Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan 1 – Maxsus kurs sirtqi Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun


Download 116.12 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi116.12 Kb.
#1052731
1   2   3   4   5
Bog'liq
Badantarbiya mashg‘ulotlarining bolalar organizmiga ta’siri

R itmik ertalabki badantarbiya mashqlari va uning turlari. Ritmik mashqlari sog’lomlashtirish yunalishidagi badantarbiya mashqlarining ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy mazmuni yugurish, sakrash, uyin ko’rinishlari hisoblanadi. Bularning hammasi sog’liqni oshirishga yordam beradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari bilan hamma turli xil yoshdagi bolalar shug’ullanishi mumkin. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlarida harakat chegaralanmagan bo’ladi, gavdaning hamma qismiga ta’sir qiladi, chaqqonlik, epchillik, egiluvchanlik, chidamlilik.
M usiqaviy ritm harakatlarni tashkillashtiradi, shug’ullanuvchilarning kayfiyatini ko’taradi. Xis - tuyg’ularning ijobiy xolati harakatlarni yanada g’ayrat bilan bajarishga undaydi, bu narsa ularning - organizmga ta’sirini kuchaytiradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari atletika yo’nalishga ega bo’lishi mumkin, agar harakatlarda chidamlilikka, plastiklikka, o’yin yoki aralash mashqlar ustun turadi. Mashqlar majmuida raqsiy daqiqalar ko’pchilikni tashkil etadi. Axir qizlar ayniqsa xis-xayajonlarga va raqslarga intilishadilar. Shuning uchun bu badantarbiyaning nomi ritmikdir. Badantarbiya mashg’ulotlar yig’indisi o’zining xos xususiyatga ega. Birinchidan, ularda aerobik xususiyatga eta bulgan mashqlardan (yugurish, sakrash) tashkari bo’g’inlarning cho’zilishi egiluvchanligi va harakatchanligiuchun kerak bo’lgan mashqlarishtirok etadi.
Raqslar uchun mo’ljallangan mashqlar juda kup. Ikkinchidan musiqaviy kuzatuv sifatida ko’pgina o’zbek kompozitorlarining musiqalari va dunyo rakslarn qo’llaniladi Harakatlarning go’zalligini shakllantirayotib, biz bir vaqtning o’zida insonning ruxiy olamiga ta’sir ko’rsatiladi. Ertalabki badantarbiyaning yosh avlod tarbiyasidagi ahamyatini bebaxoligini ko’ramiz. Ritmik badantarbiya bu insonlarning dam olishi va tarbiyasi uchun ijobiy vositadir.
Ritmik badantarbiyaning vazifalari quyidagilarga qaratilgan:
Ø sog’liqni har tomonlama saqlash va mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, chiniqtirish, organizmning tashki muhitni noqo’lay bo’lgan sharoitlariga chidamliligini oshirish;
Ø shaxsning ma’naviy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, o’z kuniga ishonchni tarbiyalash va ijodiy xususiyatlarini rivojlantirish;
Ø shug’ullanuvchilar tomonidan jismoniy mashqlarni mustaqil qo’llash uslubi va jismoniy tarbiya asoslari bo’yicha ma’lum doiradagi bilimlarga ega bo’lish;
Ø doimiy ravishdagi jismoniy mashqlar mashg’ulotlariga barqaror qiziqish va odatlarni tarbiyalash, jismoniy tarbiyani kun tartibiga kiritish.
Ritmik badantarbiyaning xususiy vazifalariga kuyidagilar kiradi:
ü egiluvchanlikning rivojlanishi, bo’g’inlarning harakatchanligining rivojlantirish;
ü dinamik va statistik kuchlarning rivojlantirish;
ü chidamlilikni tarbiyalash;
ü harakatlarning tezligini va muvofikligini rivojlantirish;
ü qon-tomirlari va nafas olish organlarni sistemasini rivojlantirish;
ü harakatlar plastikasining rivojlanishi, estetik tarbiya.
Ritmik badantarbiya guruxlarida shug’ullanuvchilarning yaxshi jismoniy rivojlanganligi. Sog’lig’ining xolati, birmuncha yuqori mehnatga yaroqlilik darajasi va jismoniy og’irliklarga moslasha olishligi bilan fark qiladi.
 
Mashqlarning mazmuni.Ritmik badantarbiyaning yig’indilari anatomik belgilari bilan turkumlanadigan umumiy rivojlanuvchi qo’l va yelka mashqlari, oyoqlar uchun mashqlar, gavda va bo’yin uchun mashqlarni o’z ichiga oladi. Ma’lumki, harakatlarning xususiyatlaridan, u yoki bu mashqlarning ta’siridan kelib chiqqan xolda xilma-hil jismoniy xususiyatlar rivojlanadi va mukammallashtiriladi. Shuning uchun mashqlardagi oriyentir, ya’ni yo’nalish olishni tezlashtirish va ularning yig’indisini tuzish, yanada to’g’riroq tanlash uchun anatomik belgilariga qarab yig’ilgan mashqlarning guruxlarining har biri ko’prok ta’sirga ega bo’lgan xususiyatlarga qarab guruxlarga bo’linadi: kuch ishlatish uchun mashqlar, egiluvchanlik uchun mashqlar, o’z-o’zini xoli kuyish uchun mashqlar, harakatlariing koordinatsiyalarini va tezligini rivojlantirish uchun mashqlar, irodani sinash uchun mashqlar kiradi. Bel uchun mo’ljallangan mashqlar alohida guruxlarga ajratiladi, qaysini ular mashg’ulotlarning asosiy bo’lishini, eng og’ir kismini tashkil qiladi. Doimiylik xususiyatiga ega bo’lgan mashqlar asosiy bo’lib turibdi - yugurish, sakrash, raqs harakatlari, va yana asabni boshqaruvchi mashqlar mashg’ulotlari.
Mashqlarni quyidagilarni inobatga olgan holda joylashtirish lozim:
v mashqlarni yengil yurishdan boshlab, yengil yugurishga o’tkazish lozim, yurish va yugurish jarayonida gavdaning tikligiga e’tibor qilish lozim. Boshni to’g’ri tutish kerak, mashqlar majmui gavdaning to’g’ri turishini, xis etish uchun zarur bulgan maxsus mashqlarni bajarishdan boshlanadi;
v umumiy ta’sirdagi 2-3 da mashqlarni bajarish lozim. Bu odatda, sodda, kam foydali mashqlardir.Ular yurak - qon tomirlari faoliyatini, nafas olish sistemasini va almashinish jarayonlarini rag’batlantiradi;
v keyin esa qo’l, muskullar, yelka, gavda, oyoqlar uchun mashqlar bajariladi. Bu paytda gavdaning har bir qismi orqama-ketin qo’shilishi lozim. Mashqlarning bajarilishi keyingi qismlarda oshadi, ishga muskullarning har hil guruxlari qo’shiladi. Gavda uchun mashqlar (egilishlar, burilishlar) qorin muskullarini mustaxkamlaydi, umurtqa pogonasining harakatchanligini qo’llab - quvvatlaydi va rivojlantiradi;
v keyin esa kuch ishlatuvchi xususiyatga ega bo’lgan 2-3 ta mashqlar gavdaning barcha qismlari bilan bajariladi (qo’l, qorin muskullari va tana) Faol muskul zo’riqishlaridan so’ng muskullarni dam olishlari uchun 1-2 ta mashqlarni bajarish lozim;
v undan keyin sakrashlar keladi. Ular oyoqlar muskullarini mustaxkamlaydi. Sakragandan so’ng albatta, mashqini kamaytirgan holda yurishga o’tish lozim. 1-2 ta nafas olish mashqlari organizmni yanada tinch xolga kelishiga imkon beradi;
v mashqlar majmui gavdani to’g’ri sezish mashqlarini bajarish bilan yakunlanadi.

Download 116.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling