Qarama-qarshi harakatlar va to‘p egallash usullari texnikasi
bunday harakatlarga quydagilar kiradi:
- yulib olish, urib chiqarish, ushlab olish;
- “yopish” va uzatilayotgan to‘pni turtib yuborish;
- o‘z shchitidan sapchigan to‘pni olib qo‘yish.
Tortib olish hujumchi kelayotgan raqib to‘pini nazorat qilishni
susaytirganda aksariyat qo‘llaniladi. Bunda himoyachi hujumchi
raqibiga yaqin joylashadi va to‘pni urishi yo‘nalishini o‘zgartirishi
vaqtida yoki burilish aylanishi vaqtida to‘pni yulib olishi mumkin.
Lekin raqib qo‘lida turgan to‘pni tortib olish mumkin emas.
Urib chiqarish raqib hujumchi to‘pni ilayotgan vaqtida, to‘pni
urib yurishi (yugurishi) vaqtida yoki u to‘pni uzatish chog‘ida
qoilaniladi). To‘pni urib chiqarishi hujumchi
raqibning yon tomonlaridan ham amalga oshirilishi mumkin
To‘pni uzatish vaqtida uni yo‘nalishida kesib ushlab olish
himoyachining tezkor reaksiyasi va chaqqonligi bilan belgilanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |