Jismoniy tarbiyaning o’qitish metodlari
Download 41.68 Kb.
|
Isoqulov Sanjarbek
Jismoniy tarbiyaning o’qitish metodlari (o’yin, musobaqa metodi) Reja Qatiyyan va qisman reglamentlashtirilgan mashq usuliyatlari. Qat’iyyan reglamentlashtirilgan mashk usuliyati. Yo‘llanma beruvchi mashklar. Yo‘llanma beruvchi mashklar tizimi. O‘yin usuliyati. Musobaqa usuliyati. Musobaqa metodining xarakterli belgilari. Bu usuliyatlar o‘quvchilarning o‘zlarini aktiv harakat faoliyatlariga asoslangan. Shartli ravishda ularni ikqi guruhga ajratamiz: qatiyyan va qisman reglamentlashtirilgan mashq usuliyatlari (B.A. Ashmarin). Ular orasidagi farq nisbiy. Darajasi va xarakteri turlicha bo‘lsada, reglamentlash daqiqasi har bir usuliyatda xam mavjud. Ma’lum sharoitda turlicha kichik guruhlardagi (podgruppadagi) ikki xil usuliyat birlashtiri-lishi mumkin. Kisman reglamentlashtirilgan mashq usuliyati va musobaqa usuliyati orqali bir xil harakat faoliyati o‘qita-verilishi mumkin. Qat’iyyan reglamentlashtirilgan mashk usuliyati harakat shaklini, nagruzka kattaligini, uning ortishini, dam olish bilan to‘g‘ri navbatlashuvini va hokazolarni reglamentlashtirish orqali harakat faoliyatini ko‘p marotabalab bajarish bilan xarakterlanadi. Buning natijasida alohida harakatlarni tanlab olib, asta-sekinlik bilan ulardan zarur bo‘lgan xarakat faoliyatini tuzishga imkoniyat yaratiladi. Harakat faoliyatini o‘zlashtirishdagi bo‘laklarga (kismlarga) ajratishni to‘la o‘rgatish usuliyati bilan bir birini to‘ldirishi va turli sharoitga muvofiq, o‘quv vazifalarini aniq belgilab o‘quvchilarning guruhli va individual xarakteristikasiga, ta’lim etaplari, o‘quv materialining xarakteri va mazmuni, o‘quv vositalarining soni (jihozlar, snaryadlar va boshqalar)ga karab qo‘llanilishi kerak. Asosan, bu usuliyatdan jismoniy sifatlarni rivojlantirish maqsadida foydalaniladi. Mashq belgilangan vaqt ichida tanlangan harakat sur’ati (tempi), ritmi, amplitudasi harakat fazalariny o‘zgarishsiz berilgan ketma-ketlikda oldindan tuzilgan dastur asosida bajarishni takazo qiladi. Kismlarga (bo‘laklarga) ajratish bilan o‘zlashtirish usuliyati brshlanishida harakat faoliyatini alohida bo‘laklarga ajratib, ularni asta- sekin zarur bo‘lgan umumiylikka birlashtirishni nazarda tutadi. Bu usuliyatni to‘laqonli amalga oshirish ko‘p holda xarakat faoliyatining alohida bo‘laklarini qismlarga ajrata olish va uni ajratish lozim emasligini bilishni hamda amalda uni bajara olishni uddalay oladimiyo‘qmi shunga bog‘liq. Pedagogika amaliyotidagi qator ilmiy va amaliy izlanishlar har kanday xarakat faoliyatini tarkib topdirgan bo‘laklarga - qismlarga ajratish mumkinligini isbotladi. Kismlarga ajratish chegarasi va uning xarakteri ta’limning vazifalariga muvofiq holda, mashqni bo‘laklay olishni bilishni taqazo etadi. Bir butun tarkibdagi alohida elementlar orasida belgilangai munosabatlar o‘rnatiladi. Bir butun bo‘lishni aniqlash faqat uni qismlarga ajratishni anglash, bir butun bo‘lish qonuniyatlarini bilish orqali amalga oshiriladi. Bo‘laklarga bo‘lish kismlarga ajratib o‘rgatish usuliyatining xarakterli belgisi hisobdlanadi. U butun bir xarakat faoliyatini egallashni yengllashtiruvchi boshlang‘ich bir etap xolos, yakuni bo‘lib harakatni to‘la o‘rganish tushuniladi. Yakunida o‘quvchilar harakat faoliyatini boshlanishidan oxirigacha bir butun deb qabul kilishlari lozim. Bu qo‘shilishning ijrosida asosiy va ikkinchi darajali elementlar bo‘lishi mumkin emas, ularning hammasi muhimdir. Barchasi u yoki bu darajada o‘zida umumiy yutuqga poydevor quradi. Harakat faoliyatini kismlarga ajratish usullari turli tuman bo‘ladi, lekin ularning har biri oxirida anik yo‘llanma beruvchi mashqlarning vujudga kelishiga olib keladi. O‘zining vazifasiga ko‘ra hamda tabiatiga ko‘ra to‘la bir butun harakatning "bo‘laklari-elementlari" bilan prinsipial farkga ega bo‘lmaydi va maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan bo‘laklarga bo‘lish jarayonining natijasi hisoblanadi. Download 41.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling