Jismoniy shaxslar daromad solig'ini hisoblash,hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi
Download 17.9 Kb.
|
dokument microsoft word 4
Jismoniy shaxslar daromad solig'ini hisoblash,hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi. Asosiy ish joyidan olinadigan mehnat haqi to‘lovlari va boshqa to‘lovlardan jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish yil boshidan o‘sib boruvchi yakun bilan ularni hisoblab yozishning borishiga qarab soliq solinadigan jami daromad summasidan amalga oshiriladi. Fuqaro bir yil mobaynida asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyini o‘zgartirsa, u yangi ish joyidagi buxgalteriyaga dastlabki ish haqi olguniga qadar belgilangan shakl bo‘yicha joriy yilda to‘langan daromadlar hamda ushlab qolingan soliq summasi haqidagi ma‘lumotnomani taqdim etishi shart. Yangi ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish taqvim yili boshidan ilgarigi va yangi ish (xizmat, o‘qish) joyida olingan jami daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Avvalgi ish joyidan ma‘lumotnoma taqdim etilmagan yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan hollarda soliq solinadigan daromaddan eng yuqori stavka bo‘yicha soliq undiriladi. Ma‘lumotnoma keyinroq taqdim etilsa, u holda undirilgan umumbelgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilinadi. Avvalgi asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarining xodim tomonidan bajarilishi bilan bog‘liq mukofot va boshqa to‘lovlar unga ishdan bo‘shatilganidan so‘ng to‘langan bo‘lsa, mazkur mukofot va to‘lovlar umumbelgilangan tartibda ularni to‘lash chog‘ida jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqqa tortiladi. Bu fuqarolarga to‘langan daromadning hamda ushlab qolingan soliqning umumiy summasi haqida korxona, muassasa, tashkilot bir oy muddatda istiqomat joyidagi davlat soliq xizmati organiga ma‘lum qilishi shart. Asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan mehnat haqi to‘lovlari va boshqa to‘lovlardan jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish yil boshidan o‘sib boruvchi yakun bilan soliq solinadigan jami daromad summasidan ularni hisoblab yozishning borishiga qarab (agar bunday daromadlar to‘langan bo‘lsa), belgilangan stavkalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar asosiy bo‘lmagan ish joyidagi mehnat to‘lovi bo‘yicha daromad oluvchi jismoniy shaxs buxgalteriyaga eng yuqori stavka bo‘yicha daromadidan soliq ushlab qolinishi haqida ariza topshirsa, daromadlarni to‘lovchi yuridik shaxslar soliq to‘lovchining arizasiga ko‘ra soliqni ushlab qoladilar. Asosiy bo‘lmagan ish joyidan daromad olgan jismoniy shaxslar daromadidan olingan daromadlar, qilingan xarajatlar va ushlangan soliq summasi to‘g‘risidagi taqdim etilgan deklaratsiya ma‘lumotlari bo‘yicha soliq xizmati organi tomonidan daromad solig‘i yakuniy summasi hisoblab chiqariladi. Rezident jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida (shu jumladan asosiy ish joyidan) olgan daromadlaridan daromad solig‘i yakuniy summasini hisoblab chiqarish ham xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish va budjetga o‘tkazish uchun yuridik shaxs javobgardir. Soliq summasi ushlab qolinmaganda yuridik shaxs ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bog‘liq jarima va penyalarni budjetga to‘lashi shart.
Download 17.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling