Jizzax 2023 O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar


Download 49.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana09.11.2023
Hajmi49.56 Kb.
#1759157
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ohun

DUNYOQARASHNING TARIXIY 
TIPLARI
Dunyoqarashning 3 ta asosiy turi ya‘ni 
tarixiy tiplari bor:
a) mifologik dunyoqarash;
b) diniy dunyoqarash;
v) falsafiy dunyoqarash.
Dunyoqarashning dastlabki tarixiy tipi 
mifologik dunyoqarashdir.
Mifologik dunyoqarash (mifologiya-
yunoncha: mitos-naql, rivoyat; lagos-fikr, 
ta‘limot degani) ijtimoiy taraqqiyot-ning 
eng boshlang’ich bosqichlariga xos 
bo’lgan insonning dunyoni tushunishining 
o’ziga xos usuli sifatida paydo bo’lgan 
dunyoqarashning dastlabki shaklidir. 
Mifologik dunyoqarash odatda o’z 
ifodasini o’sha qadimgi davr kishilari 
tomonidan yaratilgan, to’qilgan naqllarda, 
rivoyat va afsonalarda topgandir. 


Har bir xalqda o’zining uzoq tarixiy o’tmishiga xos rivoyatlar va 
afsonalar mavjud. Ularda bu xalqlarning ijtimoiy hayoti, turmush va fikr 
tarzlari, ijtimoiy-iqti-sodiy va madaniy munosabatlari hayoliy tarzda 
xudolar, ilohiy kuchlar va afsonaviy qahramonlar obrazlarida g’ay-
ritabiiy, yovuz kuchlarga qarshi kurash olib boradilar. Oqibatda, bu 
kurashlarda doimo adolat va haqiqat tantana qiladi. Bunday rivoyat va 
afsonalar dastlabki paytlarda xalq og’zaki ijodi namunalarida, 
keyinchalik yozuvning paydo bo’lishi bilan taraqqiy topgan xalqlarda 
o’ziga xos adabiy asarlarda o’z ifodasini topadi. Bunga misol sifa-tida 
biz qadimgi yunon eposlari-«Iliada» va «Odessiya»ni, hind eposi 
«Ramayana»ni, qirg’iz xalqining eposi «Manas»ni, o’zbek xalqi eposi 
«Alpomish» va shu kabilarni keltirishimiz mumkin. Bu eposlarda o’sha 
xalqlarning o’t-mishdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy hayoti, ularning 
madaniyati, urfodatlari, an‘analari, axloqiy, diniy, este-tik, huquqiy, 
siyosiy qarashlari va tasavvurlari o’z ifodasini topgandir. 



Download 49.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling