2-BOB «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari ishlarini tashkil qilish
O’zbekistonning buyuk kelajagini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, ta’lim-tarbiya jarayonlarida tub islohotlar o’tkazilmoqda.
Respublikada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ta’lim-tarbiyaviy va boshqa sohalardagi islohotlar va turli tadbirlarning negizida aholining ijtimoiy turmush madaniyatini yaxshilash, sog’lom turmush tarzini tarkib toptirish masalalari mazmun topgan.
Buyuk kelajakni ta’minlovchi hozirgi avlodlarning sog’lig’ini yaxshilash, yoshlarning ma’naviy va jismoniy kamolotini tobora mustahkamlash Prezidentimiz va Respublika xukumatining eng muhim maqsadlaridan biridir. Bunda eng kichik yoshdagi bolalar, yoshlar, ayollar va keksa-qariyalarning salomatligini muhofaza qilish, jismoniy rivojlantirish, ishchi aholining mehnat qobiliyatini oshirish, yoshlarni mudofaa ishlariga tayyorlash eng dolzarb vazifalarga kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 mayda 271-sonli “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga binoan vazirliklar, ko’mitalar va kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini joriy etish haqida qo’shma qaror qabul qilindi.
O’zbekiston aholisining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilab beruvchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari haqida quyidagi qarorlar qabul qilindi:
1.O’zbekiston aholisining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilab beruvchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari to’g’risidagi Nizom tasdiqlandi;
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari haqidagi Nizom 2000 yil 1 yanvardan kuchga kiritildi;
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari nishon va guvohnomalarining eskizlari tasdiqlandi;
O’zbekiston aholisining jismoniy tayyorgarligi va salomatlik darajasini belgilab beruvchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test me’yorlarini tashkil etish va joriy qilish bo’yicha respublika va mahalliy komissiyalar tuzildi.
68
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarining
Do'stlaringiz bilan baham: |