Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan 1 – Maxsus kurs sirtqi Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun


Download 116.12 Kb.
bet4/5
Sana24.12.2022
Hajmi116.12 Kb.
#1052731
1   2   3   4   5
Bog'liq
Badantarbiya mashg‘ulotlarining bolalar organizmiga ta’siri

Ertalabki badantarbiyaning metodik xususiyati. Badantarbiya mashqlarning harakteristikasi. Safda turib bajariladigan mashqlar bu qiyin bo’lmagan harakatlantiruvchi mashqlardir.
Umumrivojlantiruvchi mashq (ertalabki badanarbiya mashqlari xamma turlarida keng foydalaniladi. Bu unchalik qiyin bo’lmagan harakatiga keltiruvchi mashq), ya’ni har xil muskullar guruxini jismoniy layoqatini yanada chuqurlashtirish, elementlar, harakatga keltiruvchi ko’nikmani qo’lga kiritish, predmetlar bilan ishlash, umumiy jismoniy tayyorgarlikii rivojlantirish maqsadida bajariladi.
Qo’shimcha mashqni va ko’nikmani atrof-muxit bilan bir-biriga aktiv ta’sir etuvchi badantarbiya vositadir.
Erkin mashq bu ertalabki badantarbiyamashqlarining bir turi bo’lib chidamlilikni oshirishga rivojlantirishga yo’naltirish.
Badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari. Ertalabki badantarbiya vazifalari quydagilar hisoblanadi:
· odamning jismoniy holatiga xos bo’lgan mezonlar bo’yicha uning salomatligiga oid model ko’rsatkichlarini normallashtirib turish, -jismoniy yuklamalar meyorga solib turishi,
· sixat-salomatligini model darajasiga erishishi va uni saqlab turish uchun unga optimal darajada mashq tasir ko’rsatuvchi tadbirlar
Ertalabki badantarbiya mashqlariga o’rgatishning shart-sharoitlari. Badantarbiya mashqlariga o’rgatishninng shart-sharoitlarini yaratish bir-nechta sharoitlarni o’ziga qamrab oladi. Buning ostida tarbiyachining tayyorgarligi va har xil metodik va texnik vositalari ishlatilishi nazarda tutiladi. Tarbiyachi o’rgatayotgan mashqlarini chuqur va mukammal bo’lishi kerak. O’rgatish oldidan tarbiyachida ishning rejasi bo’lishi shart. Uning ichida harakatlarining ketma-ketligi bo’lishi kerak. Har bir bolaning sifatlarini, mashqlarning sharoitlarini bilishi kerak. Ko’pincha mashqlarni o’rgatayotganda tarbiyachi tayyor tekshirilgan o’rgatish yo’llarini ishlatadi. Bunda o’rgatish yulining modelini aniqlash kerak. Mashqlarni o’rgatish vaqtida tarbiyachining harakati katta ahamyatga ega. Bolaning harakatini e’tibor bilan kuzatib, uni har doim baxolab turishi kerak, o’z vaqtida bolaga yordam berib, mashqlarning bajarilishini yengillashtirishi, agar qiyinchiliklar tug’ilsa, xatolarni to’g’rilashi kerak. O’rgatish jarayonini shu tarzda boshqarish, tarbiyachi tomondan, ijodiy jarayondir va pedagogik maxoratni ta’riflaydi.
Jismoniy daqiqalar (qisqa muddatli jismoniy mashqlar) o’rta, katta va tayyorlovchi guruhlarida mashg’ulotlar o’rtasidagi tanaffusda, shuningdek dars jarayonining o’zida o’tkaziladi.
Jismoniy daqiqaning ahamiyati bola faoliyati va xolatini harakat faolligi orqali almashtirishdan iborat bo’lib, u charchoqni yozadi, bolaning emotsional ijobiy holatini tiklaydi.
Agar bola mashg’ulot jarayonida nisbatan harakatsiz turib qolsa toliqish yuzaga keladi. Toliqish bir xil ish, shuningdek mashg’ulot yuklamasini buzilishi tufayli kuchayadi, bu bolalarning e’tiborini susaytiradi. Bu bosh miya po’stlog’ida rivojlanadigan tormozlanish va bolaning o’quv materialini o’zlashtirish qobiliyatining susayishi bilan izohlanadi. U chalg’iy boshlaydi, diqqat faolligi, idroki susayadi. Bu belgilarning barchasi faoliyatni o’zgartirish zarurligini ko’rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, xatto 6 yoshli bolalar ham 20 daqiqagina nisbatan harakatsiz va diqqatni jamlab tura olar ekanlar; shu muddatdan so’ng ular toliqish tufayli bilimlarni yaxshi o’zlashtirish va ko’nikmalarni egallashga qodir bo’la olmaydilar.
Jismoniy mashqlarni bajarish mushak ishini faolashtiradi, bu o’z navbatida qon aylanishini kuchaytiradi va oqibatda yurak ishining, nafas olishning intensivligini oshiradi, miyaning qon bilan ta’minlanishini faollashtiradi. Bularning hammasi birgalikda bola psixikasi emotsional – ijobiy holatning shakllanishiga, diqqatning, aqliy faoliyat va umumiy jismoniy holatning oshishiga ta’sir qiladi. Charchoq yo’qoladi, bola dam oladi va yana ishtiyoq bilan shug’ullana boshlaydi.
Jismoniy daqiqalar tarkibiga 10-15 marta sakrash, 10-12 marta cho’qqayib o’tirish yoki turgan joyida yugurish (30-40 sekund) kiradi. Jismoniy daqiqalari o’z ichiga yelka kamari va qo’llarga mo’ljallangan 2-3 ta mashq, tortilish, egilish va gavdani burish mashqlarini oladi. Jismoniy daqiqalar 2-3 daqiqa davom etadi.
 



Download 116.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling