Jismoniy tarbiya va sport universiteti


Download 2.09 Mb.
bet3/139
Sana31.01.2024
Hajmi2.09 Mb.
#1820298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Bog'liq
ЖТ ва СП ДАРСЛИК

1MODUL. JISMONIY TARBIYA VA SPORT PEDAGOGIKASI UMUMIY ASOSLARI
1-MAVZU:JISMONIY TARBIYA VA SPORT PEDAGOGIKASINING UMUMIY ASOSLARI
1.1.Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasining predmeti, maqsadi, vazifalari .

Bugungi kunda dunyo hamjamiyati iqtisodiy - moliyaviy inqirozni boshdan kechirayotgan bir vaqtda mamlakatimiz jamiyat uchun yetuk, malakali mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Bunga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari qabul qilinishi aholi salomatligini yaxshilash, o‘quvchi-yoshlar hamda talabalarning jismoniy barkamolligini tarbiyalash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan muhim muammolarni hal etishga qaratilgan. Buyuk davlatni qurayotgan kishilarning tafakkuri, yangi iqtisodiy munosabatlarni tiklashga, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga astoydil kirishib doimo yonib yashash hissi bilan sug‘orilgan bo‘lishi lozim. Mana shunday ijobiy xislatlarga boy insonni tarbiyalash pedagogika o‘quv yurtlarining, o‘quv muassasasi, litsey, gimnaziya, kollej, institut va universitetlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.


Buyuk alloma A.Avloniy ta’kidlaganlaridek: “Tarbiya biz uchun yo hayot. yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”. Haqiqatan ham inson hayotini saodatga, sof insoniy faoliyatga erishishida tarbiyaning roli nihoyatda muhim. Yoshlarni tarbiyalashda biz uchun qadrli bo‘lgan milliy urf-odatlarimiz,
an’analarimiz, o‘chmas merosimizga mehr-muhabbat ularga sodiqlik ruhini shakllanitira olsak har birimiz uchun ijobiy natija bajarayotgan ishlarimizning mahsuli ekanligi bilinadi.
Buning uchun avvalo milliy g‘urur, milliy ong, milliy g‘oya, ma’naviyat, yuksak madaniyat egasi kabi tushunchalarni yoshlarning ongiga singdirishimiz lozim. Chunki tarixni bilmasdan, o‘rganmasdan undan ruhiy, ma’naviy ozuqa olmasdan turib, kelajakni, kelajakdagi orzu umidlarga erishib bo‘lmaydi.
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka etaklash yo‘llari, usullari va qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat insonning ma’rifiy va ma’naviy komillikka erishishi tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangan sari etuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab etishtirish ehtiyoji ortib, o‘zgarib, yangilanib borgan.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan etuk insonlar bo‘lib voyaga etishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Buning yaqqol misoli sifatida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Ta’lim to‘g‘risidagi qonun 1 Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullandi va qabul qilindi. Bu qonun ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Qonunga muvofiq, ta’lim turlari quyidagilardan iborat:

  • maktabgacha ta’lim va tarbiya;

  • umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;

  • professional ta’lim;

  • oliy ta’lim;

  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

Umumiy o‘rta ta’lim I-XI sinflarni o‘z ichiga oladi.
O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi.
Professional ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi.

Download 2.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling