Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Download 0.69 Mb.
|
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Maktab jismoniy madaniyati esa tarbiyalanuvchida jismi tarbiyasi uchun zaminni shakllanishiga asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Sport – jismoniy madaniyatining tarkibiy qismidir. Sport, xususan, axamiyatli darajada jismoniy va unga boliq bo‘lgan qobiliyatlarning rivojlanishini va o‘sishini taomin-laydi. Jamiyat jismoniy madaniyatining tarkibiy qismi xisoblangan sport, boshlanich maonoda «kuch sinashaman», «musobaqalashaman» degan maononi beradi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarigacha unga dam olish, ko‘ngil ochish, so‘ng, jismonan yuqori ko‘rsatgichga erishish vositasi, musobaqalarda alaba qozonish tarzidagi faoliyat deb qaraladi. Sportning rivojlanishi asosan uch ko‘rinishda – o‘quv predmeti, ommaviy-ko‘ngilli sport, «katta sport» tarzida namoyon bo‘ladi. O‘quv predmeti sifatida sport o‘rta va oliy maktabda, armiyada jismoniy tarbiyaning vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ommaviy–ko‘ngilli sport darsdan tashqari va ish vaqtidan so‘ng davlat va jamoat tashkilotlari orqali va xar bir shaxsning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. «Sportchi» so‘zi talaffuz etilganda, ko‘z o‘ngimizda nafa-qat kuchli, chidamli va chaqqon xamda qaddi-qomati kelishgan yigit yoki qiz obrazi gavdalanibgina qolmay, irodali, to‘ri so‘zli, xayotga doimo yaxshi umid bilan qaraydigan, optimisti, xar qanday qiyinchiliklarni oson yenguvchi, kamtarin va o‘z yutuqlariga xotirjam insonni tushunamiz. Shunday ekan, sport jamiyat manfaati uchun xizmat qila-digan faoliyat bo‘lib, tarbiyaviy va kommunikativlik funksiya-sini bajaradi, lekin doimiy kasb emas. sport ishlab chiqarishsiz faoliyat, yaoni u moddiy neomat (boylik) yaratish bilan bolanmagan va o‘quv tarbiya jarayoni qonuniyatlariga bo‘ysundiriladi. Bolalar sportida yuqorida qayd qilingan ikkala belgi shunday ifodalanganki, o‘quvchilarning sport faoliyati darsdan tashqari xisoblanib, o‘quv fani sifatida umumtaolim maktab-lari o‘quv rejalari va dasturlariga qisman kiritilgan va sinfdan tashqari ishlar, maktabdan tashqari muassasalaridagi mashulotlar shaklida aloxida axamiyat, eotibor bilan ko‘ngilli tarzda yo‘lga qo‘yiladi. Sportning xarakterli alomatlarining barchasi bir butun bo‘lib, bolalar sportida o‘z aksini topgan. Uni bolaning darsdan tashqari faoliyatining turli ko‘rini-shini deb belgilash xam, maxsus tayyorgarlik, musobaqalarda qatnashish yoki o‘zidagi mavjud imkoniyatlarini xisobga olgan xolda, oldindan belgilangan optimal xarakat qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat bo‘lgan jarayon deb qarash xam mumkin. Bolalar sporti ularning yoshi bilan chegaralangan, maxsus tayyorgarlikka kirishishga ruxsat berilgan muddatdan to umumtaolim maktabini bitirgungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Yoshlar sporti. Bu tushunchada aytarli qisqa mazmun joylashgan. Uning chegarasi yosh gruppasi bilan belgilanadi: -Yoshlar, o‘smirlar sporti. Yoshlar sporti gruppalari asosan katta maktab yoshidagi o‘quvchilar, studentlardan tashkil topadi. Bu ibora shartli xisoblanib, sportda qizlarning xam ishtiroki nazarda tutiladi. Maktab sporti shuullanuvchilarning yoshi va boshqa belgilariga qarab bolalar sportiga o‘xshash. Farqi shundaki, bolalar sporti maktablar va maktabdan tashqari muassasalar orqali, maktab sporti esa faqat maktab o‘quvchilari bilan maktabda yo‘lga qo‘yiladi. Sport jamiyatimiz jismoniy madaniyati uchun ko‘rsata-yotgan xizmatidan tashqari jismoniy tarbiya qilish xizmatini xam o‘zida mujassamlashtirgan. Sportda jismoniy tarbiyaning xususiy tomoni shundan iboratki, jismoniy kamolotga Eri-shishning pedagogik tizimi mutaxassislashtiriladi va sport-chining tayyorgarligi deb nomlanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sport jismoniy madaniyat tarkibiga kiradi va mavjud jamiyat madaniyatining umumiy mulki, sport tayyorgarligi esa jismoniy tarbiyaning mutaxassislashtirilgan bo‘lagi sifatida tarbiya tizimining manfaatiga xizmat qiladi. Ommaviy sport xam jismoniy madaniyat tarkibiga kiradi. Katta sport esa inson jismi madaniyatining eng yuqori darajasidir. Amaliy jismoniy madaniyat – kasbga taalluqli amalda qo‘llaniladigan va xarbiy-amaliy fizkulpturaga bo‘linadi. Ular bevosita kasb-xunar faoliyati soxasida xamda maolum kasbdan kelib chiqadigan talablar va mexnat sharoitiga boliq maxsus tayyorgarlik tizimini kiritilishi bilan belgilanadi. Jismoniy madaniyatining amaliy turlari, ularning organik boliqligi, kasbga oid amaliy tayyorgarlik va xarbiy amaliy jismoniy tayyorgarlikning umumiy jismoniy tayyor-garlik bazasi asosida yo‘lga qo‘yilishi, shakllanishi, vujudga kelishi bilan ifodalanadi. Bundan tashqari, jismoniy madaniyatning amaliy tur-lari mazmuniga jismoniy tarbiya va sport zaminidagi turli jismoniy mashqlar kiritilgan. Jismoniy madaniyat solomlashtirishga yo‘naltirilishi mumkin va davolash maqsadida foydalaniladi. Shu tur jismo-niy madaniyati o‘z oldiga organizmning vaqtinchalik yo‘qolgan funksional imkoniyatlarini tiklash maqsadini qo‘yadi. Jismoniy madaniyat gigienasi ish kuni ramkasi, kunda-lik turmush va dam olish rejimiga qaratilgan bo‘lib, orga-nizmning kunlik funksional xolatini yaxshilashga xizmat qiladi va o‘z navbatida asosiy xayotiy faoliyat funksiyasi “muxiti”ni shakllanishga imkoniyat yaratadi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling