Jizpi sirtqi boʻlim 676-21 ym guruh talabasi qoʻldoshev jasurbekning
Download 72 Kb. Pdf ko'rish
|
bu 2
JIZPI SIRTQI BOʻLIM 676-21 YM GURUH TALABASI QOʻLDOSHEV JASURBEKNING QUILISHDA MATRELOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SIFAT NAZORATI FANIDAN TAYYORLAGAN ISHI Jizzax-2023 Mavzu: Yoʻl qurilish maxsulotlarining sifati va tasnifi Reja: Yo'l qurilishining sertifikatsiyalash turlari. Mahsulotning sifatini baholash. Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi. Tekshirish va sinash usullari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Nazorat qilish turlari quyidagi alomatlar bo`yicha tasniflanadi. 1. Texnologik jarayon nazorat qilishni o`tkazish joyi, vaqtiga qarab quyidagi (nazorat qilish bosqich)lariga bo`linadi: Dastlabki nazorat – keladigan ashyolar, buyumlar, qurilmalar, grunt va boshqalarni, shuningdek texnikaviy hujjatlarni nazorat qilish. Nazorat qilish ko`pincha ro`yxatga olish usuli bilan (sertifikatlar bo`yicha), kerak bo`lgan hollarda esa o`lchash usuli bilan amalga oshiriladi; Operatsiyaviy nazorat- ishlarni amalga oshirish jarayonida yoki ishlar bevosita tugatilgandan so`ng, bajariladigan nazorat daftarlarida va ushbu tashkilotda ishlatayotgan sifatni boshqarish tizimi ko`zda tutgan hujjatlarda qayd qilinadi; Qabul qilish nazorati – ob’yekt qurilishining yoki ob’yekt qurilishi bosqichlarining, yopiq ishlarining va boshqa nazorat ob’yektlarining tugallanishi bo`yicha nazorat ob’yektining ishlatishga yoki keyingi ishlarni bajarishga yaroqliligi haqida hujjatlashtirilgan xulosa qabul qilinadi. U yoki bu ko`rsatkichni qabul qilish nazorati bir necha bosqichda va turli usullarda amalga oshirilishi mumkin (masalan, alohida qatlamdagi gruntning va butun to`kmaning zichligi). Bunda pastki sathni tekshirish natijalari, yuqoridagi sathni tekshirishga dalil bo`lib xizmat qilishi bo`yicha yopiq ishlarining tekshiruv dalolatnomalari butun to`kmalarni qabul qilishda taqdim etiladi. Qabul qilish nazorati natijalari yopiq ishlarning tekshiruv dalolatnomalarida, muhim qurilmalarni oraliq qabul qilish dalolatnomalarida va qurilish ishlari, binolar va inshootlarni qabul qilish bo`yicha mavjud me'yorlarida qayd etiladi. 2. Nazorat qilinadigan ko`rsatkichlarning qamroviga qarab quyidagilar (nazorat hajmlar)ga bo`linadi: Yaxlit nazorat – bunda nazorat qilinadigan mahsulotlarning barcha miqdori (barcha choklar, barcha qoziqlar, barcha qurilmalar, zaminning barcha sirtlari va b.) tekshiriladi; Tanlama nazorat – bunda nazorat qilinadigan mahsulotning qandaydir miqdori (tanlamasi) tekshiriladi. Tanlash hajmi qurilish me'yorlari va qoidalarida, loyihada va boshqa hujjatlarda belgilanadi. Agar qurilish me'yorlarida nazorat qilish nuqtalari tasodifan joylashishi talab etilsa, tanlash "sochma" usulda, nazorat qilishga ko`rsatilgan mahsulotlar uchun GOST 18321-73 bo`yicha belgilanadi. 3. Nazorat qilishning davriyligiga qarab quyidagi(nazorat qilish davriyligi)larga bo`linadi: Uzluksiz nazorat – texnologik jarayonning nazorat qilinadigan ko`rsatkichi haqida axborot uzluksiz keladi; Davriy nazorat – nazorat qilinadigan ko`rsatkich haqida axborot ma'lum vaqt oralig`ida keladi; Bir lahzali nazorat – asrash, buzilishdan saqlash, ko`pincha yaxlit, tanlama yoki davriy nazoratlarni qo`llash maqsadga muvofiq bo`lmaganda tasodif vaqtida (epizodik) bajariladi (masalan, xandakni ko`mish vaqtida gruntning zichligini nazorat qilish). 4. Maxsus nazorat qilish vositalaridan foydalanishiga qarab quyidagi (nazorat usul) larga bo`linadi: - o`lchash nazorati, o`lchash nazoratlarini ishlatib, shu jumladan laboratoriya jihozlaridan foydalanib bajariladi; - qarab tekshirish nazorati: - texnikaviy ko`zdan kechirish; - ro`yxatdan o`tkazish nazorati, hujjatlarda (sertifikatlarda, yopiq ishlarni tekshirish dalolatnomalarida, umumiy va maxsus ish daftarlarida va boshqalarda) qayd etilgan ma'lumotlarni tahlil qilish yo`li bilan bajariladi. Nazorat qilinadigan ob’yektga yetib bo`lmaganda (masalan, ankerni berkitishda) yoki o`lchash yoxud qarab tekshirish nazoratining bajarish maqsadiga muvofiq bo`lmaganda (masalan, kon bo`yicha muhandislik-geologik ashyolar bor bo`lganda to`kma uchun grunt turi) qo`llaniladi. Har bir sertifikatlash faoliyatida, mahsulot sinovini o`tkazishda sertifikat berishda sertifikatlashtiriladi, mahsulot sifatining nazoratini ta’minlashda muhim tarkibiy qism sifatida akkreditlangan sinov labaratoriyalari hisoblanadi. Labaratoriya akkreditlash deganda, sinov labaratoriyasining ma’lum sinovlar yoki sinovlarini muayyan xillarini amalga oshirish huquqlarini rasmiy jihatdan tan olish tushuniladi. Bunda sinov laboratoriyasini texnikaviy layoqatliligini va xolisligini yoki faqat layoqatliligini tan olishning ifodalanishi ko`rilishi mumkin. Labaratoriyani attestatlash deganda labaratoriyani akkreditlash uchun belgilangan mezonlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida sinov labaratoriyasini tekshirilishi tushuniladi. Shunday talablar qatoriga quyidagilar kiradi: - xodimlarning nazariy tayyorgarligi va amaliy ishdagi texnikaviy layoqatliligi; - sinov o`tkazish asbob- uskunalarni mavjudligi, o`lchash va boshqa vositalarni akkreditlash huquqini olish uchun kerakli tekshiruv sinovlarini to`g`ri o`tkazishda moddiy - texnikaviy ta’minotining yetarli ekanligi; - sertifikatlashtirish tavsiflari bo`yicha har bir aniqlash uchun tekshirilayotgan sinov usullari to`la tadbiq qilish va buning natijasida sinov yakunlar qaytaruvchanligi va haqqoniyligi ta’minlashligi; - laboratoriyani tashkiliy haq- huquqiy o`rin bo`lib, mahsulot ishlab chiqaruvchidan mustaqil hamda tijorat yoki boshqa majburiyatlaridan bo`lmagan sinovlarning haqqoniyligiga ta’sir o`tkaza olmaydigan bo`lishligi; - sinovlar o`tkazishda tizim sifatini ta’minlanishligi mavjudligi; Mahsulotning sifatini baholash Mahsulot deganda mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo`ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun mo`ljallanadi. Mahsulotni yaratilishida, sotilishida va iste'molida yoki ishlatilishida namoyon bo`ladigan xolisona xususiyati uning xossasi hisoblanadi. Mahsulot ko`pgina turli xossalarga ega bo`lib, u yaratilishida, sotilishida va iste'molida yoki ishlatilishida namoyon bo`lishi mumkin. "Ishlatilishi" atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatilishi mumkinki, bunda mahsulotdan foydalanish jarayonida u o`z resursi hisobiga sarflanadi. "Iste'mol" atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatiladiki, uning vazifasiga ko`ra, ishlatilishida o`zi sarflanadi. Mahsulot xossalarini shartli ravishda oddiy va murakkab turlarga bo`lish mumkin. Mahsulotning oddiy xossasiga massa, sig`im, tezlik va boshqa ko`rsatkichlar kiradi. Mahsulotning murakkab xossasiga misol sifatida buyum ishining ishonchliligini olishimiz mumkin. Bu esa o`z navbatida bir qator oddiy xossalarni o`z ichiga oladi (buzilmasligi, chidamliligi, ta'mirlanuvchanligi va saqlanuvchanligi kabidir). Mahsulot sifati deganda, uning vazifasiga binoan muayyan ehtiyojlarni qanoatlantirishga yaroqliligini belgilaydigan xossalar majmuasi tushuniladi. Mahsulot sifati, uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning sifatiga bog`liq. Agar mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil topgan bo`lsa, mahsulotning sifatini belgilovchi, uni ayrim buyumlari hamda bir xillik, o`zaro almashuvchanlik va boshqa shunday xossalarning majmuasidan tashkil topadi. Mahsulot belgisi deganda- mahsulotning har qanday xossalari va holatlarining miqdoriy va sifat tavsiflari tushuniladi. Sifat belgisiga materialning rangi, buyumning shakli, detalning sathida himoya va bezak uchun ma'lum qoplamalarning bo`lishi, prokatning yon tomoni (burchak, tavr, shveller va shunga o`xshashlar), mahsulot detallarining biriktirish usullari (payvandlash, yopishtirish, parchinlash va shunga o`xshashlar), sozlash usullari (qo`lda, yarim avtomatik, avtomatik va shunga o`xshashlar) kiradi. Sifat belgilari orasida mahsulot sifatini boshqarishda katta ahamiyatga ega bo`lgan statistik nazoratda qo`llanuvchi muqobil belgisi bo`lib, faqatgina ikkita bir- birini inkor qiluvchi imkoniyatlari bo`lishi mumkin. Masalan, buyumlarda yaroqsizlikning borligi yoki yo`qligi, detallarda himoya qatlamini borligi yoki yo`qligi va shunga o`xshashlar. Mahsulotning miqdoriy belgisi uning parametridir. Mahsulot sifati o`zining ko`rsatkich alomati bilan ifodalanadi. Mahsulot sifatining ko`rsatkichi deb, mahsulot sifatiga kiruvchi bitta yoki bir necha xossasining miqdoriy tavsifi, uning yaratilishi va ishlatilishi yoki iste'molidagi muayyan sharoitlarga qo`llanilishini qurilishiga aytiladi. Sifat ko`rsatkichlari quyidagi asosiy talablarga javob berishlari lozim: - turg`unligi; - rejali asosda ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga yordam berishi; - fan va texnika yutuqlarini inobatga olinishi; - muayyan vazifasiga ko`ra ma'lum ehtiyojlarni qondirishga layoqatliligi. Vazifaviy ko`rsatkichlar mahsulot xossalarini tavsiflaydi, ularni asosiy vazifalarini belgalaydi, mahsulotni qo`llash sohasiini aniqlaydi. Mashina va asbobsozlik, elektrotexnika va boshqa buyumlar uchun bu ko`rsatkichlar buyum tarafidan bajariladigan foydali ishni tavsiflaydi. Turli xil konveyerlar uchun vazifaviy ko`rsatkichlar, unumdorlik, yuk uzatish masofasi va balandligi, o`lchash asboblarida aniqlik ko`rsatkichlari, o`lchash chegarasi va shunga o`xshashlarni tashkil etadi. Tarkib va tuzilish ko’rsatkichlari mahsulotdagi kimyoviy elementlarni yoki guruhli tuzilishlar miqdorini ifodolaydi. Tarkib va tuzilish ko`rsatkichlariga quyidagilarni misol qilish mumkin: -po`latning tarkibiy komponentlarining massa ulushlari; -kislotalardagi turli tarkiblarning konsentratsiyasi; -koksdagi oltingugurtning, kulning massa ulushi; -oziq-ovqat va boshqa mahsulotlardagi qandning, tuzlarning massa ulushlari kiradi. Xomashyo, materiallar, yoqilg`i va elektr quvvatlarini tejab foydalaniladigan ko`rsatkichlari buyumning xossalarini tavsiflaydi va uning texnikaviy takomillanish darajasini yoki ular tomonidan iste'mol qilinayotgan xomashyo, materiallar, yoqilg`i va elektr quvvatlar me'yorini ifodalaydi. Buyumlarni tayyorlashda va ishlatishda shunday ko`rsatkichlarga xomashyo, materiallar, yoqilg`i va elektr quvvatini asosiy turlarining solishtirma sarflanishi (sifat ko`rsatkichining asosiy o`lchovi); moddiy resurslardan foydalanish koeffitsiyenti, ya'ni foydali sarflanishni ishlab chiqarishdagi mahsulot birligiga sarflanishiga nisbati tushuniladi, foydali ish koeffitsiyenti va shunga o `xshashlar kiradi. Mahsulotning murakkab xossasini tavsiflovchi, uning ehtiyojini maqsadli topshiriqlarga binoan berilgan vazifalarni bajarishiga mahsulotni funksional layoqatliligi deb ataladi. Mahsulotning murakkab xossasini tavsiflovchi berilgan rejimlar va qo`llanishda, texnikaviy xizmatda, ta'mirlashda, saqlashda, transportda tashish sharoitlarida, mahsulot o`zining funksional layoqatliligini saqlash qobiliyatiga- mahsulotning ishonchliligi deb ataladi. Mahsulotning badiiy ifodalanishini, shaklining to`g`riligini, kompozitsiyalarning butunligini tavsiflovchi murakkab xossa mahsulotning estetikligi deb ataladi. Mahsulotning xavfsizligi, bu uning murakkab xossasi bo`lib, inson uchun zararli ta'sir etish miqdorini belgilaydigan ko`rsatkichidir. Mahsulotning ekologikligi ham uning murakkab xossalaridan biri hisoblanib, atrof- muhitga zararli ta'sir etish miqdorini belgalaydi. Tayyor mahsulot o`zining iste'moldagi bahosi va boshqalariga nisbatan raqobatbardoshliligi bilan ajralib turadi. Iste'molchi tomonidan mahsulotni olishdagi (sotish bahosi) hamda uning iste'mol yoki ishlatishdagi xarajatlarning yig`indisiga mahsulotning iste'mol bahosi deb ataladi. Mahsulot, ham muayyan ehtiyojga mos kelish darajasi bo`yicha, ham shu ehtiyojni qanoatlantirishdagi xarajatlar bo`yicha raqobatlanuvchi mahsulotlardan ajralib turishini ifodalovchi mahsulotning tavsifi uning raqobatbardoshligi deb ataladi. Mahsulot bozori deganda, uning sotilishida ehtiyoj va taklif orasidagi o`zaro muvofiqlashtirish sharoitlaridagi tizim tushuniladi. O`zaro muvofiqlashtirish darajasi esa bozor munosabatlarini boshqarishda va turg`unlikda mezon bo`lib xizmat qiladi. Marketing deganda, mahsulotning har bir hayotiy davri bosqichlarida amalga oshiriladigan, uning raqobatbardoshli qilib yaratilishini va bozorda sotilishini ta'minlaydigan faoliyat tushuniladi. Sifat xalqasi deb ataluvchi tushuncha mahsulotning butun hayot holati davrini o`z ichiga oluvchi (to`liq) mujassamlashgan faoliyatdir. Sifat xalqasi ehtiyojlarni aniqlashdan tortib, to ularning qanoatlantirilishini baholashgacha bo`lgan turli bosqichlarda sifatga ta'sir etadigan, o`zaro bog`langan faoliyat turlarining nazariy tushunchalar modelidir. Sifat ham boshqa tushunchalar singari o`zining tizimiga egadir. Sifat tizimi deganda, tashkiliy cho`zilishi, ma'suliyati, ish tartibi, jarayonlar, resurslar yig`indisi bo`lib, sifatning umumiy boshqaruvini amalga oshirilishi tushuniladi. Belgilangan mahsulotning sifat ko`rsatkichlari nomenklaturasini tanlash, bu ko`rsatkichlarning qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo`luvchi qiymatlar bilan taqqoslashni o`z ichiga oluvchi ishlarning yig`indisi, mahsulot sifatining darajasini baholash deb ataladi. Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo`linadi: 1-turkum. Foydalanishda sarflanadigan mahsulot. 2-turkum. O`z resursini sarflaydigan mahsulot. 1-turkum mahsulotlari vazifasi bo`yicha foydalanish jarayonida sarflanadi. Odatda, qayta ishlash qaytmas jarayon hisoblanadi;(xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar), yoqilg`ining yonishi, oziq-ovqat mahsulotlarini o`zlashtirilishi, ayrim vaqtda ko`tariluvchi jarayon ham bo`lishi mumkin (masalan, erituvchilarni reko`peratsiya va regeneratsiyasi). Vazifasi bo`yicha 2-turkum mahsulotlaridan foydalanishda, uning resursi sarflanadi. Bu holda mahsulot texnikaviy va ma'naviy eskirishi hisobiga foydalaniladi. Mahsulotni ko`rsatilgan tavsiflanishining qo`llanishi quyidagi amallarni bajarishda bir qator yengilliklar yaratadi: -muayyan guruh mahsulotining birgina ko`rsatkichi nomlarini tanlashda; -mahsulotdan foydalanish sohasini aniqlashda; -bir yoki bir nechta buyumlarni asos bo`luvchi namunalar sifatida tanlab olishda; -mahsulotning sifat ko`rsatkichlari nomlariga davlat standartlarining tizimlarini yaratishda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot sifatini baholash uchun ilmiy-uslubiy ta'minlanish, ishlab chiqaruvchi va iste'molchi orasidagi munosabatlar mol-pul xususiyatlariga deyarli mos kelishi lozim. Buning uchun ushbu kompleks masalalarni hal qilish lozim bo`ladi: -har taraflama mahsulot sifatini tavsiflovchi xossalarni va ko`rsatkichlarni ajratib olib, me'yoriy hujjatlarda mahsulotni va uning sifatini baholash natijasida xolisona ifodalash; -o`zaro bog`langan sifat, miqdor va iste'moldagi narxlarni e'tiborga olgan holda ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste'molchilarning turli bosqichlarda birgalikdagi mahsulot sifatini xolisona baholash; - mahsulot sifati hamda "sifat xalqa"sining har bir bosqichidagi uning texnikaviy darajasi va raqobatbardoshligi haqida hamma zarur xolisona amaliy ma'lumotlarni olish. Mavzu: Yoʻl qurilishida sifat nazorati va uni baxolash Qurilishda sifat nazorati tizimlarining mohiyati Avval koʻrib chiqilayotgan mavzu doirasida terminologiyaning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganamiz. Qurilishdagi ishlar sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish - ishlab chiqaruvchi va uning sheriklari faoliyatining texnik talablarga muvofiqligini ta'minlashga qaratilgan faoliyat.qonun hujjatlarida qabul qilingan yoki fuqarolik-huquqiy munosabatlar darajasida belgilangan iqtisodiy va boshqa normalar. Qurilish ob'ektlarining sifati deganda, odatda, barpo etilayotgan binolar yoki inshootlarning mo'ljallangan maqsadlaridan kelib chiqqan holda aniqlangan ularning xususiyatlarining ro'yxati tushuniladi. Bundan tashqari, qurilish sifati GOSTlar kabi me'yoriy huquq manbalari qoidalariga asoslanib baholanishi mumkin. Tegishli hollarda xorijiy standartlar ham hisobga olinishi mumkin. Qurilish obyektlarining sifat darajalari tasnifi Qurilish infratuzilmasi ob'ektlari sifatining bir necha darajalarini ajratish odatiy holdir. Ularni hisobga oling. Birinchidan, bu me'yoriy daraja. Bu erda qurilish nazorati ob'ekt parametrlarining ishlab chiqaruvchining ishi va uning natijalari bog'liq bo'lgan iqtisodiy faoliyat segmentida qo'llaniladigan GOSTlar, TUlar va boshqalar standartlariga muvofiqligi asosida amalga oshiriladi. Ikkinchidan, bu haqiqiy daraja. Bu sizga qurilishdagi ishlarning sifatini ishlab chiqaruvchining shartnoma bo'yicha bino yoki inshoot qurganligi bo'yicha mavjud o'lchovlar asosida baholash imkonini beradi. Qoida tariqasida, haqiqiy daraja ishlab chiquvchi tartibga soluvchi manbalar qoidalari asosida belgilangan mezonlarga qay darajada javob berganiga bog'liq. Uchinchidan, ular qurilish loyihalari deb ataladigan operatsion sifat darajasini ajratib turadilar. Bu iste'molchi nuqtai nazaridan baholashni o'z ichiga oladi. Uning sozlanishi asosan qurilish ob'ektining sifatini tartibga soluvchi mezonlarga muvofiqligi bilan oldindan belgilanishi mumkin, ammo sub'ektiv yondashuv ham mumkin. Qoida tariqasida, ishlab chiqaruvchi va buyurtmachi o'rtasidagi shartnomada faqat normativ ko'rsatkichlar belgilanadi. Shu sababli, bino yoki inshootning ishlashiga asoslangan birinchisining ish faoliyatini potentsial past baholash, qoida tariqasida, hech qanday huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi. Lekin bu, albatta, mijoz va ishlab chiquvchi o'rtasida yangi shartnomalar tuzish istiqbollariga ta'sir qilishi mumkin. Zamonaviy kompaniyalarda qurilishda sifatni nazorat qilish tizimlari, qoida tariqasida, kompaniya natijalarini baholashning barcha 3 darajasidagi mezonlarni hisobga oladi. Bu nimani anglatadi? Birinchidan, qurilayotgan bino va inshootlarning sifati uchun mas'ul bo'lgan ishlab chiquvchi kompaniyaning bo'linmalari o'z oldilariga haqiqiy ish natijalarining ikkala normativ hujjatlarga maksimal darajada muvofiqligini ta'minlash vazifasini qo'yganligi. talablar va mijozlar kutganlari Istalgan sifat mezonlari va ishlab chiquvchining ishi natijalarini baholash usullari bo'yicha hamkorlar bilan kompaniya shartnomalari shartlarini oldindan ishlab chiqishga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Qoidaga ko'ra, har ikki tomon ham bundan manfaatdor. Buyurtmachi - barcha kerakli sifat mezonlariga javob beradigan qurilish ob'ektini olish nuqtai nazaridan. Ishlab chiquvchi - sherik bilan ijobiy munosabatlarni mustahkamlash va u bilan yangi shartnomalar tuzish imkoniyati nuqtai nazaridan. Mavzu: Avtomobil yoʻllarini qurilishida qurilish-montash ishlarining sifatini baxolash "Qurilish-montaj ishlari" tushunchasining ancha keng ta'rifi ostida bir-biridan harakat yo'nalishi va bajarilish vositalarida farq qiladigan ishlarning xilma-xilligi tushuniladi. Agar biz kontseptsiyaning umumiy ta'rifini beradigan bo'lsak, unda qurilish-montaj ishlarini dekodlash quyidagicha ko'rinadi - bu yangi ob'ektlarni (binolar, inshootlarni) qurish, ularni ta'mirlash va rekonstruktsiya qilish, shuningdek uskunalarni o'rnatish va o'rnatish. Barcha turdagi qurilish-montaj ishlarini bitta kompaniya bajara olmaydi, chunkiuning oldiga qo'yilgan vazifalar ko'lami shunchaki ulkan bo'ladi. Shu sababli, qurilish bozorida faoliyati torroq ixtisoslikka ega bo'lgan tashkilotlar mavjud. Masalan, faqat yo‘l quruvchi va ta’mirlovchi kompaniyalar yoki sanoat ob’ektlarini quruvchi kompaniyalar bor. Qurilish-montaj ishlarining turlari Bunday ishlarning bir nechta asosiy turlari mavjud: umumiy qurilish; tashish va tashish (materiallar, jihozlar va jihozlarni yetkazib berish); maxsus (maxsus turdagi materiallar bilan). Eng xilma-xil - umumiy qurilish faoliyati. U quyidagilardan iborat: er qazish ishlari (teshiklar, xandaklar, chuqurlar qazish), qoziq (haydash, qoziq poydevor) va tosh ishlari (devor qurish, tosh yotqizish va boshqalar); tom yopish (chordoqlarni, tomlarni tartibga solish), gipslash (bo'yash, yopishtirish) va izolyatsiyalash; qavatlar, muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari uchun qurilmalar; yog'och, beton va temir-beton, engil qurilish konvertlarini o'rnatish bo'yicha ishlar; erni yaxshilash; texnologik uskunalarni o'rnatish; foydalanish va h.k. qurilish-montaj ishlarini hisoblash qurilish-montaj ishlarini hisoblash Nihoyat SMP dekodlash nima ekanligini tushunish uchun yuqoridagi ishlarning barcha turlari nimani o'z ichiga olganini tushunishingiz kerak. Qurilish-montaj ishlarining xususiyatlari Har bir faoliyat sohasi bir qator xususiyatlar va nuanslarga ega. CMP uchun eng muhim mezon sifat bo'lib, u butunlay bog'liqxodimlarning kasbiy mahorati, jarayonni malakali tashkil etish va tizim bo'g'inlari o'rtasidagi o'zaro aloqa. Ishning boshida belgilangan maqsad va vazifalar, rejalashtirish va nazorat qilish katta ahamiyatga ega bo'lib, yakuniy natija qurilish-montaj ishlarini malakali va sifatli ishlab chiqarishdir. Axir odamlarning xavfsizligi bunga bog'liq. Istalgan natijaga erishishga jarayonni to’g’ri tayyorlash va tashkil etish katta ta’sir ko’rsatadi. Xatolar yoki noto'g'ri hisob-kitoblar pudratchi kompaniya uchun so'zning tom ma'noda va majoziy ma'nosida qimmatga tushishi mumkin. Qurilishdagi nuqsonlarni tuzatish inson hayotiga qimmatga tushishi mumkin. Bundan tashqari, bu har doim juda qimmat. Shuni ham tushunish kerakki, qurilish-montaj ishlarini hisoblashda tekshirilmagan yoki past sifatli materiallardan foydalanishga, shuningdek, majburiy xarajatlar moddalarini asossiz tejashga yo'l qo'yilmaydi. Qurilishning barcha xususiyatlarini hisobga olish uchun barcha ishlarni bosqichma-bosqich bajarish kerak. Qurilish-montaj ishlarini shifrlash qurilish faoliyatining barcha bosqichlarini malakali va izchil amalga oshirishni o'z ichiga oladi. Masalan, yangi ob'ektlarni qurishdan oldin, birinchi navbatda, ob'ekt tuprog'ini geologik o'rganishni amalga oshirish kerak. Suv toshqini oldini olish uchun qurilishni boshlashdan oldin botqoqni quritish yoki drenaj ishlarini bajarish kerak bo'lishi mumkin. Hududni tekislagandan so'ng, poydevorning konturini chizishni boshlashingiz mumkin. Bu odatda tel, yog'och qoziqlar va arqon bilan amalga oshiriladi. Keyinchalik siz qazishingiz kerakkelajakdagi binoning poydevorini qo'yish uchun xandaq. Shundan so'ng siz devorlarni qurishga o'tishingiz mumkin. Agar yog'och bino rejalashtirilgan bo'lsa, unda tuzilgan loyihaga qat'iy rioya qilish kerak. Tosh devorlarning o'ziga xos qoidalari bor - masalan, toshni qat'iy gorizontal ravishda yotqizish, tikuvlarni bezash va ohak quyish. Shundan so'ng, chodirlar yotqiziladi, derazalar, chodirlar va rafters o'rnatiladi, barchasi binoning qavatlari soniga va qurilishning murakkabligiga bog'liq. Keyinchalik, tomning old tomonlari yopiladi va tom yopish materiallari yotqiziladi. Keyingi bosqich - tugatish ishlari (tashqi va ichki), so'ngra jihozlarni o'rnatish (santexnika, isitish tizimlari va boshqalar. Qurilish-montaj ishlarining hajmi ko'p jihatdan belgilangan vazifalarga bog'liq. Masalan, bitta kompaniya ob'ektni qurishda bevosita ishtirok etishi mumkin, shu bilan birga tugatish ishlari boshqa tashkilotga ishonib topshiriladi yoki mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish Bino va inshootlarni qurish jarayonida turli sub'ektlar majburiy ravishda ishtirok etadilar: dizaynerlar, geodeziyachilar, uskunalar yetkazib beruvchilar va mijozlar. Qurilish-montaj jarayoni tizimli bo'lishi uchun ishni tashkil etishga alohida e'tibor berilishi kerak. Qurilish texnologiyasi boʻyicha barcha savollarga qurilish-montaj tashkilotlari va loyihalarni tayyorlovchi ixtisoslashtirilgan trestlar vakillari bilan aniqlik kiritgan maʼqul. qurilish-montaj ishlarining taxminiy qiymati qurilish-montaj ishlarining taxminiy qiymati Odatda, loyihada ish jadvali, qurilishning umumiy rejasi mavjud boʻlib, unga koʻra ishning muddati hisoblab chiqiladi.ijrochilar va qurilish-montaj ishlarining barcha hajmlarini ko'rsatadi. Bundan tashqari, ushbu hujjatda qurilayotgan binoning joylashuvi va qurilish maydonchalari, suv va energiya ta'minoti sxemalari, shuningdek, foydalanilgan materiallar, mahsulotlar va qurilish mashinalari miqdori ko'rsatilgan. Murakkab binolar uchun maxsus xavfsizlik talablari, asosiy bosqichlari, qurilish texnologiyalari va boshqalarni ko'rsatadigan texnologik xaritalar qo'llaniladi. Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish juda muhim, chunki yig'ish, duradgorlik va boshqa turdagi ishlar qanday ritmda amalga oshirilishi unga bog'liq. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. P.R.Ismatullaev va boshqalar. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. -T.: O‘zbekiston, 2001. 185 b. 2. А.А.Абдувалиев и др. Стандартизация, метрология, сертификация, качество. -Т.: НИИСМС, 2007 -276 с. 3. Э.Р.Домке, А.П.Бажанов, А.С.Ширшиков. Управления качеством дорог. Ростов -на-Дону. «Феникс» 2006 - 253 с. 4. ШАҲАРСОЗЛИК НОРМАЛАРИ ВА ҚОИДАЛАРИ. АВТОМОБИЛЬ ЙЎЛЛАРИ. ШНҚ 3.06.03-21 РАСМИЙ НАШР ТОШКЕНТ 2021 1. A.V.Aripov. O‘zaroalmashinuvchanlik, standartlashtirish va texnik o‘chovlar. –T.: O‘qituvchi, 2001.-160 b. 2. K.K.Nuriev. O‘zaroalmashinuvchanlik, metrologiya va standartlashtirish. - T.:"Avto-nashr", 2005. -312 3.O‘zbekiston Res’ublikasining “Metrologiya tug‘risida”gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi, “Maxsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish tug‘risida”gi qonunlari. - T. 1993. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling