Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar


Soliqni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi


Download 44.53 Kb.
bet8/16
Sana15.11.2023
Hajmi44.53 Kb.
#1776845
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
soliq

Soliqni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi.
Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin,dizel yonilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan Soliq, soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Soliq so’mmasini quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:
CC=QxS 
Bu yerda: CC- hisoblangan Soliq;
Q- jismoniy shaxslarga sotilayotgan benzin, dizel yonilg’isi yoki gazning natural
hajmi ;
S- Soliq stavkasi.
Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan Soliq so’mmasi chakana narxga qo’shimcha ravishda belgilanadi, sotib oluvchiga beriladigan chekda alohida katorda ko’rsatiladi hamda jismoniy shaxslardan realizasiya kilinayetgan benzin, dizel yonilg’isi va gaz uchun mablag’larni olish bilan bir vaqtda undiriladi.
Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan Soliqning joriy o’n kunlik to’lovlar hisobga olingan holdagi hisob-kitobi yonilg’i quyish shoxobchasi joylashgan yerdagi davlat Soliq xizmati organlariga:
· Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yilning har choragida, hisobot
davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yilik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
· Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan Soliq to’lovchilar
tomonidan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-*kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yilik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan Soliqni to’lash jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg’isi va gaz chakana realizasiya qilingan oyning un kunligi tugaganidan keyingi uchinchi kunidan kechiktirmay, yonilg’i kuyish shaxobchasi joylashgan yerda har un kunda amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i.
Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan Soliq davlat byudjeti daromad qismining asosiy manbalaridan biri bo’lib, u umumdavlat Soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o’ziga xos xususiyati shundaki, Soliq jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi.
Soliq kodeksining 167-moddasiga ko’ra Soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’lovchilar bo’lib hisoblanadi

Download 44.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling