Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan ishchi o’quv dasturi
Download 290.5 Kb.
|
3 kurs XQ ishchi dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalar bilimiga qo`yiladigan talablar.
Fanining maqsad va vazifalari. Jismoniy tarbiya asoslarining chuqur nazariy anglanishini ta’minlash, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha pedagogning kasbiy faoliyatidagi asosiy nazariy-usuliy qoidalarini amalga oshirish malakasini shakllantirishdan iborat. Jismoniy tarbiya va sport faoliyatining nazariy qoidalarini o‘rganish, jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyatining tushunchalarini o‘rganish, jismoniy tarbiya va sportning vosita va usullarini o‘zlashtirish; jismoniy tarbiya va sportning tashkiliy shakllarini o‘rganish; tayyorgarlik fanlari tizimida jismoniy tarbiya va sport nazariyasi hamda uslubiyatining integratsiyalovchi roli to‘g‘risida tasavvur hosil qilish; amalda harakat faoliyatilarini o‘rganish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, bilimlarni shakllantirish nazariyasi va uslubiyatini qo‘llashga o‘rgatish.
Talabalar bilimiga qo`yiladigan talablar. Kasbiy bilimlarni qonuniyatlarini o`rganish va boshqa aloqador fanlarni o`rganishda qo`llay bilish malakalarini egallash. Fan bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish, fanning mazmuni, kelib chiqish tarixi, musobaqalar tashkil qilish va o`tkazishni o`rganish. Fanning maqsadi va vazifasi, jismoniy tarbiya O`zbekiston tizimining maqsadi va vazifalari, umumiy tamoyilllari, asoslari, jismoniy tarbiyaning vositalari, harakat ko`nikma va malakalari va ularni egallab olish qonuniyatlari, jismoniy sifatlar va ularni tarbiyalash uslubiyatlari, jismoniy tarbiya jarayonida boshqa tarbiyalarni tarbiyalash, haqida nazariy bilim, ko`nikma va malakalarni egallash. Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida ta’lim berishni didaktik tamoyillari, o`qitish uslublari, ta’limning tuzilishi, maktabgacha tarbiya muassasalarida, o`rta umum ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, oliy o`quv yurtlarida, katta yoshli aholi orasida, chaqiriqgacha yoshlarni tayyorlash bo`yicha nazariy bilim, ko`nikma va malakalarini egallash, pedogogik amaliyotga chiqish va egallagan nazariy bilim, ko`nikma va malakalarni amaliyotda qo`llash maxoratini egallash, sport mashqining qonuniyatlari, sport mashqining davrlari, sport formasi va uni rivojlantirish qonuniyatlari, sport mashqining tamoyillari, tomonlari, sport ishlarini rejalash, bolalar sporti, xotin-qizlar sporti xususiyatlari, sportga tanlash va boshqa bilim, ko`nikma va malakalarni egallash. Download 290.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling