Jismoniy va ma'naviy eskirish
Download 26.5 Kb.
|
Jismoniy va ma
Jismoniy va ma'naviy eskirish bu - (mashina, mexanizmlar, jihozlar, binolar, inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarga o‘tib borishi. Asosiy vositalar moddiy yoki jismoniy va ma’naviy eskiradi. Moddiy eskirish mehnat vositalaridan foydalanish jadalligi va uning korxonada ishlatilgan muddatlari bilan belgilanadi. Ma’naviy eskirish texnika taraqqiyoti natijasida mehnat vositalarining arzonlashuvi hamda iqtisodiy jihatdan mukammal bo‘lgan yangi mehnat vositalarining yaratilishi va joriy qilinishi bilan bog‘liq. Moddiy eskirish—mashina va uskunalarning ishlab chiqarish jarayonida foydalanish jarayonida uskunalarning qismlari, uzel, konstruksiyalari, shakli, o’g’irligi va ustki qismlarining o’zgarishidir. Moddiy eskirish darajasiga asosiy quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: mashina va uskunalar tayyorlangan material; mashina va uskunalarning ishlash rejimi; asosiy fondlarga tehnik hizmat ko’rsatish darajasi; tashqi muhit (chang, namlik va boshqalar). Asosiy fondlarning jismoniy eskirishi me’yoriy va avariyali (halokatli, qaltis) bo’ladi. Meyo’riy eskirish asosiy fondlarning uzoq muddat ishlashi davomida o’z xususiyatini tabiiy yo’qotishidir. Ma'lumki, asosiy vositalarni ishlab chiqarish jarayonida uzoq, muddat mobaynida ishlatilishi, ularni ana shu muddat mobaynida tabiiy kuchlar ta'siri ostida jismoniy, ilmiy-tеxnik taraqqiyot natijasida esa, ma'naviy eskirishiga olib kеladi. Shu nuqtai nazardan asosiy vositalarning qiymati ularni ana shu taxmin qilinayotgan ishlatish muddati mobaynida, ular foyda kеltiradigan hisobot davri davomida tеng ravishda taqsimlanishi (xisobdan chiqarilishi) kеrak. Bu jarayon eskirish dеb ataladi. Asosiy vositalarning eskirish miqdorini xisoblashga bir qator omillar ta'sir ko’rsatadi. Bular asosiy vositalarning:
boshlang’ich qiymati; qoldiq qiymati (tugatish qiymati); eskirish xisoblanadigan qiymati; taxmin qilinayotgan foydalanish muddati. Download 26.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling