Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport


Download 5.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/125
Sana28.10.2023
Hajmi5.17 Kb.
#1731074
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma

I bob. BASKETBOL
1.1. Basketbolning paydo bo`lishi va rivojlanishi
Basketbol 1891-yilda AQSHning Massachusets shtatidagi Springfild kollejining 
jismoniy tarbiya o`qituvchisi Jeyms Neysmit tomonidan “kashf” etilgan. Bu 
o`yinni yaratishda Neysmit uzoq vaqtlardan beri keng tarqalgan to`p bilan 
o`tkaziladigan oddiy o`yinlar haqidagi tarixiy ma’lumotlardan foydalangan deb 
taxmin qilish mumkin. 
Kollejda o`tkaziladigan gimnastika darslarini jonlantirish haqida topshiriq olgan 
Jeyms Neysmit yopiq xonalar uchun yangi o`yin o`ylab chiqadi. U balkon 
panjaralariga shaftoli solinadigan savatlardan ikkitasini osib qo`yadi. O`yinga 
erkaklar bilan ayollar birgalikda qatnashardilar. Neysmit taklif qilgan o`yin 
birinchi kundanoq talabalar orasida katta qiziqish uyg`otdi. 
Gimnastika guruhida 18 kishi bo`lgani uchun, ular ikki jamoaga bo`linib o`ynay 
boshladilar. Keyinchalik har bir jamoadagi o`yinchilarning soni 7 va 5 nafargacha 
kamaytiriladi. 
To`p savatga tashlanganligi uchun bu o`yin (basketbol) (basket- savat, bol-to`p) 
deb atala boshladi.
Keyingi yillarda basketbol o`yini asta-sekin o`ziga xos xususiyatlarga ega 
bo`lgan sport turiga aylandi.
1892- yilda Neysmit o`yin qoidalarining 13-moddasini tuzib chiqdi. 1892-yilda 
Jeyms Neysmit o`zining “Qoidalar kitobi”ni birinchi marta chop etdi. Bu kitobda 
to`pni yerga urib yurish mumkinligi haqida birinchi marta yozilgan edi. Shundan 
so`ng maxsus musobaqalar o’tkazish boshlandi va bu qoidalar yildan – yilga 
mukammallasha bordi. 
Masalan, 1893 – yilda birinchi bo’lib temir halqali turli savatlar paydo bo’ldi. 
Yana bir yildan so’ng to’pning aylana uzunligi 30-32 dyuym (76,2-81,3 sm) gacha 
ko’paytirildi. 1895-yilda 15 fut (5m. 25sm) masofada bajariladigan jarima to’plari 
kiritildi.
Birinchi rasmiy musobaqa qoidalari 1894-yilda AQSH da e’lon qilingan edi. 
1895-yilda boshlab AQSH da basketbol bo’yicha rasmiy musobaqalar o’tkazila 
boshlandi. O’yin yildan – yilga rivojlana borib, uning texnikasi va taktikasi 
vujudga keldi. 1896-yildan boshlab to’pni yerga urib yurishga ruxsat berildi. 
Basketbol avvaliga Amerikadan Sharq mamlakatlari –Yaponiya, Xitoy, 
Filippinga, undan so’ng Yevropa mamlakatlari-Chexoslovakiya, Litva, Estoniya, 
Latviya, Italiya, Fransiyaga va nihoyat Janubiy Amerikaning ayrim mamlakatlariga 
tarqaldi. 
Dunyodagi ko’pgina mamlakatlarda basketbolning keng tarqalishi natijasida 



1919-31 yillarga kelib milliy basketbol federatsiyalari tashkil qilina boshlandi. 
1932-yilning 18-iyunida Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA)ning tashkil 
qilinishi esa bu o’yinning yanada rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. 
Argentina, Gretsiya, Italiya, Latviya, Portugaliya, Ruminiya, Shvetsariya va 
Chexoslovakiya mamlakatlari Xalqaro basketbol federatsiyasiga birinchilar 
qatorida a’zo bo’lib kirdilar. O’yin butun dunyoga tezlik bilan keng tarqala 
boshladi. 
1930-yillarda AQSHning Stenford universiteti jamoasining “yulduzi” Xenk 
Luizetti basketbol tarixida birinchi bo’lib to’pni savatga sakrab otish usulini 
qo’lladi. Hozir esa bu usul ommaviy tus olgan. 
1935-yilda Jenevada erkaklar jamoalari o’rtasida birinchi Yevropa chempionati 
bo’lib o’tdi. Bunda Boltiqbo’yi mamlakatlarining jamoalari ustun keladilar. 
Yevropa chempioni unvoniga Latviya terma jamoasi birinchi bo’lib sazovor bo’ldi. 
1936-yilgacha to’p savatga tushgandan so’ng o’yin maydon o’rtasida baxs 
to’pini tashlash bilan davom ettirilgan bo’lsa, undan keyin to’p savatga tushgandan 
so’ng o’yin shit ortidagi yuz chizig’ini tashqarisidan o’yinga kiritiladigan bo’ldi. 
Bu o’yin intensivligini ancha oshiradi.
1936-yilda basketbol birinchi martda olimpiada o’yinlari dasturiga kiritildi. 
Berlinda bo’lib o’tgan XI olimpiada o’yinlarining basketbol turnirida 21 
mamlakatning erkaklar jamoalari qatnashdi. Ayollar o’rtasida birinchi Yevropa 
chempionati 1938 yilda Rimda bo’lib o’tdi. Bunda Italiya milliy jamoasi g’alaba 
qozondi. 
1948-1956 yillarga kelib Xalqaro basketbol federatsiyasi boshqa xalqaro sport 
birlashmalari ichida yuqori o’rinlardan birini egalladi. Dunyo va Yevropa
chempionatlari kabi katta musobaqalar FIBA rahbarligi ostida o’ta boshladi. 
Xalqaro musobaqalarning barchasiga sotsialistik mamlakatlar faol qatnasha 
boshladilar. 1948-yilga kelib 50 mamlakat Xalqaro basketbol federatsiyasiga a’zo 
bo’lib kirdi. Basketbol texnikasi va taktikasi rivojlana bordi. To’pni uzatish, uni 
yerga urib yurish va chalg’itishlarning yangi usullari vujudga keldi. Masalan, 
to’pni savatga bir qo’llab otish, so’ngra esa sakraganda bir qo’llab otish kabi 
usullarning paydo bo’lishi basketbol texnikasi va taktikasiga juda katta ta’sir 
ko’rsatadi. Agarda ilgari musobaqa hisobi 20-30 ochkodan oshmasdan tugaydigan 
bo’lsa endi uchrashuv hisobi 90-100 ochkoga yeta boshladi. 
Taktikada markaziy o’yinchi orqali hujum uyushtirish sistemasi erkaklar 
jamoalari o’rtasida vujudga keladi.
1950-yilda Argentinada birinchi dunyo chempionati bo’lib o’tdi. Ayollar 
jamoalari uchun birinchi dunyo chempionati 1953-yilda o’tkazildi va AQSH 
ayollar terma jamoasi jahon chempioni unvoniga sazovor bo’ldi. 
Hozirda jahon chempionati ayollar va erkaklar jamoalari uchun har to’rt 



yilda bir marta o’tkazilib kelinmoqda. 
1950- yillarning boshida basketbol o’yinining musobaqa qoidalariga quyidagi 
o’zgartirishlar kiritildi: 
30 soniya qoidasi (bunda, asosan to’pni egallab turgan jamoa 30 soniya vaqt 
ichida uni raqib savatiga otishi lozim); 
30 soniya qoidasi va jarima maydonchasining kengaytirilishi (bunda, asosan 
hujumchining raqib jarima maydonchasi ichida 3 soniyaan ortiq turishi 
ta’qiqlandi); bugunda bu qoida 24 soniyaga o’zgartirilgan 
to`pni yerga urib yurishni boshlashda to`p basketbolchining qo`lidan chiqqandan 
so`nggina tayanch oyoqni yerdan uzishga ruxsat berildi va hokazo. 
Bu yillarda basketbol o`yinining bir qo`llab to`p uzatish, faqat panja harakati 
bilan to`p uzatish, chalg`itib uzatish hamda to`pga qaramasdan uni yerga urib 
yurish, sakraganda bir va ikki qo`llab savatga to`p otish kabi texnik usullari 
takomillashdi va keng tarqaldi.
1957-yildan so`ng basketbol juda katta rivojlanish davrini boshidan kechirdi. 
O`yinining rivojlanishiga sotsialistik mamlakatlar katta hissa qo`shdilar. 
Sotsialistik mamlakatlarning vakillari FIBA o`tkazayotgan kongress va 
konferensiyalarga borib, o`yin jarayoniga ta’sir ko`rsatadigan hamma masalalarni 
hal qilishda faol qatnashmoqdalar.
Yevropa mamlakatlarining juda ko`pchiligi FIBA rahbarligi ostida har yili 
muntazam o`tkazilayotgan Yevropa chempionati Kubogi va Kubok egalari Kubogi 
musobaqalarida qatnashib kelmoqdalar.
Hozirgi kunda basketbol bilan boshqa sport turlariga nisbatan ko`p kishi 
shug`ullanmoqda. 
XXI Olimpiada o`yinlari dasturiga (1976, Monreal) basketbol bo`yicha ayollar 
bellashuvining kiritilishi esa o`yinning bundan keyingi rivojlanishiga yanada katta 
ta’sir ko`rsatdi. 

Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling