Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Download 3.22 Mb.
bet139/177
Sana17.06.2023
Hajmi3.22 Mb.
#1539971
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   177
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

Doiraviy mashq qilish jismoniy mashqlarni qo‘llashning tashkiliy-usuliyatining shakli sifatida jismoniy sifatlar-ning kompleks namoyon qilishni takomillashtirishga qara-tilgan.
Mashulot jarayonlari muayyan sport turida maksimum natijalarga erishishga qaratilgan. Yuqori sport kamolotiga erishish-ko‘pqirrali va juda murakkab jarayondir. U sportchi-ning o‘zini xar tomonlama funksional, jismoniy, texnik va taktik tayyorlash orqaligina emas, uning natijasining o‘sishiga taosir qiluvchi boshqa omillar taosirida kam amalga oshiri-ladi. Bu omillarga birinchi o‘rinda trenerning xar tomonlama tayyorgarligini (uning nazariy bilimi, amaliy tajribasi, tashkilotchilik qobiliyati, shuningdek, ilmiy tadqiqot va metodik faoliyatga intilishining bevosita tashqi muxitni, moddiy-texnika, xo‘jalik va meditsina taominoti va boshqa-larni) kiritish lozim. Shunday qilib, sportchi rekord o‘rnatishida unga yuzlab kishilar yordamlashadi, ular uni shaxs va sportchi sifatida shakllantirishadi.


      1. Sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligi birligi


Xozirgi davrda sport mashuloti sportchining jismoniy va maonaviy sifatlarini rivojlantirishga, uning bilim darajasini to‘xtovsiz kengaytirishga qaratilgan xolda xar tomonlama tarbiyalash jarayonini tashkil qilgandagina to‘liq pedagogik natijaga erishiladi.
Sport trenirovkasining shunday yo‘nalishi jismoniy tarbiya tizimining umumiy prinsiplariga mos keladi. Sport qayd etilganidek, yagona maqsad bo‘lmasdan shaxs qobiliyatni xar tomonlama rivojlantiruvchi, ijodiy va ongli faoliyatiga tayyorlovchi vositalardan biridir.
Sport mashuloti ikki yo‘nalishni; umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) jarayonini tarkiban birlash-
tiradi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) jarayonida organ-lar, sistemalar va funksiyalarni umumiy rivojlantirish asosida sport ixtisosligiga mavjud shart-sharoitlarni yaratadi, kengaytiradi, shuningdek, uning turli xil xarakat, ko‘nikma va malakalarining munosabatlarini boyitadi.

Download 3.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling