To‘pni ilish texnikasi. To‘pni ilish bir yoki ikki qo‘llab
bajarilishi mumkin. Ilish sakrab, turgan joyda, harakat davomida
baland, o‘rta yoki past balandlikda, yoki yerdan dumalab kelayotgan
yoki yerdan sapchigan to‘pga nisbatan bajariladi. To‘pni ikki qo‘l
bilan ilib, olish to‘pni egallashning eng oddiy va ishonchli usuli
hisoblanadi.
Joyda turib ikki qo‘l bilan ilish . Bu usulda to‘pni
ilishda tana turg‘un joylashgan, qo'llar tirsakdan 85 gradus atrofida
bukilgan holatda, nazar to‘pga qaratilgan holatda bo‘ladi.
Joyda turib ikki qo‘l bilan ilish
To‘pni ilishda avval qo'llar yoziladi va qo‘llami to‘p bilan
“uchrashish” vaqtida to‘p ushlanib, ko‘krak tomon yana qisman
bukiladi. Bunday holat to‘pni uchish tezligi yo‘nalishi va
traektoriyasiga qarab turlicha o‘zgarishi mumkin. Muhimi oyoqlar
tana va qo‘llami “amartizasion” harakatlanishi lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |