Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr
Islom Karimov
K I R I S H Ustozi aw al Arastu hakim ,,Hitoba“ (,,Ritorika“) kitobida yozadiki, ajoyib jismoniy fazilatlarga ega boMgan yigitlar — sog‘lom, bo ‘ydor, sport musobaqalarida chaqqon yoshlar har qanday davlatning boyligidir. Bunday jismoniy fazilatlarga qanday erishiladi? Albatta, oila, maktab muhitida tarbiya topish, ayni vaqtda o ‘z -o ‘zini tarbiyalash, jismoniy tarbiya bilan aqliy tarbiyani axloqiy tarbiyaga muvofiqlashtirish yo‘li bilan barkam ol insonlarni voyaga yetkazish m um kin. Sir ernaski, faqat aqliy mehnat bilan shug‘ullanib, umrida tesha ushlamagan, ketmon chopmagan, aqalli birorta mix qoqmagan yoki ko'chat ekmagan odamlar ham borki, bular jismoniy mehnat qilmagani uchun, doimo kasallikdan boshi chiqmay yuradilar. Qadim donishmandlari barcha sohalarda faoliyat ko‘rsatib, har tomonlama kamol topganlar. Qadimgi Yuno- nistondagi Fales, Pittak, Solen, Biant, Xilen kabi donish- mandlar ham mohir jangchi, kurashchi, chavandoz, qilich- boz, nayza otuvchi ham davlat arbobi boMib yetishganlar. Abu Muslim, Muqanna, T o ‘maris, Spitamen, Jaloliddin Mangu- berdi, T e m u r Malik, A m ir T e m u r va uning safdoshlari aqlan, jismonan, axloqan barkamol insonlar edilar. Milliy Istiqlol fidoyilaridan alloma Abdurauf Fitrat ,,Oila“ asarida ota-onalarga qarata bunday yozadi: „Inshoolloh, oqilona tarbiyangiz soyasida farzandingiz sog‘lom aql va sog‘lom badanga sohib bo‘lib, yaxshi kamol topib, yetti yoshni toidiradi. Yetti yoshgacha bolalarni ham jismoniy, ham aqliy, ham odob- axloqli qilib tarbiyalash juda muhimdir. Bola yetti yoshgacha jis m o n a n sog‘lom va aqlan yoshiga yarasha oqil b o ‘lsa, kelgusidagi kamolotiga ham imkoniyatlar, yo‘llar ochiladi“ . Alpomish, G o ‘ro ‘g ‘li kabi xalq qahramonlari ham o ‘z oilasini, yorini, el-yurtini turli bosqinchilardan himoya qilishda 3 jism oniy va aqliy quvvati bilan jasoratlar ko'rsatib, xalq mehrini qozonganlar. Donishmand shoir, Xorazni bahodiri — Pahlavon Mahmud — aqli va jismoniy kuch-quw ati bilan kurashda g‘olib chiqib, minglab vatandoshlarini yovlar qo‘li- dan ozod qilib, xalq duosini olgan. Milliy a n ’analarimizni, boy m a’naviy merosimizni yaxshi bilgan V atanim iz Prezidenti I. A. K arim ov m a ’rifat va m a ’naviyatni rivojlantirish bilan bir vaqtda yosh avlodning jismoniy tarbiyasiga, sport ishlarini rivojlantirishga juda katta g‘amxo‘rlik qilmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov: , , 0 ‘z- bekiston xalqining salomatligi haqida shaxsan g‘amxo‘rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan oila, maktab, mahalla, sog‘- liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sport ko‘magida sing- dirish kerak“ , — deb tushuntirgan edi. Yurtboshimiz ,,Sog‘lom avlod u chun“ ordenini topshirish marosimida so‘zlagan nutqida alohida bunday deydi: „Biz naslimizning kelajagi — sog‘lom avlod uchun kurash boshladik. Shu nom bilan orden ta’sis etdik va maxsus xalqaro jam g‘arma tuzdik. Bu bejiz emas, albatta. ,,Sog‘lom avlod“ deganda biz faqat jismoniy baquwat farzandlarimizni emas, balki m a’naviy boy avlodga ega bo‘lgan xalqni tushunishimiz kerak. Bunday xalqni hech qachon, hech kim yenga olmaydi. Buni hammamiz yaxshi anglab olmog‘imiz shart!“ . Bejiz emaski, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ,, 0 ‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida“gi farmonida ( 2 4 - oktabr 20 0 2 -yil) „Bolalarni jis moniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va uslublarini joriy etish...“ sohasida muhim vazifalar belgilangan. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlan tirishga xizmat qiluvchi, mualliflar tomonidan nashrga tayyor- langan ushbu qo ‘llanmaning nihoyatda kamligini inobatga olib, niutaxassislar yetishtirayotgan o ‘quv muassasalari talabalariga m o'ljallangan „Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati“ qo'llanmasi slui yo‘nalish b o ‘yicha davlat tilida yozilganligi ayni maqsadga imivofiqdir. M a’lumki, mazkur o'quv fanining mazmuni hozirgi za- niiin talablariga binoan bir necha mustaqil, slumingdek, uzluksizlik va uzviylikni saqlagan holda muammoli turkumlar (sikllar)ga bo'lingan. Kitobning birinchi bobida jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati ilmiy va o ‘quv fani sifatida, asosiy bilimlar tizimi sifatida, jismoniy madaniyat haqidagi bilimlarni kasb dara- jasida o ‘rgatishni ko‘zda tutadi. Chunki nazariy tayyorgarlik o ‘qituvchiga jismoniy madaniyat vazifalarini aniqlash, to ‘g‘ri qo‘llash, yangi m a ’lumotlarni o'zlashtirib olish, jismoniy tar biya nazariyasiga yondosh b o ig an boshqa ilmiy fanlar o ‘rnini aniqlab olish imkonini beradi hamda shaxsiy pedagogik ijod uchun keng maydon ochib beradi. 5 JISM ONIY MADANIYAT NAZARIYASI U S L U B IY O T I IL M IY YA 0 ‘QUV FA SIFATIDA Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling