Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport


Download 5.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet115/125
Sana28.10.2023
Hajmi5.17 Kb.
#1731074
TuriУчебное пособие
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma

Jamoa taktikasi. 
Jamoa taktikasi bu muayyan o’yin sharoitida paydo bo’lgan vazifalarni hal 
qilishda butun jamoa harakat-larini uyushtirishdir. Butun komandaning hujum va 
mudofaa harakatlari aniq uyushtirilmasa, o’yin betartib, bemaqsad bo’ladi, unda 
o’yinchilar o’rtasida vazifa taqsim-lashning iloji bo’lmaydi. Bunday hollarda 
o’yinchilar qanday bo’lmasin to’pni egallab olib, bir amallab darvozaga kiritish 
uchun u yoqdan bu yoqqa yugurishaveradi. 
Futbolning yuz yildan ortiqroq tarixi mobaynida o’yinchilarni aniq 
joylashtirib, ular o’rtasida vazifalar aniq taqsimlanishini nazarda tutgan ko’plab 
taktik tizimlar yaratilgan. Hujumdagi komanda taktikasini, yahni muayyan o’yin 
sharoitida paydo bo’ladigan vazifalarni hal qilishda butun komanda jamoaviy 
harakatlarini uyushti-rishning asosiy prinsiplarini ko’rib chiqamiz.
Har qanday taktik tizimda ham komanda taktikasi ikki tur harakat, yahni tez 
hujum va tadrijiy hujum vositasida amalga oshiriladi. 
Tezkor hujum. 
Tezkor hujum komanda hujum harakatlarining eng samarali usuli hisoblanadi. 
Buning mohiyati shundan iboratki, unda bitta-uchta uzatishda o’yinchilardan birini 


211 
darvozani zabt etish uchun qulay pozitsiyaga chiqaradigan hujum yoki javob 
hujumi uyushtiriladi. Hujum – bu komandaning raqib darvozasini zabt etishga 
qaratilgan harakatlarini uyushtirish. Tez hujumning afzalligi shundaki, bunda 
mudofaadagi kuchlarini qayta uyushtirib olishga raqiblarning vaqti bo’lmaydi. 
Hujumdagilarning hamma harakatlari kutilmaganlik elementlariga boy bo’lib, 
yuqori tezlikda bajariladi. O’yinchilar maydonda ko’p manyovr qiladilar va to’pni 
uzatish bilan eng qisqa vaqt ichida sheriklaridan birini zarba berish pozitsiyasiga 
chiqarish imkoniyatini yaratadilar. Tez hujum javob hujumlari vaqtida, yahni o’yin 
e’izodi davomida to’pni qo’lga kiritgan komandaning harakatlarini uyushtirish 
vaqtida eng ko’p samara beradi.
Hozirgi futbolda komanda to’pni qo’lga kiritganidan keyin, o’yin e’izodi 
davomida hujumning uchta fazasi bo’ladi. 
Birinchi faza – «o’tish», yahni mudofaadan tez hujum usulida hujumga 
o’tishdagi tayyorgarlik harakatlari. Bu harakatlar to’pni oldindagi o’yinchiga tez 
uzatib berishni va mudofaada qatnashgan hujum o’yinchilarining hujum qatoridagi 
o’z joylariga qaytishini o’z ichiga oladi. 
Ikkinchi faza – «hujum», yahni raqiblar hujumning oldini olish hamda 
bartaraf etish harakatlarini kuchay-tirish va uyushtirishga ulgurmasdanoq, uning 
mudofaasini yorib o’tish.
Uchinchi faza – «hujumni tugallash», yahni gol vaziyati hosil qilish va 
darvozani mo’ljallab zarba berish. 
149-rasm. Tez hujum 
158-rasmda o’z jarima maydonida o’ng qanot bo’ylab to’p yo’naltirganda – 
hujum qilganda yutib chiqqan komandaning keyingi tez hujum varianti 
ko’rsatilgan. O’ng tomon markaziy himoyachisi bo’lgan 3-o’yinchi yuqorilab 
kelgan to’p uchun kurashda yutib chiqib, to’pni 8-o’yinchiga oshiradi. U darhol 
qo’riqchisiz bo’lgan 11-hujumchiga uzatadida, o’zi katta tezlikda olg’a o’tib, 
oldingi qatorda miqdor ustunligi hosil qiladi. 11-o’yinchining bundan keyingi 
harakati ikki variantda bo’lishi mumkin: biri sheriklarining chalg’i-tuvchi 
manyovridan foydalanib, zarba berish pozitsiyasiga chiqish bo’lsa, ikkinchisi 


212 
oldingi tomon o’tib, himoyachilardan birini o’ziga jalb etgandan keyin darvozani 
mo’ljallab zarba berish uchun bo’shagan sherigiga to’pni uzatib yuborishdir. 

Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling