri keladi. Har bir hujum harakatida 4-10 m, himoya harakatida 2-4 m dan masofa bosiladi. Maydonda harkatlanish tezligi va masofa gandbolchilarning o’yin funksiyalariga bog’liqligi ayon bo’ldi. Bir o’yin mobaynida 44,8 marta hujum qilinsa, bir bora hujumga o’rtacha 27,8 s vaqt ketar ekan, 385 tadan 545 tagacha to’p uzatish 18 dan 22 holatgacha to’pni urib yugurish va 28 tadan 36 tagacha darvozaga to’p yo’llanar ekan. Qizig’i shundaki, o’yinchilarning malakasi qancha yuqori bo’lsa, ular shuncha to’p bilan yugurish harakatini kam bajarar ekanlar. Bu o’yinchilarning bir-biriga tez va aniq to’p uzatish bilan harakat qilishlari evaziga amalga oshirilishi oshkor bo’ldi. YUqorida qayd etilgan malakalarning soni, texnik qiymati, shiddati va aniqligi maxsus jismoniy sifatlarning qanchalik shakllanganligi va ixtisoslashganligiga bog’liqligi isbot qilindi.

L.F. Morarenko (1975) o’z tadqiqotlariga asoslangan holda gandbolchilarning taktik harakati va ijro etiladigan taktik kombinatsiyalarning samaradorligi ko’p jihatdan jismoniy sifatlarga, ayniqsa tezkorlik o’yin vaziyatini tez payqay olish va munosib reaksiya asosida tez va aniq harakat qilish kabi sifat va hislatlarni yuqori darajada rivojlangan bo’lishini talab qiladi deb hisoblaydi.

I.A. Latыshkevich, N.I. Xomutov (1978)lar gandbolchilar jismoniy tayyorgarligini baholashda jismoniy sifatlarni ko’p tomonlama ifoda etuvchi kompleks mohiyatga ega me’yoriy test mashklaridan foydalanish kerakligini ta’kidlaganlar.

V.I. Izaak, T.E. Nabiyev (2005) lar gandbolchilarning musobaqa faoliyatini atroflicha talqin etib, musobaqa samaradorligini oshirish uchun ixtisoslashgan jismoniy sifatlarni aloxida shakllantirish zaruriyatini e’tirof etganlar. V.V. Toropov, I.YU. Kolenkova, V.E. yefremova (2005)lar ham musobaqa davomida .kori natijaga erishish imkoniyati ko’p jihatdan jismoniy va psixik hislatlarga bog’liq ekanligiga e’tibor qaratishgan.

YUqorida qayd etilgan ilmiy ma’lumotlar tadqiqotlar tahlili shuni isbotlamoqdaki, yukori malakali gandbolchilarni tayyorgarlashda umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni dastlabki o’rganish bosqichidan boshlab shakllantira borish muhim ahamiyat kasb etar ekan. Ko’p yillik tayyorgarlik jarayonida jismoniy sifatlarni rivojlantira borgan sari tanlangan sport turi xususiyatiga moslashtirilishi (ixtisoslashtirilishi) va uning spetsifik talablariga javob berishi zarur. Ana shundagina muayyan sport turida texnik-taktik mahoratni shakllantirish va yukori sport natijasiga erishish imkoniyati ortib boradi.

SHu bilan bir qatorda adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, gandbol yo’nalishida va xususan gandbolga dastlabki o’rgatish bosqichida maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish nazariyasi va uslubiyatini ilmiy asoslab beruvchi tadqiqotlar hajmi va doirasi juda chegaralangan ekanligi ma’lum bo’ldi.
4. Gandbolchilarda sakrovchanlik sifatini

pedagogik tajriba yordamida ustirish samaradorligi
Gandbolda darvozaga sakrab to’p kiritish usuli o’yin davomida ustuvor sanalgan va samarali natija keltiruvchi eng unumli malaka bo’lib hisoblanadi. Sakrovchanlik sifati qancha yuqori rivojlangan bo’lsa, shuncha to’p kiritish imkoniyati ortadi.

A.A. Danilov (1974) tomonidan o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, yosh gandbolchilarda darvozaga to’p kiritish texnikasi, harakat koordinatsiyasi va taktik fikrlash kabi qobiliyatlar ixtisoslashtirilgan jismoniy sifatlar bilan birgalikda shakllantirilishi yaxshi natija berishi mumkin ekan. Darhaqitat, darvozaga sakrab to’p kiritishda shu sakrash koordinatsiyasi to’p kiritish texnikasiga ixtisoslashgan bo’lsa, natija samarasiz bo’lishi mumkin. SHuning uchun sakrovchanlik va tezkorlik sifatlarini gandbolga xos xususiyatga moslashtirib rivojlantirish nafaqat sport mahoratini takomillashtirish guruhlarida katta rol o’ynaydi, balki bunday ixtisoslashtirilgan sifatlarni dastlabki o’rgatish bosqichidanoq boshlab shakllantira borish muhim ahamiyat kashf etadi.

YUqorida qayd etilgan nazariy g’oyalar va uslubiy mulohazalar mazkur yakuniy malakaviy ish mavzusini tanlashga va shu yo’nalish bo’yicha yosh gandbolchilar ishtirokida pedagogik tajriba o’tkazishga da’vat etdi.

Olib borilgan tadqikot natijalari shuni ko’rsatdiki, 10-11 yoshli gandbolchi bolalardan iborat nazorat va tajriba guruhlarida sakrovchanlik sifatiga oid ko’rsatkichlar pedagogik tadqiqotdan avval deyarli bir xil darajada ekanligi kuzatildi (3-jadval). Jumladan, joydan turib vertikal sakrash nazorat guruhidagi bolalarda o’rtacha 33,4±2,2 sm ni tashkil etgan bo’lsa, tajriba guruhida ushbu ko’rsatkich 32,4±2,6 sm ga teng bo’ldi.


3-jadval
10-11 yoshli gandbolchilardan iborat nazorat (N) va tajriba (T) guruhlarida sakrovchanlik sifatini 6 oylik pedagogik tadqiqot davomida rivojlanishi.

N – n = 10 T – n = 10


Me’yoriy mashq

Tajribadan oldin

Tajribadan so’ng

N

T

N

T

Joydan turib vertikal sakrash (sm)

33,4±2,2

32,8±2,6

35,2±2,3

32,3±3,2

Joydan turib uzunlikka sakrash (sm)

170,4±3,3

171,0±3,6

176,2±3,2

181,2±2,8

Joydan turib uzunlikka sakrash sifati nazorat guruhida 170,4±3,3 sm, tajriba guruhida 171,0±3,6 sm ga teng ekanligi kuzatildi. E’tiborga loyiq joyi shundaki, V.YA. Ignateva, I.V. Petracheva, A.E. Gusak va A.P. Subbotin (1983)lar tomonidan gandbol bo’yicha ishlab chiqilgan BO’SM dasturida shu yoshdagi bolalarda joydan turib uzunlikka sakrash ko’rsatkichi o’rtacha 175 sm ga teng deb me’yoriy mezon sifatida qabul qilingan. Aniqrog’i, 10 yoshli bolalardi – 170 sm, 11 yoshli bolalard esa 180 sm deb belgilangan. Afsuski, ushbu mualliflar tomonidan joydan turib yoki chopib kelib vertikal sakrash sifatlari me’yor sifatida taqdim etilmagan.

10-11 yoshli voleybolchi bolalarda joydan turib vertikal sakrash 40-42 sm miqdorida me’yor qilib olingan. Joydan turib uzunlikka sakrash esa 180-186 sm qilib belgilangan (YU.D. Jeleznyak, 1977).

R.S. Nasimov (1987) shu yoshdagi bolalar sakrovchanligini o’rganib, bu sifatni 39,3-46,5 sm ga teng ekanligini kuzatgan. Ko’rinib turibdiki, turli mualliflar ushbu sifatlarning rivojlanganlik darajasini turlicha baholanganlar.

Basketbolda, misol uchun, vertikal sakrash darajasi 10-11 yoshli bolalarda 30 sm deb belgilangan (BO’SM dasturi, T.A. Zeldovich, S.A. Keraminas, 1967).

Fikrimizcha, mazkur sifatlarni shu yoshdagi bolalarda har xil darajada belgilanganligi tadqiqotchilarning tekshiruvga turlicha yondoshishi, tekshiruv shartlarini bir xilda emasligi yoki turli mintaqada yashovchi bolalarning jismoni tayyorgarligi turlicha bo’lganligi bilan bog’liqdir. Vaholanki, gandbol, voleybol, basketbol kabi sport o’yinlarida sakrovchanlik sifatlari birdek muhim ahamiyatga egadir.

Bizning tadqiqotimizda qo’llanilgan test mashqlari har bir bolada 3 martadan qabul qilinib, eng yaxshi natija tanlab olingan edi.

6 oylik pedagogik tadqiqot natijasida tajriba guruhida olingan ko’rsatkichlar nazorat guruhidagi bolalar qursatkichlariga nisbatan talaygina farq qildi. CHunonchi, agar nazorat guruhida tajriba boshlanishidan avval joydan turib vertikal sakrash 33,4 sm ga teng bo’lgan bo’lsa, tadqiqot muddati tugaganidan so’ng bu ko’rsatkich 35,2 sm ga ortdi (farq 1,8 sm). joydan turib uzunlikka sakrash shu guruhda tadqikotdan oldin 170,4 sm, tadqiqotdan so’ng 176,2 sm ga teng bo’ldi (farq 5,8 sm).

Pedagogik tadqiqot davomida sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan estafetali – o’yin mashqlari bilan shug’ullangan tajriba guruhidagi bolalarda o’rganilayotgan ko’rsatkichlarning o’sish darajasi o’ta samarali rivojlanganligi kuzatildi. Jumladan, pedagogik tadqiqot boshlanishidan avval tajriba guruhida joydan turib vertikal sakrash 32,8 sm ga teng bo’lsa, tadqiqot so’nggida bu ko’rsatkich 39,3 sm (farq 6,5 sm)gacha o’sdi. Joydan turib uzunlikka sakrash – 170,4 sm dan 181,2 sm ga ortgani kuzatildi. Binobarin, pedagogik tadqiqot davomida qo’llanilgan maxsus estafetali – o’yin mashqlari sakrovchanlik va maxsus tezkorlik sifatlarini rivojlantirish borasida o’ta samarali ekanligini isbotlab berdi.

Alohida shuni ta’kidlash lozimki, tajriba guruhida shug’ullangan bolalarda nafaqat o’rganilayotgan maxsus jismoniy sifatlar tez sur’atlar bilan rivojlanganligi namoyon bo’ldi, balki bu bolalarda faollik va qiziqish alomatlari yaqqol ko’zga tashlandi, o’yin malakalarini o’zlashtirish jarayoni ancha yengil kechayotgani kuzatildi.


5. gandbolchilarda tezkorlik sifatini

pedagogik tajriba yordamida o’stirish samaradorligi
Zamonaviy gandbolda maxsus tezkorlik sifati o’ta muhim harakat qobiliyatlari tarkibiga mansub bo’lib, o’yin davomida yuz beradigan turli vaziyatlarda hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Har xil yo’nalishlarda to’psiz va to’p bilan raqib qarshiliklarini yengib, tez, aniq va maqsadga muvofiq harakat qilish o’yin yoki uning ayrim lahzalari taqdirini belgilab beradi. Ma’lumki, gandbolchilar sekin harakatlanganda ijro etiladigan o’yin malakasi texnikasi, koordinatsiyasi va aniqligi yuqori bo’ladi. Aksincha, tezkorlik darajasi ortgan sari sport mahoratining bunday ko’rsatkichlari o’z samaradorligini susaytira boshlaydi (V.N. Platonov, 1986; L.P. Matveyev, 1999; L.F. Morarenko, 1975; V.I. Izaak, 1974; A.A. Danilov, 1974 va b.). Bu borada V.I. Izaak (1974) tadqiqotlari kishi e’tiborini o’ziga tortadi (4-jadval). CHunonchi, jadvaldan ko’rinib turibdiki, har xil o’yin funksiyasini ijro etuvchi gandbolchilar raqib qarshiligi bo’lmagan holda o’z o’yin zonalaridan darvozaga ko’p marta to’p yo’llashlari mumkin ekan, lekin bu harakat malakalarining samaradorligi juda kam ekanligi kuzatilgan. Agar ushbu o’yin malakalari raqib qarshiligi ijro etilsa, to’pni darvozaga yo’llash hajmi ham, uni samaradorligi ham yanada susayib ketar ekan. Muallifning fikriga ko’ra, to’pni darvozaga aniq yo’llash texnikasi aynan gandbol o’yiniga xos tezkorlik asosida shakllantirilishi ustuvor ahamiyatga ega bo’lib, bunday mashqlarni


4-jadval

Gandbol mashg’ulotlarida to’pni darvozaga yo’llash malakalarining hajmi va sifati (V.I. Izaak bo’yicha, 1974)


To’pni yo’naltirish sharti



O’yinchilarni funksiyalari buyicha joylashishi

2-chiziqning markaziy o’yinchisi

2-chiziqning qanot o’yinchisi

1-chi chiziqning qanot o’yinchisi

1-chiziqning markaziy o’yinchisi

Raqib karshilisiz o’z joyidan






Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling