Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Darsni moddiy texnik taominlash


Download 0.69 Mb.
bet115/176
Sana24.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1057435
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   176
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Darsni moddiy texnik taominlash deganda, darsning optimal zichligini taominlashga imkon beradigan, qo‘yilgan kompleks vazifalarni to‘laqonli xal qilish uchun garantiya beradigan, yetarli darajadagi o‘quv-tarbiya jixozlari, anjom-lari va mashulot joyi nazarda tutilgan.
Oxirgi yillarda ko‘pchilik maktablarda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining tashabbusi bilan sport zallari va sport maydonlari birdaniga ko‘pchilik o‘quvchi shuullanishi mumkin bo‘lgan nostandart jixozlar, anjomlar va trenajerlar bilan jixozlanmoqda. Bunday jixozlardan foydalanish dars zichli-gini axamiyatli darajada yuqori effektli tashkiliy formasini vujudga kelishi, oxir oqibat mashulotlar natijalarini oshishiga olib kelmoqda.
13.3.3. Jismoniy tarbiya darsning mazmuni
Jismoniy tarbiya darsining mazmuni dars mashulotla-rini sifatini belgilovchi to‘rtta asosiy komponentning umumiyligida ifodalanadi. Bu elemenlar o‘zaro uzviy bolangan va darsning xarakterli komponentlari deb ataladi, ular:

  1. darsning tarkibiga kiritilgan jismoniy mashqlar. Darsning mazmunining eng yirik xarakterli komponentidir. Lekin bunday tushuncha bir tomonlama bo‘lib, tarbiyalash, so-lomlashtirish, bilim berish vazifalarini xal qilishda shuul-lanuvchilar uchun faoliyat predmeti bo‘lib xizmat qiladi. Mashqlar darsning umumlashtirilgan predmetining mazmuni, boshqa maonoda dars mazmunining bir qirrasi xolos.

  2. tavsiya qilingan mashqlarning bajarish bilan boliq bo‘lgan o‘quvchilarning darsdagi faoliyati dars

mazmunining navbatdagi yirik komponentlaridan biri. Bu komponent shuullanuvchini turli ko‘rinishdagi, intellektual va jismoniy faoliyatdan iborat bo‘lib, ular: pedagogni eshitish, ko‘rsati-layotgan mashqni eotibor bilan kuzatish, xarakat faoliyati orqali xosil bo‘lgan tasavvurni ustida fikr yuritish, baja-rilishi lozim bo‘lgan faoliyatni loyixasini fikran tuzish, uni bajarish, o‘z xarakatlarini nazorat qilish va baxolash, vujudga kelgan muammolarni pedagog bilan birgalikda muxo-kama qilish, o‘z xissiyotini va kayfiyatini nazorat qila olish, vujudga kelgan emotsionallikni boshqarish va x.k.lardir. Shuullanuvchilarini dars vazifasini xal qilish bo‘yicha barcha faoliyatlari dars mazmuni asosini tashkil qiladi.
v) pedagogning faoliyati dars mazmunining navbatdagi komponenti bo‘lib, quyidagicha xolatlarda namoyon bo‘ladi. Uyga vazifa berish va uni tushuntirish, darsning aniq vazifasini bayon qila bilish va uni xal qilishni tashkillash, shuulla-nuvchilarni doimiy nazoratda ushlash, ularni faoliyatini taxlil qilish, shuningdek shuullanuvchilarning faoliyatini lozim bo‘lgan yo‘lga burish, ular orasidagi munosabatlarni o‘zining diqqat markazida ushlash va faoliyatlarini yo‘nalti-rish, boshqarish, nazorat qilishdek taolim-tarbiya jarayonida ijobiy rol o‘ynaydigan muxim asosiy xolatlarni o‘z ichiga oladi.
g)shuullanuvchilar organizmida dars tarkibidagi mashq-larni bajarishda sodir bo‘ladigan fiziologik, psixologik,
biomexanik va boshqa o‘zgarishlar dars mazmunining navbatdagi yirik xarakterli komponentlaridan biri xisoblanadi. Mala-kalarni shakllanishi orqali rejalashtirilgan, ularning nati-jasidagi o‘zgarishlar, shakllangan nazariy va amaliy bilimlar, uddalash, xarakat malakasi va uning avtomatlashuvi orqali sodir bo‘ladigan yashirin (latent) davr darsning mazmunining to‘rtinchi komponenti xisobiga sodir bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi faoliyati va o‘quvchilar faoliyatining samarasi yashiringan bo‘ladi. Rejalashtirilgan o‘quv tarbiyaviy ishlarni sodir bo‘lmoqdami yoki yo‘qligi joriy nazorat qilinib, pedagogik faoliyat keyinchalik qanday davom ettirilishi lozimligi uchun yo‘riqnomalar tayyorlanadi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling