Jizpi sirtqi boʻlim 676-21 ym guruh talabasi qoʻldoshev jasurbekning


Download 72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.11.2023
Hajmi72 Kb.
#1787279
Bog'liq
bu 2



JIZPI SIRTQI BOʻLIM 676-21 YM GURUH
TALABASI QOʻLDOSHEV JASURBEKNING
QUILISHDA MATRELOGIYA,
STANDARTLASHTIRISH VA SIFAT
NAZORATI FANIDAN TAYYORLAGAN ISHI
Jizzax-2023


Mavzu: Yoʻl qurilish maxsulotlarining sifati va tasnifi
Reja:
Yo'l qurilishining sertifikatsiyalash turlari.
Mahsulotning sifatini baholash.
Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi.
Tekshirish va sinash usullari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Nazorat qilish turlari quyidagi alomatlar bo`yicha tasniflanadi.
1. Texnologik jarayon nazorat qilishni o`tkazish joyi, vaqtiga qarab quyidagi (nazorat
qilish bosqich)lariga bo`linadi:
Dastlabki nazorat – keladigan ashyolar, buyumlar, qurilmalar, grunt va boshqalarni,
shuningdek texnikaviy hujjatlarni nazorat qilish. Nazorat qilish ko`pincha ro`yxatga olish
usuli bilan (sertifikatlar bo`yicha), kerak bo`lgan hollarda esa o`lchash usuli bilan amalga
oshiriladi;
Operatsiyaviy nazorat- ishlarni amalga oshirish jarayonida yoki ishlar bevosita
tugatilgandan so`ng, bajariladigan nazorat daftarlarida va ushbu tashkilotda
ishlatayotgan sifatni boshqarish tizimi ko`zda tutgan hujjatlarda qayd qilinadi;


Qabul qilish nazorati – ob’yekt qurilishining yoki ob’yekt qurilishi bosqichlarining, yopiq
ishlarining va boshqa nazorat ob’yektlarining tugallanishi bo`yicha nazorat ob’yektining
ishlatishga yoki keyingi ishlarni bajarishga yaroqliligi haqida hujjatlashtirilgan xulosa
qabul qilinadi.
U yoki bu ko`rsatkichni qabul qilish nazorati bir necha bosqichda va turli usullarda
amalga oshirilishi mumkin (masalan, alohida qatlamdagi gruntning va butun to`kmaning
zichligi). Bunda pastki sathni tekshirish natijalari, yuqoridagi sathni tekshirishga dalil
bo`lib xizmat qilishi bo`yicha yopiq ishlarining tekshiruv dalolatnomalari butun
to`kmalarni qabul qilishda taqdim etiladi. Qabul qilish nazorati natijalari yopiq ishlarning
tekshiruv dalolatnomalarida, muhim qurilmalarni oraliq qabul qilish dalolatnomalarida va
qurilish ishlari, binolar va inshootlarni qabul qilish bo`yicha mavjud me'yorlarida qayd
etiladi.
2. Nazorat qilinadigan ko`rsatkichlarning qamroviga qarab quyidagilar (nazorat
hajmlar)ga bo`linadi:
Yaxlit nazorat – bunda nazorat qilinadigan mahsulotlarning barcha miqdori (barcha
choklar, barcha qoziqlar, barcha qurilmalar, zaminning barcha sirtlari va b.) tekshiriladi;
Tanlama nazorat – bunda nazorat qilinadigan mahsulotning qandaydir miqdori
(tanlamasi) tekshiriladi. Tanlash hajmi qurilish me'yorlari va qoidalarida, loyihada va
boshqa hujjatlarda belgilanadi. Agar qurilish me'yorlarida nazorat qilish nuqtalari
tasodifan joylashishi talab etilsa, tanlash "sochma" usulda, nazorat qilishga ko`rsatilgan
mahsulotlar uchun GOST 18321-73 bo`yicha belgilanadi.
3. Nazorat qilishning davriyligiga qarab quyidagi(nazorat qilish davriyligi)larga bo`linadi:
Uzluksiz nazorat – texnologik jarayonning nazorat qilinadigan ko`rsatkichi haqida
axborot uzluksiz keladi;
Davriy nazorat – nazorat qilinadigan ko`rsatkich haqida axborot ma'lum vaqt oralig`ida
keladi;
Bir lahzali nazorat – asrash, buzilishdan saqlash, ko`pincha yaxlit, tanlama yoki davriy
nazoratlarni qo`llash maqsadga muvofiq bo`lmaganda tasodif vaqtida (epizodik)
bajariladi (masalan, xandakni ko`mish vaqtida gruntning zichligini nazorat qilish).
4. Maxsus nazorat qilish vositalaridan foydalanishiga qarab quyidagi (nazorat usul)
larga bo`linadi:
- o`lchash nazorati, o`lchash nazoratlarini ishlatib, shu jumladan laboratoriya jihozlaridan


foydalanib bajariladi;
- qarab tekshirish nazorati:
- texnikaviy ko`zdan kechirish;
- ro`yxatdan o`tkazish nazorati, hujjatlarda (sertifikatlarda, yopiq ishlarni tekshirish
dalolatnomalarida, umumiy va maxsus ish daftarlarida va boshqalarda) qayd etilgan
ma'lumotlarni tahlil qilish yo`li bilan bajariladi. Nazorat qilinadigan ob’yektga yetib
bo`lmaganda (masalan, ankerni berkitishda) yoki o`lchash yoxud qarab tekshirish
nazoratining bajarish maqsadiga muvofiq bo`lmaganda (masalan, kon bo`yicha
muhandislik-geologik ashyolar bor bo`lganda to`kma uchun grunt turi) qo`llaniladi.
Har bir sertifikatlash faoliyatida, mahsulot sinovini o`tkazishda sertifikat berishda
sertifikatlashtiriladi, mahsulot sifatining nazoratini ta’minlashda muhim tarkibiy qism
sifatida akkreditlangan sinov labaratoriyalari hisoblanadi.
Labaratoriya akkreditlash deganda, sinov labaratoriyasining ma’lum sinovlar yoki
sinovlarini muayyan xillarini amalga oshirish huquqlarini rasmiy jihatdan tan olish
tushuniladi.
Bunda sinov laboratoriyasini texnikaviy layoqatliligini va xolisligini yoki faqat
layoqatliligini tan olishning ifodalanishi ko`rilishi mumkin.
Labaratoriyani attestatlash deganda labaratoriyani akkreditlash uchun belgilangan
mezonlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida sinov labaratoriyasini tekshirilishi
tushuniladi.
Shunday talablar qatoriga quyidagilar kiradi:
- xodimlarning nazariy tayyorgarligi va amaliy ishdagi texnikaviy layoqatliligi;
- sinov o`tkazish asbob- uskunalarni mavjudligi, o`lchash va boshqa vositalarni
akkreditlash huquqini olish uchun kerakli tekshiruv sinovlarini to`g`ri o`tkazishda moddiy
- texnikaviy ta’minotining yetarli ekanligi;
- sertifikatlashtirish tavsiflari bo`yicha har bir aniqlash uchun tekshirilayotgan sinov
usullari to`la tadbiq qilish va buning natijasida sinov yakunlar qaytaruvchanligi va
haqqoniyligi ta’minlashligi;
- laboratoriyani tashkiliy haq- huquqiy o`rin bo`lib, mahsulot ishlab chiqaruvchidan
mustaqil hamda tijorat yoki boshqa majburiyatlaridan bo`lmagan sinovlarning
haqqoniyligiga ta’sir o`tkaza olmaydigan bo`lishligi;


- sinovlar o`tkazishda tizim sifatini ta’minlanishligi mavjudligi;
Mahsulotning sifatini baholash
Mahsulot deganda mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi tushunilib, u
foydali xossalarga ega bo`ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi va muayyan
jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun mo`ljallanadi.
Mahsulotni yaratilishida, sotilishida va iste'molida yoki ishlatilishida namoyon
bo`ladigan xolisona xususiyati uning xossasi hisoblanadi.
Mahsulot ko`pgina turli xossalarga ega bo`lib, u yaratilishida, sotilishida va iste'molida
yoki ishlatilishida namoyon bo`lishi mumkin. "Ishlatilishi" atamasi shunday mahsulotga
nisbatan ishlatilishi mumkinki, bunda mahsulotdan foydalanish jarayonida u o`z resursi
hisobiga sarflanadi.
"Iste'mol" atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatiladiki, uning vazifasiga ko`ra,
ishlatilishida o`zi sarflanadi.
Mahsulot xossalarini shartli ravishda oddiy va murakkab turlarga bo`lish mumkin.
Mahsulotning oddiy xossasiga massa, sig`im, tezlik va boshqa ko`rsatkichlar kiradi.
Mahsulotning murakkab xossasiga misol sifatida buyum ishining ishonchliligini
olishimiz mumkin. Bu esa o`z navbatida bir qator oddiy xossalarni o`z ichiga oladi
(buzilmasligi, chidamliligi, ta'mirlanuvchanligi va saqlanuvchanligi kabidir).
Mahsulot sifati deganda, uning vazifasiga binoan muayyan ehtiyojlarni qanoatlantirishga
yaroqliligini belgilaydigan xossalar majmuasi tushuniladi.
Mahsulot sifati, uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning sifatiga bog`liq. Agar
mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil topgan bo`lsa, mahsulotning sifatini
belgilovchi, uni ayrim buyumlari hamda bir xillik, o`zaro almashuvchanlik va boshqa
shunday xossalarning majmuasidan tashkil topadi.
Mahsulot belgisi deganda- mahsulotning har qanday xossalari va holatlarining miqdoriy
va sifat tavsiflari tushuniladi. Sifat belgisiga materialning rangi, buyumning shakli,
detalning sathida himoya va bezak uchun ma'lum qoplamalarning bo`lishi, prokatning
yon tomoni (burchak, tavr, shveller va shunga o`xshashlar), mahsulot detallarining
biriktirish usullari (payvandlash, yopishtirish, parchinlash va shunga o`xshashlar),
sozlash usullari (qo`lda, yarim avtomatik, avtomatik va shunga o`xshashlar) kiradi.
Sifat belgilari orasida mahsulot sifatini boshqarishda katta ahamiyatga ega bo`lgan


statistik nazoratda qo`llanuvchi muqobil belgisi bo`lib, faqatgina ikkita bir- birini inkor
qiluvchi imkoniyatlari bo`lishi mumkin. Masalan, buyumlarda yaroqsizlikning borligi yoki
yo`qligi, detallarda himoya qatlamini borligi yoki yo`qligi va shunga o`xshashlar.
Mahsulotning miqdoriy belgisi uning parametridir. Mahsulot sifati o`zining ko`rsatkich
alomati bilan ifodalanadi.
Mahsulot sifatining ko`rsatkichi deb, mahsulot sifatiga kiruvchi bitta yoki bir necha
xossasining miqdoriy tavsifi, uning yaratilishi va ishlatilishi yoki iste'molidagi muayyan
sharoitlarga qo`llanilishini qurilishiga aytiladi.
Sifat ko`rsatkichlari quyidagi asosiy talablarga javob berishlari lozim:
- turg`unligi;
- rejali asosda ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga yordam berishi;
- fan va texnika yutuqlarini inobatga olinishi;
- muayyan vazifasiga ko`ra ma'lum ehtiyojlarni qondirishga layoqatliligi.
Vazifaviy ko`rsatkichlar mahsulot xossalarini tavsiflaydi, ularni asosiy vazifalarini
belgalaydi, mahsulotni qo`llash sohasiini aniqlaydi. Mashina va asbobsozlik,
elektrotexnika va boshqa buyumlar uchun bu ko`rsatkichlar buyum tarafidan
bajariladigan foydali ishni tavsiflaydi.
Turli xil konveyerlar uchun vazifaviy ko`rsatkichlar, unumdorlik, yuk uzatish masofasi va
balandligi, o`lchash asboblarida aniqlik ko`rsatkichlari, o`lchash chegarasi va shunga
o`xshashlarni tashkil etadi.
Tarkib va tuzilish ko’rsatkichlari mahsulotdagi kimyoviy elementlarni yoki guruhli
tuzilishlar miqdorini ifodolaydi.
Tarkib va tuzilish ko`rsatkichlariga quyidagilarni misol qilish mumkin:
-po`latning tarkibiy komponentlarining massa ulushlari;
-kislotalardagi turli tarkiblarning konsentratsiyasi;
-koksdagi oltingugurtning, kulning massa ulushi;
-oziq-ovqat va boshqa mahsulotlardagi qandning, tuzlarning massa ulushlari kiradi.
Xomashyo, materiallar, yoqilg`i va elektr quvvatlarini tejab foydalaniladigan
ko`rsatkichlari buyumning xossalarini tavsiflaydi va uning texnikaviy takomillanish


darajasini yoki ular tomonidan iste'mol qilinayotgan xomashyo, materiallar, yoqilg`i va
elektr quvvatlar me'yorini ifodalaydi.
Buyumlarni tayyorlashda va ishlatishda shunday ko`rsatkichlarga xomashyo, materiallar,
yoqilg`i va elektr quvvatini asosiy turlarining solishtirma sarflanishi (sifat
ko`rsatkichining asosiy o`lchovi); moddiy resurslardan foydalanish koeffitsiyenti, ya'ni
foydali sarflanishni ishlab chiqarishdagi mahsulot birligiga sarflanishiga nisbati
tushuniladi, foydali ish koeffitsiyenti va shunga o `xshashlar kiradi.
Mahsulotning murakkab xossasini tavsiflovchi, uning ehtiyojini maqsadli topshiriqlarga
binoan berilgan vazifalarni bajarishiga mahsulotni funksional layoqatliligi deb ataladi.
Mahsulotning murakkab xossasini tavsiflovchi berilgan rejimlar va qo`llanishda,
texnikaviy xizmatda, ta'mirlashda, saqlashda, transportda tashish sharoitlarida,
mahsulot o`zining funksional layoqatliligini saqlash qobiliyatiga- mahsulotning
ishonchliligi deb ataladi.
Mahsulotning badiiy ifodalanishini, shaklining to`g`riligini, kompozitsiyalarning
butunligini tavsiflovchi murakkab xossa mahsulotning estetikligi deb ataladi.
Mahsulotning xavfsizligi, bu uning murakkab xossasi bo`lib, inson uchun zararli ta'sir
etish miqdorini belgilaydigan ko`rsatkichidir.
Mahsulotning ekologikligi ham uning murakkab xossalaridan biri hisoblanib, atrof-
muhitga zararli ta'sir etish miqdorini belgalaydi.
Tayyor mahsulot o`zining iste'moldagi bahosi va boshqalariga nisbatan
raqobatbardoshliligi bilan ajralib turadi.
Iste'molchi tomonidan mahsulotni olishdagi (sotish bahosi) hamda uning iste'mol yoki
ishlatishdagi xarajatlarning yig`indisiga mahsulotning iste'mol bahosi deb ataladi.
Mahsulot, ham muayyan ehtiyojga mos kelish darajasi bo`yicha, ham shu ehtiyojni
qanoatlantirishdagi xarajatlar bo`yicha raqobatlanuvchi mahsulotlardan ajralib turishini
ifodalovchi mahsulotning tavsifi uning raqobatbardoshligi deb ataladi.
Mahsulot bozori deganda, uning sotilishida ehtiyoj va taklif orasidagi o`zaro
muvofiqlashtirish sharoitlaridagi tizim tushuniladi.
O`zaro muvofiqlashtirish darajasi esa bozor munosabatlarini boshqarishda va
turg`unlikda mezon bo`lib xizmat qiladi.
Marketing deganda, mahsulotning har bir hayotiy davri bosqichlarida amalga


oshiriladigan, uning raqobatbardoshli qilib yaratilishini va bozorda sotilishini
ta'minlaydigan faoliyat tushuniladi.
Sifat xalqasi deb ataluvchi tushuncha mahsulotning butun hayot holati davrini o`z ichiga
oluvchi (to`liq) mujassamlashgan faoliyatdir.
Sifat xalqasi ehtiyojlarni aniqlashdan tortib, to ularning qanoatlantirilishini
baholashgacha bo`lgan turli bosqichlarda sifatga ta'sir etadigan, o`zaro bog`langan
faoliyat turlarining nazariy tushunchalar modelidir.
Sifat ham boshqa tushunchalar singari o`zining tizimiga egadir.
Sifat tizimi deganda, tashkiliy cho`zilishi, ma'suliyati, ish tartibi, jarayonlar, resurslar
yig`indisi bo`lib, sifatning umumiy boshqaruvini amalga oshirilishi tushuniladi.
Belgilangan mahsulotning sifat ko`rsatkichlari nomenklaturasini tanlash, bu
ko`rsatkichlarning qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo`luvchi qiymatlar bilan
taqqoslashni o`z ichiga oluvchi ishlarning yig`indisi, mahsulot sifatining darajasini
baholash deb ataladi.
Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo`linadi:
1-turkum. Foydalanishda sarflanadigan mahsulot.
2-turkum. O`z resursini sarflaydigan mahsulot.
1-turkum mahsulotlari vazifasi bo`yicha foydalanish jarayonida sarflanadi. Odatda, qayta
ishlash qaytmas jarayon hisoblanadi;(xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar),
yoqilg`ining yonishi, oziq-ovqat mahsulotlarini o`zlashtirilishi, ayrim vaqtda ko`tariluvchi
jarayon ham bo`lishi mumkin (masalan, erituvchilarni reko`peratsiya va regeneratsiyasi).
Vazifasi bo`yicha 2-turkum mahsulotlaridan foydalanishda, uning resursi sarflanadi. Bu
holda mahsulot texnikaviy va ma'naviy eskirishi hisobiga foydalaniladi.
Mahsulotni ko`rsatilgan tavsiflanishining qo`llanishi quyidagi amallarni bajarishda bir
qator yengilliklar yaratadi:
-muayyan guruh mahsulotining birgina ko`rsatkichi nomlarini tanlashda;
-mahsulotdan foydalanish sohasini aniqlashda;
-bir yoki bir nechta buyumlarni asos bo`luvchi namunalar sifatida tanlab olishda;
-mahsulotning sifat ko`rsatkichlari nomlariga davlat standartlarining tizimlarini


yaratishda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot sifatini baholash uchun ilmiy-uslubiy ta'minlanish,
ishlab chiqaruvchi va iste'molchi orasidagi munosabatlar mol-pul xususiyatlariga deyarli
mos kelishi lozim. Buning uchun ushbu kompleks masalalarni hal qilish lozim bo`ladi:
-har taraflama mahsulot sifatini tavsiflovchi xossalarni va ko`rsatkichlarni ajratib olib,
me'yoriy hujjatlarda mahsulotni va uning sifatini baholash natijasida xolisona ifodalash;
-o`zaro bog`langan sifat, miqdor va iste'moldagi narxlarni e'tiborga olgan holda ishlab
chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste'molchilarning turli bosqichlarda birgalikdagi mahsulot
sifatini xolisona baholash; - mahsulot sifati hamda "sifat xalqa"sining har bir
bosqichidagi uning texnikaviy darajasi va raqobatbardoshligi haqida hamma zarur
xolisona amaliy ma'lumotlarni olish.
Mavzu: Yoʻl qurilishida sifat nazorati va uni baxolash
Qurilishda sifat nazorati tizimlarining mohiyati
Avval koʻrib chiqilayotgan mavzu doirasida terminologiyaning oʻziga xos xususiyatlarini
oʻrganamiz. Qurilishdagi ishlar sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish - ishlab
chiqaruvchi va uning sheriklari faoliyatining texnik talablarga muvofiqligini ta'minlashga
qaratilgan faoliyat.qonun hujjatlarida qabul qilingan yoki fuqarolik-huquqiy
munosabatlar darajasida belgilangan iqtisodiy va boshqa normalar.
Qurilish ob'ektlarining sifati deganda, odatda, barpo etilayotgan binolar yoki
inshootlarning mo'ljallangan maqsadlaridan kelib chiqqan holda aniqlangan ularning
xususiyatlarining ro'yxati tushuniladi. Bundan tashqari, qurilish sifati GOSTlar kabi
me'yoriy huquq manbalari qoidalariga asoslanib baholanishi mumkin. Tegishli hollarda
xorijiy standartlar ham hisobga olinishi mumkin.
Qurilish obyektlarining sifat darajalari tasnifi
Qurilish infratuzilmasi ob'ektlari sifatining bir necha darajalarini ajratish odatiy holdir.
Ularni hisobga oling.
Birinchidan, bu me'yoriy daraja. Bu erda qurilish nazorati ob'ekt parametrlarining ishlab


chiqaruvchining ishi va uning natijalari bog'liq bo'lgan iqtisodiy faoliyat segmentida
qo'llaniladigan GOSTlar, TUlar va boshqalar standartlariga muvofiqligi asosida amalga
oshiriladi.
Ikkinchidan, bu haqiqiy daraja. Bu sizga qurilishdagi ishlarning sifatini ishlab
chiqaruvchining shartnoma bo'yicha bino yoki inshoot qurganligi bo'yicha mavjud
o'lchovlar asosida baholash imkonini beradi. Qoida tariqasida, haqiqiy daraja ishlab
chiquvchi tartibga soluvchi manbalar qoidalari asosida belgilangan mezonlarga qay
darajada javob berganiga bog'liq.
Uchinchidan, ular qurilish loyihalari deb ataladigan operatsion sifat darajasini ajratib
turadilar. Bu iste'molchi nuqtai nazaridan baholashni o'z ichiga oladi. Uning sozlanishi
asosan qurilish ob'ektining sifatini tartibga soluvchi mezonlarga muvofiqligi bilan
oldindan belgilanishi mumkin, ammo sub'ektiv yondashuv ham mumkin. Qoida
tariqasida, ishlab chiqaruvchi va buyurtmachi o'rtasidagi shartnomada faqat normativ
ko'rsatkichlar belgilanadi. Shu sababli, bino yoki inshootning ishlashiga asoslangan
birinchisining ish faoliyatini potentsial past baholash, qoida tariqasida, hech qanday
huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi. Lekin bu, albatta, mijoz va ishlab chiquvchi o'rtasida
yangi shartnomalar tuzish istiqbollariga ta'sir qilishi mumkin. Zamonaviy
kompaniyalarda qurilishda sifatni nazorat qilish tizimlari, qoida tariqasida, kompaniya
natijalarini baholashning barcha 3 darajasidagi mezonlarni hisobga oladi. Bu nimani
anglatadi?
Birinchidan, qurilayotgan bino va inshootlarning sifati uchun mas'ul bo'lgan ishlab
chiquvchi kompaniyaning bo'linmalari o'z oldilariga haqiqiy ish natijalarining ikkala
normativ hujjatlarga maksimal darajada muvofiqligini ta'minlash vazifasini qo'yganligi.
talablar va mijozlar kutganlari
Istalgan sifat mezonlari va ishlab chiquvchining ishi natijalarini baholash usullari
bo'yicha hamkorlar bilan kompaniya shartnomalari shartlarini oldindan ishlab chiqishga
ham katta e'tibor qaratilmoqda. Qoidaga ko'ra, har ikki tomon ham bundan manfaatdor.
Buyurtmachi - barcha kerakli sifat mezonlariga javob beradigan qurilish ob'ektini olish
nuqtai nazaridan. Ishlab chiquvchi - sherik bilan ijobiy munosabatlarni mustahkamlash
va u bilan yangi shartnomalar tuzish imkoniyati nuqtai nazaridan.


Mavzu: Avtomobil yoʻllarini qurilishida qurilish-montash ishlarining sifatini baxolash
"Qurilish-montaj ishlari" tushunchasining ancha keng ta'rifi ostida bir-biridan harakat
yo'nalishi va bajarilish vositalarida farq qiladigan ishlarning xilma-xilligi tushuniladi. Agar
biz kontseptsiyaning umumiy ta'rifini beradigan bo'lsak, unda qurilish-montaj ishlarini
dekodlash quyidagicha ko'rinadi - bu yangi ob'ektlarni (binolar, inshootlarni) qurish,
ularni ta'mirlash va rekonstruktsiya qilish, shuningdek uskunalarni o'rnatish va o'rnatish.
Barcha turdagi qurilish-montaj ishlarini bitta kompaniya bajara olmaydi, chunkiuning
oldiga qo'yilgan vazifalar ko'lami shunchaki ulkan bo'ladi. Shu sababli, qurilish bozorida
faoliyati torroq ixtisoslikka ega bo'lgan tashkilotlar mavjud. Masalan, faqat yo‘l quruvchi
va ta’mirlovchi kompaniyalar yoki sanoat ob’ektlarini quruvchi kompaniyalar bor.
Qurilish-montaj ishlarining turlari
Bunday ishlarning bir nechta asosiy turlari mavjud:
umumiy qurilish;
tashish va tashish (materiallar, jihozlar va jihozlarni yetkazib berish);
maxsus (maxsus turdagi materiallar bilan).
Eng xilma-xil - umumiy qurilish faoliyati. U quyidagilardan iborat:
er qazish ishlari (teshiklar, xandaklar, chuqurlar qazish), qoziq (haydash, qoziq poydevor)
va tosh ishlari (devor qurish, tosh yotqizish va boshqalar);
tom yopish (chordoqlarni, tomlarni tartibga solish), gipslash (bo'yash, yopishtirish) va
izolyatsiyalash;
qavatlar, muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari uchun qurilmalar;
yog'och, beton va temir-beton, engil qurilish konvertlarini o'rnatish bo'yicha ishlar;
erni yaxshilash;
texnologik uskunalarni o'rnatish;
foydalanish va h.k.


qurilish-montaj ishlarini hisoblash
qurilish-montaj ishlarini hisoblash
Nihoyat SMP dekodlash nima ekanligini tushunish uchun yuqoridagi ishlarning barcha
turlari nimani o'z ichiga olganini tushunishingiz kerak.
Qurilish-montaj ishlarining xususiyatlari
Har bir faoliyat sohasi bir qator xususiyatlar va nuanslarga ega. CMP uchun eng muhim
mezon sifat bo'lib, u butunlay bog'liqxodimlarning kasbiy mahorati, jarayonni malakali
tashkil etish va tizim bo'g'inlari o'rtasidagi o'zaro aloqa. Ishning boshida belgilangan
maqsad va vazifalar, rejalashtirish va nazorat qilish katta ahamiyatga ega bo'lib, yakuniy
natija qurilish-montaj ishlarini malakali va sifatli ishlab chiqarishdir. Axir odamlarning
xavfsizligi bunga bog'liq.
Istalgan natijaga erishishga jarayonni to’g’ri tayyorlash va tashkil etish katta ta’sir
ko’rsatadi. Xatolar yoki noto'g'ri hisob-kitoblar pudratchi kompaniya uchun so'zning tom
ma'noda va majoziy ma'nosida qimmatga tushishi mumkin. Qurilishdagi nuqsonlarni
tuzatish inson hayotiga qimmatga tushishi mumkin. Bundan tashqari, bu har doim juda
qimmat. Shuni ham tushunish kerakki, qurilish-montaj ishlarini hisoblashda
tekshirilmagan yoki past sifatli materiallardan foydalanishga, shuningdek, majburiy
xarajatlar moddalarini asossiz tejashga yo'l qo'yilmaydi. Qurilishning barcha
xususiyatlarini hisobga olish uchun barcha ishlarni bosqichma-bosqich bajarish kerak.
Qurilish-montaj ishlarini shifrlash qurilish faoliyatining barcha bosqichlarini malakali va
izchil amalga oshirishni o'z ichiga oladi.
Masalan, yangi ob'ektlarni qurishdan oldin, birinchi navbatda, ob'ekt tuprog'ini geologik
o'rganishni amalga oshirish kerak. Suv toshqini oldini olish uchun qurilishni
boshlashdan oldin botqoqni quritish yoki drenaj ishlarini bajarish kerak bo'lishi mumkin.
Hududni tekislagandan so'ng, poydevorning konturini chizishni boshlashingiz mumkin.
Bu odatda tel, yog'och qoziqlar va arqon bilan amalga oshiriladi. Keyinchalik siz
qazishingiz kerakkelajakdagi binoning poydevorini qo'yish uchun xandaq. Shundan so'ng
siz devorlarni qurishga o'tishingiz mumkin. Agar yog'och bino rejalashtirilgan bo'lsa,
unda tuzilgan loyihaga qat'iy rioya qilish kerak. Tosh devorlarning o'ziga xos qoidalari


bor - masalan, toshni qat'iy gorizontal ravishda yotqizish, tikuvlarni bezash va ohak
quyish.
Shundan so'ng, chodirlar yotqiziladi, derazalar, chodirlar va rafters o'rnatiladi, barchasi
binoning qavatlari soniga va qurilishning murakkabligiga bog'liq. Keyinchalik, tomning
old tomonlari yopiladi va tom yopish materiallari yotqiziladi. Keyingi bosqich - tugatish
ishlari (tashqi va ichki), so'ngra jihozlarni o'rnatish (santexnika, isitish tizimlari va
boshqalar.
Qurilish-montaj ishlarining hajmi ko'p jihatdan belgilangan vazifalarga bog'liq. Masalan,
bitta kompaniya ob'ektni qurishda bevosita ishtirok etishi mumkin, shu bilan birga
tugatish ishlari boshqa tashkilotga ishonib topshiriladi yoki mustaqil ravishda amalga
oshiriladi.
Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish
Bino va inshootlarni qurish jarayonida turli sub'ektlar majburiy ravishda ishtirok etadilar:
dizaynerlar, geodeziyachilar, uskunalar yetkazib beruvchilar va mijozlar. Qurilish-montaj
jarayoni tizimli bo'lishi uchun ishni tashkil etishga alohida e'tibor berilishi kerak.
Qurilish texnologiyasi boʻyicha barcha savollarga qurilish-montaj tashkilotlari va
loyihalarni tayyorlovchi ixtisoslashtirilgan trestlar vakillari bilan aniqlik kiritgan maʼqul.
qurilish-montaj ishlarining taxminiy qiymati
qurilish-montaj ishlarining taxminiy qiymati
Odatda, loyihada ish jadvali, qurilishning umumiy rejasi mavjud boʻlib, unga koʻra ishning
muddati hisoblab chiqiladi.ijrochilar va qurilish-montaj ishlarining barcha hajmlarini
ko'rsatadi. Bundan tashqari, ushbu hujjatda qurilayotgan binoning joylashuvi va qurilish
maydonchalari, suv va energiya ta'minoti sxemalari, shuningdek, foydalanilgan
materiallar, mahsulotlar va qurilish mashinalari miqdori ko'rsatilgan. Murakkab binolar
uchun maxsus xavfsizlik talablari, asosiy bosqichlari, qurilish texnologiyalari va
boshqalarni ko'rsatadigan texnologik xaritalar qo'llaniladi.


Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish juda muhim, chunki yig'ish, duradgorlik va boshqa
turdagi ishlar qanday ritmda amalga oshirilishi unga bog'liq.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. P.R.Ismatullaev va boshqalar.
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. -T.: O‘zbekiston, 2001. 185 b.
2. А.А.Абдувалиев и др. Стандартизация, метрология, сертификация,
качество. -Т.: НИИСМС, 2007 -276 с.
3. Э.Р.Домке, А.П.Бажанов, А.С.Ширшиков. Управления качеством дорог.
Ростов -на-Дону. «Феникс» 2006 - 253 с.
4. ШАҲАРСОЗЛИК НОРМАЛАРИ ВА ҚОИДАЛАРИ. АВТОМОБИЛЬ
ЙЎЛЛАРИ. ШНҚ 3.06.03-21 РАСМИЙ НАШР ТОШКЕНТ 2021
1. A.V.Aripov. O‘zaroalmashinuvchanlik, standartlashtirish va texnik o‘chovlar.
–T.: O‘qituvchi, 2001.-160 b.


2. K.K.Nuriev. O‘zaroalmashinuvchanlik, metrologiya va standartlashtirish. -
T.:"Avto-nashr", 2005. -312
3.O‘zbekiston Res’ublikasining “Metrologiya tug‘risida”gi, “Standartlashtirish
to‘g‘risida”gi, “Maxsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish tug‘risida”gi qonunlari. -
T. 1993.

Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling