2.2.1. Pedagogik kuzatishlar
Pedagogik kuzatishlar asosan Namangan viloyati Chust tumanidagi bir qator umumiy o`rta ta’lim maktablarida o`tkazildi. Bunda asosan maktabdagi darsdan keyingi sport to`garaklarida voleybolchilarni jismoniy tayyorgarligi va boshqalar kuzatildi.
2.2.2.Voleybolchilarning jismoniy rivojlanishini aniqlash
Voleybolchilarning jismoniy rivojlanishi quyidagi asosiy antropometrik ko`rsatkichlar asosida aniqladik:
42
A)gavda uzunligi (sm)
B)gavda og’irligi (kg)
V)ko`krak qafasining kengligi tinch xolatda (sm)
G)o`pkaning tiriklik sig’imi (ml)
D)o`ng va chap qo`llar kuchi (kg)
2.2.3.Voleybolchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash
Voleybolchilarni jismoniy tayyorgarligini aniqlashda quyidagi testlardan foydalandik:
A)30 m.gacha yugurish (soniya)
B)4 x 10 metrga mokkisimon yugurish (soniya)
V)Turgan joydan uzunlikka sakrash (sm)
G)Oyoqlarning orasini 30 smga ochib erga o`tirgan holatda tizzalarini bukmasdan oldinga intilish (sm)
D) 1 daqiqa davomida gavdani bukib yozish (marta)
2.2.4. Tadqiqot ishini tashkil etish
Tadqiqot ishi 2018-2019 o`quv yilida Chust tumanidagi 1 va 7-umumiy o’rta ta’lim maktablarda o`tkazildi. Tadqiqot ishida 64ta voleybolchi ishtirok etdi.
Tadqiqot sentyabr oyidan aprel oyigacha davom etdi. Tadqiqot ishidan oldin tajriba va nazorat guruhlaridagi voleybolchilarning jismoniy rivojlanishini va jismoniy tayyorgarlik ko`rsatkichlari testlar hamda antropometrik ko`rsatkichlar orqali aniqlandi.
2.2.5. Matematik statistik usullar
Tajriba asosida yig’ib olingan ma’lumotlarni matematik-statistik usulda taxlil qilishda V.I.Ivanova, va F.A.Kerimovlarning adabiyotlaridan foydalanildi.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |