Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


BOB. TAOLIMNING USLUBIY PRINSIPLARI


Download 3.22 Mb.
bet74/177
Sana17.06.2023
Hajmi3.22 Mb.
#1539971
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   177
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х

BOB. TAOLIMNING USLUBIY PRINSIPLARI


Jismoniy tarbiya nazariyasida amal qilinadigan «jismo-niy tarbiyaning mexnat va xarbiy amaliyot bilan boliqligi», «jismoniy tarbiyaning solomlashtirishga yo‘naltirilganligi», “shaxsni xar tomonlama rivojlantirish» prinsiplaridan tashqari taolim jarayonining uslubiy prinsiplaridan xam mavjud. Tarbiya jarayonidagi barcha tamoillar jismoniy tarbiya uchun qo‘llanilishi mumkin, lekin inson tarbiyasining bu yo‘nalishining xususiyligi o‘qitishning prinsiplariga aloxida mazmun va talablar qo‘yadi. Inson faoliyatining biologik, fiziologik, bioximik, biomexanik qonuniyatlari esa fikri-mizning dalilidir.


Onglilik va faollilik (aktivlik)”, “Ko‘rgazmalilik”, “Munatazamlilik”, «Kuchiga yarashalik va individuallash- tirish», “Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish”dek uslubiy prinsiplar va qoidalarga tizimli rioya qilish orqaligina o‘qitish jarayonida kutilgan muvoffaqiyatlarga erishish mumkin.


      1. Taolim jarayonida onglilik va faollilik


O‘qitishga ongli munosabat va unda shuullanuvchining faolligi xar qanday pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. P.F. Lesgaft ilgari surgan jismoniy tarbiya taoli-midagi onglilik va faollilik prinsipi xarakat faoliyat-larini mexanik ravishda taqlid qilib bajarish orqali xarakatlarni o‘zlashtirishni katoiyyan qoralaydi va birinchi- lardan bo‘lib xarakatlarni taqqoslay olish, uning taxlilini qilish orqali nazariy bilimlarni va xarakat faoliyatlarini egallash oyasini ilgari surdi. U “jismoniy mashq bilan shuullanish faqat kuchni, jismoniy rivojlanganlikni ko‘rsat- kichlarini oshiradi”, degan qo‘pol tushunchani asosiy xatolardan biri deb ko‘rsatdi.
Tarbiya jarayonida bu prinsipni qo‘llash mashulotni umumiy vazifalariga qiziqish uyotish va fikrlashni shakl- lantirish bilan boshlanadi. Eng avvalo, xarakat faoliyatini xayotiy-amaliyligi aniq misollar yordamida, taolimning mavzulashtirish orqali amalga oshirila boshlanishi lozim. O‘qitishning boshlanich etapidagi tor, ongli fikrlash doirasi, mazmuni (qomatining chiroyli bo‘lishi, kuchining ortishi va x.klar) mashulotlardagi xayotiy-amaliy xolatlar orqali, jismoniy madaniyat va sport mashulotlarida shaxsni ijodiy mexnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlashdek vazifalarni xal qilish bilan asta-sekin ixtisoslik bilimlarga tayanib amalga oshiriladi. Maxsus ommabop adabiyotlar, qo‘llanmalar tavsiya qilinadi. Nazariy bilimlarni ortishiga erishish onglilik prinsipining o‘zak maqsadlaridan biridir. Bu maqsadga erisha olmaslik kundalik bajariladigan jismoniy mashqlar bilan shuullashnish mashulotlariga odatning shakllanishi susayti-radi, jismoniy mashqlar bilan shuullanishni turmush tarziga aylanishiga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, shuullanuv-chilar jismoniy madaniyat, sport mavzulariga oid muntazam leksiyalar, suxbatlar, xikoyalar eshitishlari, maktab fizkulp-tura dasturining nazariy qismini o‘rganishlari, metodik va xujjatli filpmlar ko‘rishlari, o‘z-o‘zini tibbiy nazorat qilish qoidalarini bilishlari, “aktiv, passiv dam”, “bajara olish”, “xarakat malakasi”, “oliy xarakat tartibi”, “malakaning ijobiy va salbiy ko‘chishi” atamalari moxiyatini tushunish-lariga lozim.
O‘zlashtirilishi, mustaxkamlanishi, takomillashtirilishi lozim bo‘lgan, xarakat faoliyatini nima uchun aynan o‘qituvchisi yoki murabbiy ko‘rsatganidek bajarish shart ekanligi o‘quvchi ongiga yetkazilishi majburiyati yuzaga keladi. Mashqlangan barmoqlar (voleybolchiniki) turmushda barmoqlarning nozik xarakatlarini talab qiladigan kasblarni egallashda (soatsoz, zargar va boshqalar) qo‘l kelishi ongiga yetgan shuullanuvchi taolim jarayoniga ongli munosabatda bo‘lishidan tashqari, uning faolligi ortadi.
Mashq, xarakat texnikasini egallash oz energiya sarflab samarali xarakat qilish, uni bajarish orqali organizmda sodir bo‘ladigan turli xil o‘zgarishlarni tushunish, topshiriqka nisbatan onglilik va faollikni oshiradi.
O‘qituvchilarning ko‘tarinki kayfiyati, yuzidagi tabassu-mi, kiyimlarning yarashganligi va ixchamligi, xarakatlarni xavas qiladigan darajada chiroyli, ravon ketma-ketlikda bajarishi, mashqlar tarkibini uning bajarilishi ritmiga moslab, to‘rtliklar tarzida baravariga aytiladigan aytishuvlar kiritilishi taolim jarayonidagi vazifalarni xal kilishga zo‘r qiziqishni kuchaytiradi va fikrlashni shakllantiradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida ongli analiz va jismoniy mashqni bajarishda nazoratdan foydalanish taolimning prin-sipial mexanizmlaridan biridir.
Ongli ravishda bajarilayotgan “ixtiyoriy xarakat”ning moxiyatiga yetib, uning bajarilishi texnkasining asosi, zveno-lari, detallarini nazorat qila olishning axamiyati taolim jarayonida o‘z samarasini berishi ilmiy-amaliy isbotlangan.
Abelpskiyning tajribasi bo‘yicha shuullunuvchilarni sakrash texnikasiga o‘rgatish uchun 120-150 urinish (popqtka) tavsiya qilingan. Urinishlar tugallangandan so‘ng shuullanuv-chilar bilan shu xarakatning tuzilishi, bajarish texnikasi xa-qidagi suxbatlar, (diskussiya) natijasi o‘ta qoniqarsiz bo‘lgan.
Navbatdagi guruxga esa mashq texnikasi, uning tuzilishi, xayotiy-amaliy axamiyati xaqida yetarli darajadagi nazariy tayyorgarlikdan so‘ng mashqni bajarish tavsiya qilinganda, shuullanuvchilar 2-3 urinishdan keyin mashq texnikasini osongina o‘zlashtirib olganliklari kuzatilgan.
Amaliyotda yuqori malakali sprotchilar mashqni sport texnikasi avtomatlashgan darajada, yaoni xarakatni oliy maqomda bajara olishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yadilar. Mexanik ravishda tushunmay, ko‘r-ko‘rona, taqlid tarzida mashq qilishning samarasizligi, surunkali mashq qilish jarayonida meoyoridan ortiq energiya sarflashga, shuullanuvchida shu xarakatga nisbatan sovish, “toqatsizlikni”ni shakkllantiradi. Shuning uchun ongli taxlil o‘z xarakatini baxolay olish, o‘qitish jarayonining cho‘zilib ketishini oldini oladi.
Ongli analizda mashq texnikasini taxlili bilangina chegaralanmay, uni biomexanik, matematik xisoblash, bioritmiya va sport metrologiyasining qonuniyatlarini nazarda tutgan xolda, shuullanuvchining anatomiya, sport fiziologiyasi, bioximiya soxalaridagi bilimlarga tayaniladi. Tezlikni talab qiluvchi mashqlar vaqtning mikrointervalini, gimnastika jixozlaridagi mashqlar esa xarakatning fazodagi chegaralarini, xarakatning yutqazilayotganligini xis qilishdek talablarni qo‘yadi, bu o‘z navbatida, ixtiyoriy xarakatlarning bajarilishini ongli nazorat qilishga o‘rgatadi.
Mashqni bajarishdan oldin uni tuzilishi, ijrosi xarakatni ifodasini fikran ko‘z oldiga keltira olish («ideomotor trenirovka») onglilik prinsipining asosiy vositalaridan biridir.
Faollik mashulotlarda shuullanuvchilarning barchasini tugal band qilish, ular faoliyatini “frontal”, «guruxli”, tashkillash orqali, asosiy jixozlar yoniga qo‘shimcha sport anjomlari qo‘yish, kuchiga yarasha bo‘lmagan mashqlarni bir-ikki xaftalik tayyorgarlik va trenirovkadan so‘ng bajara boshla-salar, shuullanuvchilarni mashqni mustaqil bajarishga urini-shi o‘z-o‘zidan ortishi sodir bo‘ladi.
Taolim jarayonida o‘yin va musobaqa (“Jismoniy tarbiya-ning uslublari” mavzusiga qaralsin) metodlarining qo‘llani-shi, sport maydoni, mashulot o‘tkaziladigan joylarning badiiy jixozlanishi, gigienik orastaligi, taolim jarayonida shuulla-nuvchilarda jonbozlik (initsiativa) ko‘rsatish, vazifani xal qilish uchun javobgarlik xissini o‘z bo‘yniga olabilish, maosuliyatni xis etish va o‘zlashtirish jarayoniga ijodiy yondoshishni tarbiyalaydi.



      1. Download 3.22 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling