Jismoniy tarbiya fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi


Download 49 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi49 Kb.
#1647412
Bog'liq
Steam 4-ch0rak

QO’SHKO’PIR TUMAN 3-SON MAKTAB jismoniy tarbiya metod birlashmasining o’qituvchilariga “Jismoniy tarbiya fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi” mavzusida metod birlashma rahbari A.TAJIMURATOV tomonidan 4-chorak uchun MA’LUMOTNOMA. Jismoniy madaniyat fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.


Jismoniy tarbiya - insonni jismoniy kamolotga erishishiga
yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy madaniyat jarayonida
aqliy, axloqiy, estetik tarbiya va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi ijtimoiy, tabiiy va pedagogik fanlar bilan
bog’liqdir.
Jismoniy madaniyat nazariyasining g‘oyaviy asosi shaxs haqidagi
falsafiy ta’limot hisoblanadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasining ilmiy-tabiiy asosi (anatomiya,
fiziologiya, gigiyena, bioximiya, biomexanika va boshqalar) fanlar
majmuasidan tarkib topgan. Tabiiy fanlar sohasida erishgan yangi
yutuqlar jismoniy tarbiya nazariyasi tomonidan jismoniy mashqlarni
o ‘rgatish usullari, vositalarini tanlashni asoslash, qo‘yilgan vazifalarni
hal etishning samarali yo‘llarini ishlab chiqishda foydalaniladi.
Biomexanika harakat texnikasini tadqiqot qila borib, uni bajarilishni
baholashga, xatoliklarni yo‘qotish y o ‘llarini belgilashga hamda harakat
malakalarini shakllantirishda eng yaxshi natijalarga erishishga yordam
beradi.
Bioximiya tomonidan jismoniy mashqlar bajarilish ta’sirida kishi
organizmida, jumladan, muskullarda bo‘ladigan ximiyaviy jarayonlami
o ‘rganish natijasida olgan ma’lumotlar ularni o ‘tkazish metodikasini
takomillashtirishga yordam beradi.
Tabiiy fanlar asosida erishilgan yangiliklar jismoniy tarbiya
nazariyasi jismoniy mashqlarga o‘rgatishning vosita va usullarini tanlash
uchun, mashg'ulotlarni o ‘tkazish metodikasini ishlab chiqishga
imkoniyat yaratadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi pedagogik bilimlar tizimiga kiradi.
Psixiologiya, pedagogika , sportning ayrim turlari (gimnastika, yyengil
atletika, sport o ‘yinlari, suzish va boshqalar) jismoniy tarbiya nazariyasi
va metodikasi bilan chambarchas bog‘langan, jismoniy mashqlarga
o ‘rgatish usullariga tayanadi.
Harakatga o 4rgatish masalalarini ishlab chiqishda jismoniy tarbiya
nazariyasi o‘rgatishning umumiy didaktik, prinsiplari va metodlariga,
aqliy, axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa tarbiya metodlariga tayanadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasining vujudga kelishi
Jismoniy madaniyat tarixi madaniyatning boshqa sahifalariga
nisbatan ilmiy tadqiqot jihatidan kechroq fan sifatida yuzaga keldi.
Uning rivojlanishi ma’lum vaqt maxsus bilimlar tizimini shakllantirish
bilan umuman bog’liq bo’lmagan, deb hisoblash mumkin emas. Albatta.
jismoniy madaniyat shakllanib borgan, lekin uzoq vaqt empirik
xaraktyerga ega bo’lgan.
Jismoniy harakat amaliyotida keng qo’llanishi bilan jismoniy
madaniyat jamiyat hayotida muhimroq hodisa bo’lib qolgan hamda
uning ilmiy tushunib olinishida talab kuchaygan. Shu bilan bir vaqtda
haqiqiy imkoniyatlar osha boshlagan.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya nazariyasining asoslari buyuk
olimlar va jamoat arboblari tomonidan ilgari surilgan.
Jismoniy tarbiya tizimining tuzilishi, uning ilmiy asoslari
avlodlarning jismoniy va har tomonlama garmonik rivojlanishi hamda
jismoniy ta’limning rivojlanishi uchun optimal sharoitlarni yaratishda
ko‘pgina ilmiy va amaliy yutuqlami o ‘zida ifodalaydi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasini umumlashtiruvchi
qonuniyatlar kengaytirilgan, monografik bayonga ega bo’ladi hamda
oliy jismoniy madaniyat ta’limining o‘quv fani sifatida shakllantiriladi.
Jismoniy madaniyat bilan bevosita bog’langan maxsus fan orasida
jismoniy tarbiya nazariyasi umumlashtiruvchilardan biridir. I.ekin u
jismoniy madaniyatning umumiy nazariyasini butunligicha bayon eta
olmaydi, chunki jismoniy madaniyat faqat jismoniy tarbiya shaklida
mavjud emas.
Jismoniy madaniyat sohasidagi yana bir umumlashtiruvchi ilmiy
bilim sifatida rivojlangan bo’limlardan biri ’’sport nazariyasi” dir. Uning
tezkorlik bilan rivojlanishida, ayniqsa, so‘nggi bir necha 10 yilliklar
davomida katalizator sifatida olimpiada va umuman xalqaro sportda

erishiladigan ulkan yutuqlar xizmat qilmoqda. U o ‘z holicha tabiiy


laboratoriya bo’lib, inson qobiliyatini aniqlash va maksimal
rivojlantirishning yangidan-yangi yo’llarini aniqlashning yirik tadqiqot
resurslarini jalb etadi. Bu albatta sport haqidagi ilmiy bilimlami
tezkorlik bilan to‘plashda o‘z ifodasini topdi Sport nazariyasi hozirgi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida
sport bo‘yicha professional mutaxassislarni tayyorlashdagi asosiy fan
sifatida shakllana boshladi. Shu bilan bir qatorda jismoniy madaniyatdan
foydalanishning ijtimoiy mehnatda muhim hamda an’anaviy jismoniy
tarbiya va sportga moslashtirilmaydigan komponent va shakllarining bir
qanchasi oxirgi vaqtda fandan foydalanish sohasidan chiqarib
tashlanganday bo’ladi.
A w alo gap insonni jismoniy madaniyatga mustaqil yaqinlashtirish
shakllari, ishlab chiqarishdagi jismoniy madaniyat, madaniyatning
sog’lomlashtiruvchi - tiklovchi va ayrim boshqa shakllari haqida boradi,
bulaming hammasi ahamiyatning bo‘sh vaqtini, dam olish va madaniy
faoliyatini ko‘proq tug'diradi. Ommaviy jismoniy amaliyotning bu
kengaytirilgan bo’limlari muhim ilmiy ta’minotni talab etadi.
Jismoniy madaniyat bog’liq bo’lgan hodisalarni o ‘rganuvchi ilmiy
fanlar ko‘p vaqt ichida differensiya yo’li bilan olib borilgan. Buning
natijasida jismoniy madaniyatning ayrim tomonlariga qisman tegishli
bo’lsa ham, ko‘pgina xususiy fanlar vujudga kela boshladi. Shularning
bir qismi amaliyotning jismoniy-sport bo’limida katta o ‘rin egallab,
ixtisoslashtirilgan kasbiy bilimlami o ‘z ichiga olgan. Boshqa qismi
maxsus tabiiy fanlarni o ‘z ichiga olgan (anatomiya, fiziologiya,
biologiya, biomexanika, tibbiyot, gigiyena, psixilogiya va h.k.) bo’lib,
ular jismoniy madaniyat sohasida vujudga kelmasdan, balki tarmoq
sifatida kengaytirilgan. Shu bilan bir vaqtda umumlashtiruvchi fanlar
shakllana boshlagan. Masalan: XX asr davomida jismoniy madaniyat
institutlarining birinchi o ‘quv rejalariga jismoniy madaniyat nazariyasi
va umumiy metodikasi kompleks fan sifatida kiritilgan. Lekin talab
etilgan aniq materiallarning to’liqmasligi va ayrim boshqa sabablar
fanning butun ilmiy ko‘rinishida shakllanishiga halaqit byergan. So‘nggi
10 villiklarda fanning turli sohalarida informatsiyaning tez o‘sishi bilan
Bog’liq ravishda ilmiy bilimlami integratsiyalash oqimi kuchayib boradi.
Gap shundaki, inson faoliyatining u yoki bu faoliyatiga qisman ta’sir
etadigan xususiy ilmiy ma’lumotlarning to‘planishi o‘z holicha ishning
mazmunini toMa tushunishga kafolat bermaydi hamda amaliyotni ilmiy
optimizatsiyalash uchun yetarii asos bo’lmaydi. Bundan tashqari,
umumiy nazariya mantiq jihatidan tartibli keltirilmagan xususiy
ma’lumotlar to‘plamini butunlay tushunishdan chetlashishi ham
mumkin. Shuning uchun ham, zamonaviy dunyo miqyosidagi ilmda
"informatsiya oqimi" xavfi ta’sirida tahlil qilish yo’li bilan
foydalanishga va umumiy nazariyalami ishlab chiqarishga e ’tibor
kuchayib, ular ko‘pgina xususiy ma’lumotlami integrallashga, haqiqiy
dunyoning bir butunligini ifodalovchi umumiy konsepsiyaga
birlashtirishga olib keladi. Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi
deb shartli ravishda keng ma’noli jismoniy madaniyat amaliyotida
nazariy ifodalovchi bo’limlarning barcha to‘plamiga aytiladi hamda u
yoki bu qonun-qoidalarni tushuntiradi, uni ratsional tarzda boshqarishga
xizmat qiladi.
Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling