To‘pni olib yurishda joyni o‘zgartirgan holda to‘p tashlashlar
To‘rtta o‘yinchi savat oldida joylashadi ulardan uchtasi orqa
chiziqda, to‘rtinchisi esa jarima chizig‘ida turadi. To‘p ushlab turgan
o‘yinchi jarima chizig‘ida turgan o‘yinchiga ikkala qo‘lda
ko‘krakdan to‘p uzatadi. To‘p uzatgan o‘yinchi to‘pni qabul qilib
olgan o‘yinchining oldiga yugurib chiqib, unga bosim o‘tkazishga
harakat qiladi. To‘pni qabul qilib olgan o‘yinchi aldamchi harakat
bajarib, to‘p tashlash uchun to‘pni savat tomonga olib yuradi. To‘pni
ko‘tarib olib, orqa chiziqqa navbatga turadi, himoyachi vazifasini
no bajargan o‘yinchi esa jarima chizig‘i yonida hujumchiga aylanadi.
Bu mashqni ma’lum bir vaqtda bajarish hamda ijro etish joylarini
o‘zgartirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |