Jismoniy tarbiyaning metodik prinsiplari va ularning tavsifi Rеja
Download 67.84 Kb.
|
Umumiy jismoniy tayyorgarlik sog`liqni mustahkamlashga, keng doirada harakat malakalari va ko`nikmalariga ega bo`li-shiga, o`zidan keyingi maxsus tayyorgarlikka zamin bo`lishi uchun xizmat qiladigan asosiy harakat sifatlarini rivojlantirishga yo`naltirilgan.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik maqsadida jismoniy tarbiyaning barcha turdagi vositalaridan, xilma-xil jismoniy mashqlardan, tabiatning sog`lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillardan foydalaniladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiyaning barcha etaplarida ko`proq maktab jismo-niy tarbiya tizimida, ommaviy fizqo’ltura ishlarida va jismo-niy mashqlar bilan individual shug`ullanish shakllari orqali amalga oshiriladi. Kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi – bu jismoniy tar-biyaning mutaxassislashtirilgan, aniq mehnat turi va mudofaa faoliyatiga tayyorlashga yo`naltirilgan jarayondir. Bunda asosan, jismoniy mashqlarning hunar yoki kasbga yaqin bo`lgan turlaridan foydalaniladi. Kasbga yo`naltirilgan jismoniy tayyorgarlik vositalarining qo`llanishi mehnat harakat malakala-rining shakllanishini egallash jarayonini tezlashtiradi, mehnat unumdorligini oshiradi, organizmning, tashqi muhit ta’sirining zararli faktorlariga qashilik ko`rsatishini yaxshilaydi. Umumiy va kasb jismoniy tayyorgarligi deb ajratish ma’lum darajada shartli bo`lib, ikkala yo`nalishi ham bir-birini to`ldiradi. Sport tayyorgarligi jismoniy tarbiyada maxsus yo`nalishni ifoda etadi. Buning vazifasi insonni tanlab olingan biror sport turida yuqori natijalarga erishishni ta’minlashdir. Jismoniy tarbiyada sport tayyorgarligi, organizmning funktsional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bog`liq bo`lgan, yuqori sport natijasi kishilarning jismoniy tayyor-garligini baholash kriteriyasiga aylanadi va jismoniy tarbiyaga mo`ljal sifatida juda keng qo`lamda qo`llaniladi. Sport trenirovkasi pedagogik hodisa bo’lib, mashq qilish usuliyatlari tizimi yordamida bevosita yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan va jismoniy tarbiyaning ixtisoslashgan jarayonidir. Shuni ta’kidlash muhimki, sport pedago-gika nuqtai nazaridan birdan-bir maqsad bo’lmasdan, tarbiyalash, soglomlashtirish va hayotga tayyorlashning vositasidir. Sport mashgulotining vazifalari: soglikni mustahkamlash va ma’naviy tarbiya talablari, shaxsni har tomonlama garmonik rivojlantirish; sport texnikasi va taktikasini egallash; tanlangan sport turiga xos jismoniy, ruhiy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish, sport gigienasi va o’z-o’zini nazorat qilish sohasida amaliy va nazariy bilimlarni egallashdan iborat. Sport mashguloti davomida faqat yuqori mahoratinigina egallamasdan, sogligini mustahkamlash, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, serunum mehnat va Vatan himoyasi uchun zarur bo’lgan hayotiy zaruriy malakalarni eggalash vazifalari hal qilinadi. Sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligi birligi. Hozirgi davrda sport mashguloti sportchining jismoniy va ma’naviy sifatlarini rivojlantirishga, uning bilim darajasini to’xtovsiz kengaytirishga qaratilgan holda har tomonlama tarbiyalash jarayonini tashkil qilgandagina to’liq pedagogik natijaga erishiladi. Sport trenirovkasining shunday yo’nalishi jismoniy tarbiya tizimining umumiy printsiplariga mos keladi. Sport qayd etilganidek, yagona maqsad bo’lmasdan shaxs qobiliyatni har tomonlama rivojlantiruvchi, ijodiy va ongli faoliyatiga tayyorlovchi vositalardan biridir. Sport mashguloti ikki yo’nalishni; umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) jarayonini tarkiban birlashtiradi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) jarayonida organlar, sistemalar va funktsiyalarni umumiy rivojlantirish asosida sport ixtisosligiga mavjud shart-sharoitlarni yaratadi, kengaytiradi, shuningdek, uning turli xil harakat, ko’nikma va malakalarining munosabatlarini boyitadi. Maxsus tayyorgarlik esa, muayyan sport turi uchun – xos bo’lgan sifat va qobiliyatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi, shuningdek, unga xos texnik va taktik bilim va malakalar bilan qurollantiradi. Umumiy tayyorgarlikni ham, maxsus tayyorgarlikni ham, mashgulot jarayonidan olib tashlab yoki birini ikkinchisi bilan almashtirib bo’lmaydi. Chunki umumiy va maxsus tayyor-garlikning orasida o’zaro uzviy bogliqlik mavjud. Ularning o’rtasidan chegara o’tkazish mumkin emas. Ayrim mutaxassislar shunga tayanib, sport trenirovkasining bu jihatlarini ajrat-maslikni taklif qiladilar. Bizning fikrimizcha esa umumiy va maxsus tayyorgarlik o’zining xususiy funktsiyalari, vosita-lari, usullari va shuningdek, mashgulot jarayonlari bilan birmuncha farq qiladi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik sport ixtisosining muhim omilidir, umumiy jismoniy tayyorgarlik esa sportchi rivojlanishining u yoki bu tomonlari orasidagi turli xil aloqalar orqali ixtisoslashish jarayoniga bilvosita ta’sir qiluvchi omildir. Sportchining umumiy tayyorgarligi ixtisosligi xususiyatlarini ham aks ettirishi lozim. Chunki, alohida jismoniy mashqlar davomida ijobiy va shuningdek, salbiy ta’sirlar uchrab, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida bir xil bo’lishini cheklab turadi. Ko’rganimizdek, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida turlicha bo’ladi, ammo uni maxsus tayyorgarlik bilan aralashtirib bo’lmaydi. Download 67.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling