Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 2.07 Mb.
bet3/27
Sana14.11.2023
Hajmi2.07 Mb.
#1772585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
PQ-414 03.11.2022

(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahriridaQonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Institut xodimlarining lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) asosiy egallab turgan lavozimi bo‘yicha, qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa qo‘shimchalar va ustamalardan qat’i nazar, Yoshlar siyosati va sport vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ustamalar belgilash;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahriridaQonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Institutni zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriya qurilmalari, asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun xalqaro moliya institutlari hamda tashkilotlari grantlari, texnik ko‘mak va boshqa tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb qilish;
Institut tadqiqotchilari va mutaxassislarining xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi qiymati hamda shu bilan bog‘liq xarajatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Institutda “Sport turining alohida yo‘nalishlari” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahriridaQonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Bunda, Institutga talabalarni “Sport turining alohida yo‘nalishlari” magistratura mutaxassisligiga qabul qilish kvotalari har yili Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi “Sport turining alohida yo‘nalishlari” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tayyorlashni yo‘lga qo‘ysin.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahriridaQonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
15. 2023-yil 1-yanvardan boshlab Institutda “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash tashkil qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov):
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahriridaQonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Institutda jismoniy tarbiya va sport sohasining dolzarb yo‘nalishlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi belgilangan tartibda shakllantirilishini;
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida tanlov va ilmiy ekspertiza natijalariga ko‘ra Institutga grantlar ajratilishini;
2023-yil yakuniga qadar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Institutning ilmiy va innovatsion loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, laboratoriya jihozlarini xarid qilish uchun mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
17. Universitet va uning filiallari, Oliy sport mahorati instituti hamda Institut faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida O‘quv-ilmiy hamjamiyat tashkil qilinsin.
Belgilansinki, O‘quv-ilmiy hamjamiyatda Universitet va uning filiallari, Oliy sport mahorati instituti hamda Institut professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari, sport-ta’lim muassasalari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari va ilmiy-tadqiqot institutlarida samarali faoliyat yuritayotgan olimlar va ekspertlar tomonidan yaratilayotgan ishlanmalar va metodikalar tajribadan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda O‘quv-ilmiy hamjamiyat faoliyatini samarali tashkil qilsin, shu jumladan:

Download 2.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling