Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish obyektidir
Download 19.78 Kb.
|
soliq
Soliq Kodeksiga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lovchilardir. Jismoniy shaxslarning–O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq Kodeksining 169–181, 183–196-moddalariga muvofiq soliq solinadi, bundan O’zbekiston Respublikasidagi ushb Kodeksning 182-moddasiga muvofiq soliq solinadigan doimiy muassasa bilan bog’liq bo’lmagan manbalardan olingan O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari mustasno. Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish obyektidir: O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari; O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari. Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, soliq Kodeksining 58-bobiga muvofiq qat’iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining soliq solish obyekti bo’lmaydi. Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, soliq Kodeksining 179 va 180-moddalariga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi. Agar soliq to’lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko’ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi. Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi. Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi: 1) mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar; 2) mulkiy daromadlar; 3) moddiy naf tarzidagi daromadlar; 4) boshqa daromadlar. Rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) yillik ish yakunlari bo’yicha mukofot, bir yo’la beriladigan mukofotlar; 2) yuridik shaxsning mukofotlash to’g’risidagi qoidasida nazarda tutilgan rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar; 3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar; 4) ta’tilga har yilgi qo’shimcha haqlar; 5) ko’p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to’lovlar; 6) ratsionalizatorlik taklifi uchun to’lov. Mehnatga haq to’lash tarzida daromadga kiritiladigan kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiyalar) jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo’lgan joylardagi ishlar bilan bog’liq qo’shimcha to’lovlar; 2) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir, zararli, o’ta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar; 3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamalar va qo’shimcha to’lovlar; 4) ko’p smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik va xizmat ko’rsatish doirasini kengaytirganlik uchun ustamalar; 5) doimiy ishi yo’lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) ko’chib yurish xususiyatiga ega bo’lgan xodimlarning, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ishlar vaxta usulida bajarilgan taqdirda, ish haqiga ustamalar; 6) yuridik shaxs joylashgan yerdan (yig’ilish punktidan) ishlash joyigacha va orqaga qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan ishlar vaxta usulida bajarilgan taqdirda yo’lga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport tashkilotlarining aybi bilan yo’lda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi, maosh miqdorida to’lanadigan summalar; 7) yer osti ishlarida doimiy band bo’lgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining me’yoriy vaqti uchun to’lanadigan qo’shimcha haqlar; 8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha dala ta’minoti; 9) xizmat safarlari vaqtidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha kundalik harajatlar uchun haq (sutkalik pullar); 10) ishlar vaxta usulida tashkil qilinganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganliklari munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun to’lovlar; 11) xizmat ishlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun to’lovlar; 12) mehnatda mayib bo’lganlik yoki sog’liqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bog’liq zararning o’rnini qoplash uchun soliq Kodeksi 171-moddasi ikkinchi qismining 9-bandida ko’rsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkalari. Quyidagilarning mulkida bo’lgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi: 1) «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi SHuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning. Mazkur imtiyoz tegishincha «O’zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to’g’risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo’yicha bo’limning ma’lumotnomasi asosida beriladi; 2) 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz urush nogironining tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo’yicha bo’limning yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga – Nogironning imtiyozlarga bo’lgan huquqi to’g’risidagi guvohnoma asosida beriladi; 3) o’n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning. Mazkur imtiyozni berish uchun fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asos bo’ladi; 4) Chernobilь AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolarning (shu jumladan u yerga vaqtincha yo’llangan yoki xizmat safariga yuborilgan shaxslarning). Mazkur imtiyoz tegishincha tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi, nogironning maxsus guvohnomasi, Chernobilь AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan, imtiyozlar berish uchun asos bo’ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi; 5) qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon o’lchami doirasida pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi; 6) I va II guruh nogironlarining. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi; 7) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yarador, kontuziya bo’lganlik yoki shikastlanganlik oqibatida yoxud frontda bo’lish tufayli orttirilgan kasallik oqibatida halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va boshqa turmush qurmagan rafiqalarining (erlarining); 8) muddatli xizmat harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolarining (xizmatni o’tash davrida). Ushbu moddada belgilangan imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk obyektiga taalluqli bo’ladi. Ushbu moddada nazarda tutilgan imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish obyektlariga nisbatan qo’llanilmaydi. Soliq solish obyektlari jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilgan yoxud ular yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda to’lanadi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq to’lovchining yashash joyidan qat’i nazar, soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga har yili 1 fevralgacha obyektning 1 yanvarga bo’lgan holatiga ko’ra inventarizatsiya qiymatini va uning mulkdorini ko’rsatgan holda ma’lumot taqdim etadi. Soliq Kodeksining 275-moddasida ko’rsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadilar. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-mulkning 1 yanvarga bo’lgan holatiga ko’ra inventarizatsiya qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bir nechta mulkdorning umumiy ulushli mulkida bo’lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mulkdorlarning har biri tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to’lanadi. Mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi kalendarь yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga o’tgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mulkiga solinadigan soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1 yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bo’lgan mulk huquqini yo’qotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to’lanadi. Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo’yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ular barpo etilgan yildan keyingi yil boshidan e’tiboran to’lanadi. Meros bo’yicha o’tgan mol-mulk uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq merosxo’rlarda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to’lanadi. Soliq solish obyekti yo’q qilingan, vayron bo’lgan, buzib tashlangan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni undirish mol-mulk yo’q qilingan, vayron bo’lgan yoki buzib tashlangan oydan e’tiboran to’xtatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan berilgan yo’q qilinganlik, vayron bo’lganlik, buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda, amalga oshiriladi. Kalendar yil mobaynida imtiyoz huquqi vujudga kelgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lash to’g’risidagi to’lov xabarnomasi soliq to’lovchilarga davlat soliq xizmati organi tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni soliq davri uchun to’lash teng ulushlarda bir yilda ikki marta amalga oshiriladi: hisobot yilining 15 iyuniga qadar; hisobot yilining 15 dekabriga qadar. Download 19.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling